Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Andijon paxtachilik institutini 1964 yil 22 iyunda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti filiali bazasida Andijon qishloq xo’jaligi institutini 1992 yil 15 martda Andijon paxtachilik instituti negizida ochilishiga quyidagi rasmiy xujjatlar asos bo’ldi.

ПОСТАНОВЛЕНИЕ

ОБ ОРГАНИЗАЦИИ АНДИЖАНСКОГО ИНСТИТУТА ХЛОПКОВОДСТВА

22 июня 1964 г.

Совета Министров Союза СССР постановляет:

                    принят предложение ЦК КП Узбекистана, Министерства селского хозяйства СССР и Министерства высшего и среднего специалного образования СССР об организации с 1964/1965 учебного года Андижанского института хлопководства на базе Андижанского филиала Ташкенцкого института инженеров ирригации и механизации селского хозяйства и о размещении внов организуемого института в совхозе №8 Избасканского производственного колхозно-совхозного управления (Андижанская област);

           Министерству селского хозяйства СССР совместно с Советом Министров Узбекской ССР решит вопросы, связанные с организацией Андижанского института хлопководства*.

___________________________________________

*Собрание постановлений Совета Министров СССР-1964 г. №12. стр.80

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

FARMONI

RESPUBLIKANING YANGI OLIY O’QUV YURTLARINI TASHKIL QILISH TO’G’RISIDA

(O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992 y., 4-son, 206-modda)

Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, yuqori malakali mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlashni yaxshilash, shuningdek respublikaning barcha mintaqalarini ular bilan yana ham to’liqroq va bir tekisda ta’minlash maqsadida:

1. 1992 yilning 15 martidan quyidagi yangi oliy o’quv yurtlari ochilsin:

Andijon paxtachilik instituti negizida Andijon qishloq xo’jaligi instituti.

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1992 yil 28 fevral,

PF-356-son

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining

Qarori

Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2018 y., 07/18/3704/1186-son)

Respublika hududlari va agrar soha tarmoqlarining oliy ma’lumotli kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda 2017/2018 o’quv yilidan boshlab qishloq xo’jaligi yo’nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga hududlar bo’yicha maqsadli qabul tashkil etildi.

Qishloq xo’jaligi sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, oliy ta’lim muassasalarining mavjud salohiyatidan samarali foydalanishni tashkil etish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy va ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, o’quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy qilish, soha uchun yuksak malakali kadrlar tayyorlash maqsadida:

1. O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi, Suv xo’jaligi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining takliflari asosida:

Toshkent davlat agrar universiteti, uning filiallari va tarkibidagi akademik litseylari bilan birgalikda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimiga o’tkazilsin;

Andijon qishloq xo’jaligi instituti negizida Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali tashkil etilsin.

2. Quyidagilar Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallarida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashning ustuvor yo’nalishlari etib belgilansin:

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH. MIRZIYOEV

Toshkent sh.,

2018 yil 8 may,

PQ-3704-son







O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog‘i

1991 yil 18 noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 8-sessiyasida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i to'g'risidagi qonun qabul qilindi.


O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i O'zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i xalqaro munosabatlarda O'zbekiston Respublikasining timsoli bo'ladi. O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i - bayroqning butun uzunligi bo'ylab o'tgan to'q moviy rang, oq rang va to'q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to'g'ri to'rtburchak shaklidagi matodir.


Davlatimiz bayrog'idagi har bir rang, har bir belgi chuqur ramziy ma'noga ega. Undagi moviy rang tiriklik manbai bo'lgan obihayotni, musaffo osmonimizni, kuch-qudratimizni, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlikni aks ettiradi.


Oq rang - tinchlik, xotirjamlik, yorug'lik ramzi. Shuningdek, bu rang o'zida poklik, beg'uborlik, botiniy go'zallikni ifodalab kelgan. Demak, bayrog'imizdagi oq rang xalqimizning pokiza orzu - umidlarini, yorug'likka, ezgulikka eshligini o'zida namoyon etadi.


Yashil - yasharish va yangilanish, navqironlik va shodumonlik ramzi, shuning barobarida ona tabiatimiz timsolidir. Qizil chiziqlar esa, tomirimizda jo'shib oqayotgan ajdodlar qoni - hayotiy qudrat va davomiylik nishonasidir. Shuningdek, bunda Istiqlol, Ozodlik uchun qon to'kkan erksevar ota-bobolarimizning orzu-armonlari mujassam.


Bayrog'imizdagi yarim oy va yulduzlar tasviri tarixiy qadriyatlarimiz, umrboqiy an'analarimiz, ma'naviy kuch-qudratimiz bilan bog'liq. Hilol qo'lga kiritilgan mustaqillik, ozodlikni ifodalaydi.


Davlatimiz bayrog'i - o'tmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli. Qonunda belgilanganidek, O'zbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek, O'zbekistonda yashaydigan boshqa shaxslar bayrog'imizni hurmat qilishlari shart. Zero, unda ruhiyatimiz, g'urur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga bo'lgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamdir.








Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech