Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

O’zbekiston Respublikasi

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Снимок.JPG 

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI ANDIJON FILIALINING

U S T A V I

Andijon-2018

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialining

USTAVI

I. Umumiy qoidalar

              1.   Mazkur Ustav O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha xarakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4749-son farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-son qarori bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar”ning 7-bandi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3151-son qaroriO’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3704 sonli qarori, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o’kishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’grisidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-sonli qaroriO’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’grisida”gi qonunlariga muvofiq ishlab chiqildi.

            2.           Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Toshkent davlat agrar universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3704 sonli qarori asosida O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi “Respublikaning yangi oliy o’quv yurtlarini tashkil qilish to’grisida”gi PF-356-sonli Farmoniga asosan tashkil qilingan Andijon qishloq xo’jaligi instituti negizida tashkil etilgan.

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali (keyingi o’rinlarda “Filial” deb ataladi) O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tarkibida bo’lib, bevosita vazirlikka bo’ysunadi.

         3.            Filial o’z faoliyati davomida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariniig qarorlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari va buyruqlariga hamda ushbu Ustavga amal qiladi.

 

             4.       Filial byudjetdan moliyalashtiriladigan yuridik shaxs hisoblanadi, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga, bank muassasalarida hisob raqamlariga egadir.

             5.     Filial joylashgan manzil: 170600, Andijon viloyati Andijon tumani Kuyganyor shaxarchasi.

             6.  Filialning o’zbek, rus va ingliz tillaridagi rasmiy nomi:

     a) davlat tilida:

to’liq nomi-"Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali”;

qisqartirilgan nomi -“ToshDAU Andijon filiali’;

     b) rus tilida:

to’liq nomi- “Andijanskiy filial Tashkentskogo gosudarstvennogo  agrarnogo universiteta”;

qisqartirilgan nomi-“Andijanskiy filial TashGAU

     v) ingliz tilida:

  to’liq nomi-“Andijan branch of Tashkent State Agrarian University”

qisqartirilgan nomi- “TSAU Andijan branch

 

II. Filialning maqsad va vazifalari

             7.  Quyidagilar Filialning maqsad va vazifalari hisoblanadi:

qishloq xo’jaligi tarmoqlarining zarur ixtisosligi va ma’lumot darajasiga ega bo’lgan oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlarga bo’lgan extiyojini ta’minlash;

davlat ta’lim standartlarini, o’quv rejalari va o’quv fanlari dasturlarini yangilash asosida qishloq xo’jaligi sohasidagi kadrlar tayyorlash sifatini oshirish;

o’quv jarayoniga zamonaviy yuqori samarali pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, ta’lim oluvchilarning malaka amaliyotlarini tashkil etish;

zamonaviy ishlab chiqarish talablarini va ilg’or texnologiyalarni hisobga olgan holda qishloq xo’jaligi sohasidagi qishloq xo’jaligi mutaxassislarini, shuningdek fermer xo’jaligi rahbarlari va mutaxassislarini sifatli tayyorlash;

etakchi olimlar va tajribali mutaxassislarni o’quv jarayoniga jalb etish, qo’shma tadkikotlarni tashkil etish va o’tkazish, keyinchalik ularning natijalarini ishlab chikarishga joriy etish yo’li bilan qishloq xo’jaligi bo’yicha ta’lim, fan va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining integratsiyasini chuqurlashtirish;

o’quv jarayonini yanada takomillashtirish hamda professor-o’qituvchilar tarkibining pedagogik va kasbiy saviyasini oshirish uchun xalqaro grantlarni jalb etish, axborotlarni va to’plangan amaliy tajribani keng ayirboshlash;

o’qituvchilar tarkibining kasb darajasini va o’quv jarayoni sifatini oshirishda, o’quv va metodik adabiyotlar tayyorlashda qishloq xo’jaligi bo’yicha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga amaliy yordam ko’rsatish;

ta’lim jarayoni O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 yanvardagi “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qaroriga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi 2-son qarori, shuningdek oliy ta’limni boshqarish bo’yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan aniq o’quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkil etish;

o’quv jarayonining xususiyatlari va o’qitish muddatlari hisobga olingan holda belgilangan tartibda ayrim o’quv rejalari va dasturlariga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;

mutaxassisliklar bo’yicha ilmiy-pedagogik kadrlar bilan, shu jumladan kadrlar tayyorlash ixtisosligi va yo’nalishiga mos keluvchi professorlar, dotsentlar bilan ta’minlash;

nazariy, laboratoriya mashg’ulotlarini o’tkazish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni tashkil etish;

o’quv rejalari va dasturlariga muvofiq tashkilotlarda ta’lim oluvchilarning amaliyotlari, stajirovkasi va magistrlik ilmiy-tadqiqot ishlarining tajriba-sinov qismlarini bajarishi uchun bu tashkilotlar bilan oliy ta’lim muassasasi (fakultet, kafedralar) o’rtasida tuzilgan shartnomalar va kelishuvlar tuzishni tashkil etish;

ta’lim oluvchilarini tayyorlash jarayoniga O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi ilmiy muassasalari, tarmoq ilmiy-izlanuvchilik va loyiha muassasalarining yetakchi olimlari, shuningdek xorijiy olimlar, yuqori malakali, tajribali mutaxassislarning soatbay asosida jalb etish;

filialning moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish hamda ularni zamonaviy o’quv-laboratoriya asbob-uskunalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash.

O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining Xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq xorijiy talim muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish va boshkalar.                                      

 

III. Ta’lim oluvchilar

          8.Ta’lim oluvchilarni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o’kishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’grisidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 393-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Talabalarni ijtimoiy, iqtisodiy qo’llab quvatlash maqsadida stipendiyalar tayinlanadi va to’lanadi.

Talabalarga stipendiyalar tayinlash va to’lash “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to’lash tartibi to’grisidagi yo’riqnoma”ga (ro’yxat raqami 1339, 2004 yil 16 aprel) muvofiq amalga oshiriladi.

  9.Ta’lim oluvchilarning huquq va majburiyatlari.

             a) Ta’lim oluvchilar quyidagi huquqlariga ega:

ta’lim, fan, madaniyat, texnika, iqtisodiyotni, ijtimoiy va boshqa sohalarni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalariga muvofiq bilimlarni olish;

filial faoliyati bilan bog’liq muhim masalalarni ko’rib chiqish va hal qilishda bevosita ishtirok etish;

filial axborot-resurs markazlari xizmatlaridan, shu jumladan o’quv-metodik va ilmiy adabiyotlardan, shuningdek filialning Ustavida belgilangan tartibda boshqa turdagi xizmatlardan bepul foydalanish;

ilmiy-tadqiqot ishlarida, konferentsiyalar va simpoziumlarda ishtirok etish;

o’z ilmiy-tadkiqot ishlarini ilmiy nashrlarda chop etishga taqdim etish;

Oliy ta’lim muassasi Kengashi tavsiyasiga muvofiq yetakchi xorijiy va respublika ta’lim (ilmiy) muassasalarida amaliyot o’tash, stajirovkada bo’lish yoki tajriba-sinov tadqiqotlarini bajarish uchun ushbu muassasalar bilan tegishli kelishuvlar mavjud bo’lganda ularga yo’llanma olish;

filial rahbariyatining qarorlaridan norozi bo’lgan taqdirda tegishli idoralarga belgilangan tartibda shikoyat qilish;

ta’lim oluvchilar uchun qonunchilikda belgilangan tartib va miqdorlardagi stipendiya, davlat stipendiyasi hamda o’qishga yo’llagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tayinlanadigan stipendiyalarni olish huquqiga ega.

ta’lim oluvchilar qonun hujjatlarida yoki filialning Ustavida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo’lishi mumkin.

            b) Ta’lim oluvchilarning majburiyatlari:

filialning tegishli mutaxassisligi bo’yicha o’quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan bilimlarni egallash va o’zlashtirish;

o’quv rejada nazarda tutilgan barcha turdagi topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarish;

filialning Ustavi talablariga va ichki tartib qoidalariga rioya etish.

ta’lim oluvchilarga qonun hujjatlariga muvofiq boshqamajburiyatlar xam yuklatilishi mumkin.                                                                                       

Talabalar ta’lim muassasasiga kontrakt asosida o’qishga qabul qilinishi mumkin.

Qonun hujjatlariga muvofiq, ta’lim muassasasiga kontrakt asosida o’qishga qabul qilish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul kilish bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ta’lim muassasasida o’qish uchun kontraktning rasmiylashtirilishi “Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablaglarni taqsimlash tartibi to’g’risidagi Nizomga (ro’yxat raqami 2431, 2013 yil 26 fevral) muvofiq amalga oshiriladi.

IV.      O’quv-tarbiyaviy va ilmiy-uslubiy ishlar

           10. Filialda oliy ta’lim ikki bosqichda: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy ma’lumot to’grisidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistratura bosqichida olib boriladi.

           11. Bakalavriat oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha puxta bilim beradigan, o’qish muddati kamida to’rt yil bo’lgan tayanch oliy ta’limdir.

           12. Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limdir.

           13. Magistratura bosqichida ta’lim olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2 martdagi 36-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to’g’risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

           14. Bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari bo’yicha ta’lim yo’nalishi bo’yicha “bakalavr” darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi.

           15. Magistr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari bo’yicha tayyorlangan muayyan mutaxassislik bo’yicha “magistr” darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom topshiriladi.

           16. Bakalavr va magistrlik davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug’ullanish yoki tanlangan ta’lim yo’nalishiga va mutaxassisligiga muvofiq ta’lim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida o’qishni davom ettirish huquqini beradi.

           17. Oliy ta’limning turli bosqichida asosiy ta’lim dasturlari bo’yicha dastlabki ta’lim olish, ikkinchi oliy ta’lim olish sifatida qaralmaydi.

           18. Filialda ta’lim jarayonini tashkil etish, tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan va o’rnatilgan tartibda tasdiqlanadigan o’quv rejalari va fanlarning dasturlari, oliy ta’lim muassasasi direktori (o’kuv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari) tomonidan tasdiqlangan yillik kalendar o’kuv jadvali hamda mashg’ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi.

Ta’lim jarayonini maqsadli yo’naltirish yo’li bilan tashkil etish, ya’ni ta’lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yo’li bilan ta’lim oluvchilariga oliy ta’limning asosiy kasbiy-ta’lim dasturlarini o’zlashtirish uchun zaruriy sharoitlar yaratib beriladi.     

Ta’lim-tarbiya jarayonining birligi davlat ta’lim standartlari bilan ta’minlanadi.

Filialning ijtimoiy - iqtisodiy va gumanitar fanlari kafedralari, ma’naviy-ma’rifiy va sport bo’g’inlariga, ta’lim oluvchilar va boshqa jamoatchilik tashkilotlariga, rahbarlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish YOshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.

           19.Filialda o’quv mashgulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma’ruza, konsultatsiya, seminar, amaliy mashgulot, laboratoriya ishi, nazorat ishi, kollokvium, mustaqil ish. amaliyot, kurs loyihasi (kurs ishi), bakalavrlik bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi.

Auditoriya mashgulotlarining barcha turlari uchun 80 (tanaffussiz qo’shma mashgulot) daqikalik 2 akademik soat belgilangan.

Ta’lim va tarbiya olib boriladigan tillar – o’zbek va ingliz tillari hisoblanadi.

           20.Filialda kadrlar tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan holda olib boriladi.

Filialning asosiy kasbiy ta’lim dasturi doirasida ta’lim olishning barcha shakllari uchun o’rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va “Uzstandart” agentligida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan davlat ta’lim standarti qo’llaniladi.

           21. Filialda o’quv yili ikki semestrga bo’linadi va uning xar birida Ta’lim oluvchilarning o’zlashtirishi reyting nazorati shaklida olib boriladi.

O’zlashtiruvchi ta’lim oluvchilarni kursdan kursga o’tkazish fakultet dekanining tavsiyasiga binoan direktor buyrugi bilan amalga oshiriladi. Ta’lim oluvchilarni kursdan kursga shartli o’tkazish mumkin emas.

Filialning ta’lim dasturlarini o’zlashtirish bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi bilan tugallanadi.

           22. Filialda ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta’limni individuallashtirish va mustaqil ta’lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta’lim berishni qo’llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo’naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi.

           23. Davlat ta’lim standartlari va talablarini amalga oshirish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 10 yanvardagi “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” 2001 yil 16 avgustdagi 343-son qaroriga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi 2-son qarori va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

           24. Bilimlarni nazorat qilish va baholash shakllari va tartibi, ta’lim oluvchilarning tayyorgarlik darajasi aniqlash O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 10 iyulda 1981-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

           25.Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni shartnoma asosida olishi mumkin.

           26.Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish “O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’limni olish tartibi to’trisida”gi Nizom (ro’yxat raqami 1844, 21.08.2008 y.) muvofiq amalga oshiriladi.

           27.Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim:

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlashga karatilgandir. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim Institutda olinishi mumkin.

          Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ilmiy daraja va ilmiy unvonlar berish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-sonli “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 201yil 22 maydagi 304-sonli “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim to’g’risida”gi Nizomga muvofik amalga oshiriladi.

            28.Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko’nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20avgustdagi 242-sonli “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

            29. Filial hududidagi umumiy ovqatlanish joylarida hamda Ta’lim oluvchilar turar joylarida sanitariya-gigiyena me’yorlari va qoidalariga rioya etiladi.

V.      Ta’lim muassasasining tuzilishi

           30. Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialining tuzilmasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

           31. Filialning kafedralari Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligixamda Toshkent davlat agrar universiteti bilan kelishilgan holda filialdirektori tomonidan tasdiqlanadi.

 

VI.   Pedagog xodimlar, o’quv-tarbiyaviy xodimlar

          33.O’qituvchilar (ilmiy-pedagog xodimlar)ning va o’quv-tarbiyaviy xodimlarning huquq va majburiyatlari quyidagilardan iborat:

a) o’qituvchilar (ilmiy-pedagog xodimlar)ning va o’quv-tarbiyaviy xodimlari quyidagi huquqlarga ega:

belgilangan tartibda oliy ta’lim muassasasi va fakultet Kengashlariga saylash va saylanish;

Filial faoliyatiga taaluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;

Filialning axborot-resurs markazi, o’quv va ilmiy bo’linmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiytibbiy va boshqa bo’limlar xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofik foydalanish;

o’qitishning uslub va vositalarini tanlash, o’quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish; qonunchiliqda belgilangan tartibda tanlovlarda qatnashish; o’rindoshlik asosida ishlash (asosiy ish joyi bilan kelishilgan holda); o’z fani bo’yicha sifatli darsliklar va o’quv qo’llanmalar tayyorlash; nazariy bilimlarini, amaliy tajribasini, ilmiy tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish;

Ta’lim oluvchilarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; grantlar, ilmiy loyihalarda ishtirok etish;

zamonaviy o’kitish usullari va rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish; ilmiy tadqiqotlari yo’nalishlari doirasida tashkil etiladigan yigilishlar va konferentsiyalarda, shu jumladan xalqaro konferentsiyalarda ishtirok etish; amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlardan foydalanadi.

b). O’qituvchilar (ilmiy-pedagog xodimlar)ning va o’quv-tarbiyaviy xodimlarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:

ta’lim jarayoni doirasida hamma turdagi o’quv mashgulotlarini yuqori darajada o’tish;

o’quv, ilmiy va o’quv-metodik ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish;

ilmiy-tadqiqot ishlariga va magistratura ta’lim oluvchilarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayoniga rahbarlik kilish;

ilmiy-tadkiqot seminarlarini tashkil etish va ularda ishtirok etish;

ta’lim oluvchilar ilmiy seminarlarini boshqarish;

namunaviy va ishchi o’quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish;

ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish va rejalashtirish;

ta’lim oluvchilari uchun darsliklar va o’quv-metodik qo’llanmalarni ishlab chiqish va nashrga tayyorlash;

talabaning:bilimini nazorat qilish va boshqalar.

           34.O’qituvchilarga quyidagi malaka talablari qo’yiladi:

fanni yuqori darajada bilish hamda uning nazariy asoslarini va muhim yutuqlarga erishish mumkin bo’lg’an yo’llarni ko’ra bilish uquviga ega bo’lish;

ilmiy muammolarni ishlab chiqa olish, tadqiqotlar o’tkaza olish va ularning natijalari bo’yicha chop etilgan ilmiy ishlarga ega bo’lish;

Ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlari, shaxsiy sifatlari va dissertatsiyalari maqsadlarini hisobga olgan holda pedagogik faoliyat yo’nalishlarini belgilash qobiliyatiga ega bo’lish;

Ta’lim oluvchilarning bilim va malakalarni egallab olishga imkoniyat beradigan innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo’llashga tayyor bo’lish;

pedagogik holatlar tahlili asosida pedagogik vazifalarni  shakllantirish va ularni hal etishning maqbul yechimlarini topish;

magistratura ta’lim oluvchilarining kasbiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan innovatsion kurslar ishlab chiqish bo’yicha amaliy tajribaga ega bo’lish;

ma’lumotlarni tizimlashtirish va izlash orqali o’z bilimini takomillashtirish uchun doimiy o’rganish, ma’lumotlarni elektron qayta ishlashda axborot-kommunikatsiya va multimediya texnologiyalaridan foydalanish mahoratiga ega bo’lish.

          35.Magistraturada pedagogik faoliyat yuritishga ilmiy unvon (ilmiy daraja)ga va kamida 3 yillik uzluksiz ilmiy-pedagogik (ilmiy) ish stajiga ega bo’lgan, shuningdek xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (RhD) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajali shaxslar jalb qilinadi.

Professor-o’kituvchilar tarkibining o’quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash “Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilar tarkibining o’quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalari”ga muvofiq (ro’yxat raqami 2720, 19.10.2015 y.) amalga oshiriladi.

VII.        Ta’lim muassasasiga rahbarlik qilish.

           36. Direktor O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi xamda Toshkent davlat agrar universiteti tavsiyasiga asosan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

           37. Direktor o’rinbosarlari direktorning tavsiyasiga binoan Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi xamda Toshkent davlat agrar universiteti tomonidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.

          38. Fakultetlar dekanlari va bosh xisobchi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi xamda Toshkent davlat agrar universiteti bilan kelishilgan holda filial direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

          39.Pedagog xodimlarni ishga qabul kilish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2006 yil 10 fevraldagi “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog-xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’grisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 20-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

          40.Direktor:

Filial faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda filialga yuklangan maqsad va vazifalar bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi;

Filial o’qituvchi-hodimlarini, tasarrufidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

Filialning tarkibiy bo’linmalari to’grisidagi nizomlarni, tasarrufidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

Filialning tasarrufidagi tashkilotlarning xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan buyruklar chiqaradi, ularning ijrosi ustidan nazoratni tashkil qiladi;

tasarrufidagi tashkilotlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzilgan holda kabul qilingan qarorlarni (ko’rsatmalarni) bekor qiladi;

konun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Filialda Oliy ta’lim muassasasi Kengashi tashkil etiladi, direktor filial kengashi raisi hisoblanadi.

Oliy ta’lim muassasasi Kengashining tarkibi va nizomi Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligining 2011 yil dekabrdagi 487-son buyrugi bilan tasdiqlanganOliy oquv yurtlarining ilmiy kengashi togrisidagi Nizomga muvofik filial direktori buyrugi bilan tasdiqlanadi.

VIII.    Jamoat tashkilotlari

           41.Filialda jamoatchilik boshqaruvining samarali tizimini yanada rivojlantirish, ta’lim jarayonida ijtimoiy sheriklik tamoyillarini amalga oshirish maksadida Vasiylik kengashi tashkil etiladi.

Vasiylik kengashining faoliyati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 23 maydagi “Oliy ta’lim muassasasining vasiylik kengashi to’grisidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi 129-sonli karoriga muvofiq amalga oshiriladi.

           42.Filialda kasaba uyushmalari va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyat ko’rsatadi.

Kasaba uyushmalari va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyati jamoa shartnomalari va boshqa hujjatlar bilan tartibga solinadi.

IX.           Mol-mulki va mablag’lari.

         43.Filialning tasarrufidagi asosiy fondlar va boshqa mol-mulk davlat mulki hisoblanadi.

         44.Davlat byudjeti mablag’lari, to’lov-kontrakt mablag’lari shuningdek, konun hujjatlarida takiqlanmagan boshqa manbalar filialni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

         45.Filial mol-mulkining qiymati filialning mustaqil balansida aks ettiriladi.

         46. Filial o’z faoliyatidan olingan daromadlaridan amaldagi qonunchilikka muvofiq foydalanadi.

         47. Filial mulki bo’linmas mulk hisoblanadi va filial xodimlari o’rtasida taqsimlanishi mumkin emas.

         48. Filial faoliyati yuzasidan belgilangan muddatlarda vakolatli organlarga hisobotlar taqdim etadi. 

X. Qayta tashkil etish va tugatish

        49. Filial faoliyatini kayta tashkil etish va tugatish amaldagi konunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

        50.Mazkur Ustav Toshkent davlat agrar universiteti bilan kelishilgan.

 

 

 

 

 

Toshkent davlat agrar universiteti

rektori, akademik                                                       B.A.Sulaymonov

 

 

 

 201yil_____  ________

 

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech