Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Etakchilik:

Qodirov Ro'zimuxammad Nurdinovich

Foydalanuvchi bilan aloqa detallari:

Тел: +99890-259-75-20 alkxk@andqxi.uz info@andqxi.uz www.andqxi.uz

O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim mazmuni va sifatini ko’tarishga ilmiy-amaliy yordam ko’rsatish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2011 yil 18 martdagi 07/2-1-6 sonli topshirig’i va OO’MTVning 2011 yil 18 martdagi 87-04-133 sonli modemnomaga binoan Institutda AL va KXK bilan ishlash bo’limi kiritilgan. 2013 yil 26 iyuldagi Qishloq va suv xo’jalik Vazirligining 156-n-sonli buyrug’iga asosan AL va KXK lar bilan ishlash bo’yicha prorektor lavozimi kiritilgan (Institut rektorining 10 avgust 2013 yildagi 120-sonli buyrug’i).

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3290-sonli qarorini Andijon qishloq xo’jalik institutida ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektorining 2017 yil 4 oktyabrdagi 434-V sonli buyrug’i chiqarilgan. Ushbu qarorni 2-ilovasiga asosan Andijon qishloq xo’jalik instituti tasarrufiga berilgan Andijon Davlat Universiteti qoshidagi 3-son akademik litseyni institutga o’tkazishning tashkiliy normativ hujjatlari va masalalarini o’rnatilgan tartiblarda hal etish chora-tadbir rejasi ishlab chiqildi va amalga oshirildi.

Andijon davlat universiteti qoshidagi 3-son akademik litseyini nomini “Andijon qishloq xo’jalik instituti akademik litsey” deb o’zgartirilishi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga takliflar yuborildi hamda institut Ustaviga va boshqa normativ hujjatlarga qo’shimcha va o’zgartirishlar o’rnatilgan tartibda tasdiqlashga kiritildi.

2017 yil 24 maydagi “Qishloq va suv xo’jaligi tarmoqlari uchun muxandis texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3003-sonli qarori bilan institutga biriktirilgan Qishloq va o’rmon xo’jaligi , Zooveterinariya, Suv xo’jaligi va melioratsiya yo’nalishlari bo’yicha Farg’ona vodiysidagi 9 ta jumladan, Andijon viloyatida 3 ta, Namangan viloyatidan 3 ta Farg’ona viloyatidan 3 ta kasb-hunar kollejlari biriktirilib xamkorlik shartnomalari tuzildi.

Xamkorlik ishlarini jadallashtirish, institut bilan akademik litsey xamda kasb-xunar kollejlari xamkorligini rivojlantirish, bajarilayotgan tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun institutda akademik litsey va kasb-xunar kollejlari bo’yicha prorektor K.Komilov raxbarligida ishchi kengash tashkil etilib 2017-2018 o’quv yili uchun ish rejasi tuzildi va rektor tomonidan tasdiqlanib xozirgi kunda faoliyat olib bormoqda. Xamkorlik rejasiga asosan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida institutimizdagi 40 nafardan ortiq professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib ularni 16 nafari fan nomzodlari qolganlari esa institutning tajribali o’qituvchilardan iborat.

Ilg’or tajribali raxbar xodimlarni ish tajribalarini ommalashtirish, raxbar xodimlar o’rtasida o’zaro tajriba almashish, ularni raxbarlik madaniyatini yuksaltirish, "Ustoz-shogird" an’analarini davom ettirish bo’yicha institutda uzoq yillardan beri ishlayotgan professor-o’qituvchilar va iste’dodli yosh olimlar tomonidan kasb-xunar kollejlariga amaliy uslubiy yordam ko’rsatish maksadida Andijon, qishloq xo’jaligi institutining mutaxassis chiqaruvchi kafedralari filiallari tashkil etilib 2017-2018 o’quv yilida olib boradigan o’quv-uslubiy, uslubiy-ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlari rejasi tasdiqlangan.

O’qituvchilarning ta’limdagi isloxotlar va dars berayotgan fanini o’qitishdagi yangiliklarning ijodiy takdimotlarini xamkorlikda yo’lga qo’yish, o’z kasbiga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maksadida institutda professor o’qituvchilar tomonidan biriktirilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ochik darslar, seminar, uchrashuv va konfrentsiyalar tashkil qilindi. Akademik litsey va kasb xunar kollej o’qituvchilarining darslari institut professor o’qituvchilar tomonidan taxlil qilinib taklif sifatida darsni sifatini oshirish maqsadida yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etib darslarni o’tish tavsiya qilindi.

Shuningdek, qishloq xo’jaligi kasb-hunar kollejlarida qarorda belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida institut tomonidan chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ushbu ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi tegishli tartibda kollejlarga tarqatildi.

“Qishloq va suv xo’jaligi tarmoqlari uchun muxandis texnik kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3003-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institut rektori raxbarligida Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektor K.Komilov va barcha kafedra mudirlari, mas’ul professor-o’qituvchilar kasb-hunar kollejlari moddiy-texnika bazasi, malakali kadrlar bilan to’ldirilganligi, o’quv adabiyotlari va medodik qo’llanmalar bilan ta’minlanganligi, o’quv dasturlari va o’quv jarayonlari hamda ishlab chiqarish amaliyotlari, shuningdek o’quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib yaqindan yordam berib kelinmoqda.

Andijon qishloq xo’jalik institutiga biriktirilgan kasb-hunar kollejlari

RO’YXATI

Qishloq va o’rmon xo’jaligi yo’nalishidagi kasb-hunar kollejlari

1

Shahrixon qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji

2

To’raqo’rg’on qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji

3

Beshariq qishloq xo’jalik kasb hunar kolleji

Zooveterinariya yo’nalishidagi kasb-hunar kollejlari

1

Paxtaobod qishloq xo’jalik kasb hunar kolleji

2

Namangan qishloq xo’jalik kasb hunar kolleji

3

Yozyovon qishloq xo’jalik kasb-hunar kolleji

Suv xo’jaligi va melioratsiya yo’nalishidagi kasb-hunar kollejlari

1

Marxamat qishloq va suv xo’jaligi kasb hunar kolleji

2

Mingbuloq tuman Jumashuy melioratsiya va qishloq xo’jalik kasb hunar kolleji

3

Quva agrasanoat kasb hunar kolleji

alkxk2.JPG

alkxk3.JPG

alkxk4.JPG

alkxk5.JPG

alkxk6.JPG

alkxk7.JPG

alkxk8.JPG

alkxk9.JPG

alkxk10.JPG

alkxk11.JPG

alkxk12.JPG

alkxk13.JPG

alkxk14.jpg

alkxk15.jpg

alkxk16.jpg

alkxk17.jpg

alkxk18.jpg

alkxk19.JPG

alkxk20.JPG

alkxk21.JPG

alkxk22.JPG

alkxk23.JPG

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech