Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Etakchilik:

Xudoyarov Anvarjon Nazirjonovich

Foydalanuvchi bilan aloqa detallari:

Telefon: (0374)3731363 Mob: +998979954965 E-mail: anvarjon1965@umail.uz anvarjon@mail.com

Andijon qishloq xo’jalik instituti tarkibidagi

ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi

O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari tarkibidagi Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 515-son qarorining 14-bandiga muvofiq tashkil etilgan bo’lib, bevosita oliy ta’lim muassasalari tarkibiga kiradi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limning asosiy vazifalari va funktsiyalari

Bo’limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Ø ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o’quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

Ø institutda ta’lim jarayoni sifatini, uning o’quv adabiyotlari va o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o’rganish;

Ø institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish;

Ø ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

Ø kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

Ø institutni ichki attestatsiyadan o’tkazishni tashkil etish, natijalari bo’yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspektsiyasiga taqdim etish;

Ø attestatsiya, ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o’z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o’rnatish;

Ø ta’lim sifatini belgilovchi ko’rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

Ø ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o’qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;

Ø institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo’lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo’nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o’tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo’yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;

Ø institut professor-o’qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o’tganligini yoki mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o’rganish va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qilish;

Ø institutning o’quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishinimonitoring qilish;

Ø ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha takliflar berish;

Ø institutda talabalar amaliyotining ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

Ø Davlat inspektsiyasining topshirig’iga binoan institutlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to’plashda, o’tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda ishtirok etish;

Ø talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini baholash;

Ø institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o’rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o’qituvchi va kadrlar iste’molchilari o’rtasida ijtimoiy so’rovlar o’tkazish;

Ø bo’lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi yoki xalqaro loyihalar va institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o’quv va ilmiy markazlari tajribasini o’rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;

Ø institut reytingini xalqaro darajaga ko’tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

Ø institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o’quv seminarlari va treninglarni o’tkazish;

Ø institutda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo’yilgan vazifalar doirasida seminar mashg’ulotlarini muntazam ravishda o’tkazib borish;

Ø o’quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g’oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig’i masalalari monitoringini yuritish;

Ø institut Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo’lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o’rganish va monitoring natijalari to’g’risida ma’lumotlar berib borish;

Ø ta’lim sifati holatini o’rganishnatijalariga asoslanib tegishli takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish.

Bo’lim o’ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi

funktsiyalarni amalga oshiradi:

Ø institutda ta’lim sifatini DTS va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash, o’quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish bo’yicha faoliyatni va chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

Ø asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida ta’lim sifatini aniqlash, uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yo’nalishlarini belgilab berishga va bu jarayonni muvofiqlashtirishga qaratadi;

Ø ta’lim yo’nalishi va mutaxassisliklarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganligini o’rganadi;

Ø talabalarning darslik va o’quv qo’llanmalari (shu jumladan, elektron darslik va qo’llanmalar) bilan ta’minlanganlik darajasini va zamonaviy talablarga mosligini ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar hamda tillar kesimida tahlil qiladi;

Ø institut professor-o’qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qiladi yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o’tganligini yoki mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o’rganadi va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qiladi;

Ø o’quv jarayonida ilg’or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holatini o’rganadi va ularni takomillashtirish bo’yicha tegishli takliflarni beradi;

Ø ilmiy-tadqiqot ishlarining iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan holda olib borilayotganligini, institut professor-o’qituvchilari va talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi (fundamental, amaliy, innovatsion va h.k. tadqiqotlar kesimida) ishtirokini, ilmiy ishlarning ishlab chiqarishga tatbig’ini moliyalashtirish manbalari holatlari bo’yicha o’rganadi;

Ø institut tarkibiy tuzilmalarining zamonaviy moddiy-texnik ta’minoti, o’quv-laboratoriya jihozlari, kompyuterlar bilan ta’minlanganigi va ulardan samarali foydalanilish darajasini tahlil qiladi;

Ø ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasini, institutning kadrlar tayyorlash va hamkorlikda ilmiy texnologik yechimlar yaratishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini (samarali yoki samarasizligini) o’rganadi;

Ø o’z sohasi bo’yicha ilg’or texnologiyalarning rivojlanishiga qarab ta’lim jarayonlarini amalga oshirish uchun pedagog kadrlarning bevosita ishlab chiqarishda malakasi oshirilishini (muntazam yoki muntazam emasligi) hamda ta’lim yo’nalishlari bo’yicha iste’molchilar bozorining o’rganilganligini (marketing xizmati asosida) tahlil qiladi;

Ø ta’lim jarayoniga ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari hamda xorijiy davlatlar malakali mutaxassislarining jalb etilishini tahlil qiladi;

Ø talabalar bajarayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi mavzularining dolzarbligi, sifati va ularni ishlab chiqarishga qay darajada joriy qilinganligini o’rganadi;

Ø institutning tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil tadqiqotchi instituti orqali oliy malakali kadrlar tayyorlash faoliyatini tahlil qiladi;

Ø institutning o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bilan hamkorlik faoliyatini tahlil qiladi;

Ø institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi, mazmuni va uning bajarilishini (bayonnomalar asosida), professor-o’qituvchilarning tarbiyaviy ishlarga jalb etilganligini, ta’lim muassasasidagi ma’naviy-ijtimoiy muhitni, pedagog xodimlarning axloqiy sifatlarini (so’rovnoma asosida) o’rganadi;

Ø institut axborot-resurs markazi fondiningzarur adabiyotlar bilan ta’minlanganligini, ulardan foydalanayotgan professor-o’qituvchilar va talabalar salmog’ini aniqlaydi;

Ø bitiruvchilarning ta’limni keyingi bosqichiga o’qishga kirishi yoki ishga joylashishlarini tahlil qiladi;

Ø ota-onalar va ish beruvchilar hamda boshqa manfaatdor shaxslarning homiylik kengashi faoliyatidagi va ta’lim jarayonidagi ishtirokini tahlil etadi;

Ø professor-o’qituvchilar reytingini aniqlash bo’yicha takliflar kiritadi;

Ø talabalarning mustaqil ta’lim samaradorligini davriy ravishda monitoring qiladi;

Ø institut rahbariyati, professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalar tomonidan xorijiy tillarni o’rganishning samaradorligi bo’yicha monitoring yuritadi;

Ø talabalar bilimini baholash bo’yicha nazorat natijalarini tanlama tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini va shaffofligini o’rganadi va takliflar tayyorlaydi;

Ø yakuniy davlat attestatsiyalarini amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilgan holda o’tkazilganligini va uning natijalarini tahlil qiladi;

Ø institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo’lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo’nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o’tkazadi, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlaydi, ularni Davlat inspektsiyasi boshlig’i hamda institut rektoriga o’rnatilgan tartibda taqdim qiladi;

Ø institutda kadrlar tayyorlash sifati va talabalar bilim darajasini oshirish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o’qituvchi va kadrlar iste’molchilari o’rtasida ijtimoiy so’rovlar o’tkazadi;

Ø institut faoliyatini xalqaro ta’lim sifatini aniqlash indikatorlari bilan taqqoslash asosida uning jahon reytingida munosib o’rin egallashi uchun tegishli tarkibiy tuzilmalar bilan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;

Ø institutda xalqaro hamkorlikning yo’lga qo’yilganligini, xorijiy mamlakatlar bilan shartnoma asosida talaba, tayanch doktorant, doktorant, ilmiy xodimlar almashinuvini, fan sohasida xalqaro ilmiy tadbirlarning tashkil etilishini (seminar, anjuman, simpozium va h.k.), chet el grantlari asosida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini, xorijiy investitsiyalarning jalb qilinishini tahlil qiladi va bu sohani rivojlanishiga takliflar beradi va amaliy yordam ko’rsatadi;

Ø bo’lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi yoki xalqaro loyihalar va institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o’quv va ilmiy markazlari tajribasini o’rganadi va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etadi;

Ø Davlat inspektsiyasi tomonidan amalga oshiriladigan institutlar reytingini aniqlash va baholashga oid ma’lumotlarni to’plashda hamda boshqa topshiriq va vazifalarni bajarishda ishtirok etadi;

Ø institut reytingini xalqaro darajaga ko’tarish uchun tajribali professor-o’qituvchilar va yosh mutaxassislarni chet el tajribasini o’rganish maqsadida xizmat safariga yuborish va ularning natijasini ta’lim jarayoniga tadbiq etishda institut rahbariyati bilan hamkorlikda ishlarni tashkil etadi;

Ø Respublikada va xorijiy davlatlardagi ta’lim sifatini nazorat qilishga oid yangiliklarni doimiy o’rganib boradi va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi;

Ø institutda ta’lim sifatini oshirish bo’yicha olib borilgan o’rganishlar natijalari asosidagi takliflarni oliy ta’lim rahbariyatiga taqdim etadi.

Bo’limning huquq va majburiyatlari

Bo’lim quyidagi huquqlarga ega:

Ø Bo’lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funktsiyalarni bajarish uchun institut tarkibiy tuzilmalaridan zarur ma’lumotlar va materiallarni olish;

Ø Institut va uning tarkibiy tuzilmalarida talabalar, tinglovchilar va o’quvchilarni o’qitish sifatini, ta’limning tegishli turlari bo’yicha ishchi o’quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini DTSlariga, davlat talablariga, malaka talablariga va o’quv reja hamda fanlarning namunaviy dasturlariga muvofiqligini belgilangan tartibda o’rganish;

Ø Institutda attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda ishtirok etish va uning o’z vaqtida bajarilishini nazoratga olish;

Ø Institutda ta’lim sifatiga oid qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa qarorlarning yetarli darajada ijrosi ta’minlanmaganligi aniqlanganda, mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko’rish uchun rahbariyatga takliflar kiritish;

Ø Institutda ijtimoiy muhitni, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o’rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o’qituvchi va kadrlar iste’molchilari o’rtasida ijtimoiy so’rovlar o’tkazilishini tashkil qilish;

Ø ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo’yicha xalqaro konferentsiyalar, anjumanlar, simpoziumlar, seminar va o’quvlarda ishtirok etish;

Ø belgilangan tartibda institut Kengashiga saylash va saylanish;

Ø O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish.

Bo’lim quyidagi majburiyatlarga ega:

Ø Xizmat vazifalarini vijdonan bajaradi va o’z sha’niga dog’ tushirmaydi;

Ø Davlat inspektsiyasiga taqdim qilinayotgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga hamda institutning ishchi o’quv rejalari va fanlarning ishchi dasturlarini tayyorlash sifati, bitiruvchilarning yakuniy attestatsiya va reyting baholari xolisligini belgilangan tartibda nazoratini tashkil etishga javob beradi.

Ø O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, o’quv va mehnat intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, institutning Ustavi, Ichki tartib hamda Odob-ahloq qoidalariga rioya etadi.

Bo’lim boshlig’i lavozimiga qo’yidagi malaka talablari qo’yiladi:

Ø oliy ma’lumotli, ilmiy darajaga yoki ta’lim sohasida muayyan tajribaga (nazariy, tashkilotchilik va boshqaruv qobiliyati jihatidan) ega bo’lishi;

Ø ta’lim sohasiga oid qonun va qonunosti hujjatlarini, asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilishi va ularni amalda qo’llay olishi;

Ø ta’lim muassasalaridagi pedagogik va ta’lim-tarbiya jarayonini bilishi, ta’lim sifatini baholash komponentlaridan xabardor bo’lishi;

Ø Institutning tarkibiy bo’linmalari faoliyati xususiyatlarini bilishi;

Ø ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik usullarni qo’llash va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlardan xabardor bo’lishi;

Ø o’quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishdagi ishlarning mazmun-mohiyatini to’liq tushunishi, yangi avlod o’quv adabiyotlarini tayyorlash va ularga OO’MTVning grifini olish tartibini bilishi;

Ø Institut professor-o’qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibini bilishi;

Ø o’zbek, rus tillarini va xorijiy tillardan birini mukammal bilishi (shtat birligini shakllantirishda xodimning xorijda malaka oshirganligini inobatga olish maqsadga muvofiq);

Ø ish faoliyatida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni lozim darajada bilishi.

Bo’lim boshlig’ining asosiy funktsional vazifalariga quyidagilar kiradi:

Ø bo’lim faoliyatini O’zbekiston Respublikasining qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va farmoyishlari hamda ta’limga oid boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, Davlat inspektsiyasi boshlig’i va institut rektori bo’yruq va ko’rsatmalari asosida tashkil etish;

Ø bo’limning joriy va istiqbol ish rejalarini ishlab chiqish;

Ø ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning DTS, malaka talablari, o’quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;

Ø Institutda ta’lim jarayoni sifatini, uning o’quv adabiyotlari va o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o’rganish;

Ø Institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish;

Ø ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

Ø kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;

Ø Institutni ichki attestatsiyadan o’tkazishni tashkil etish, natijalari bo’yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash,ma’lumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspektsiyasiga taqdim etish;

Ø ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o’qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;

Ø ta’lim sifatini belgilovchi ko’rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;

Ø Institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo’lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo’nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o’tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo’yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;

Ø Institut professor-o’qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o’tganligini yoki mos ixtisoslik bo’yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o’rganish va xulosalarni institut rektoriga ma’lum qilish;

Ø ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo’yicha takliflar berish;

Ø Institutda talabalar amaliyotining ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;

Ø Davlat inspektsiyasining topshirig’iga binoan institutlar reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to’plashda, o’tkaziladigan attestatsiya va ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda ishtirok etish;

Ø attestatsiya, ta’lim sifatini o’rganish bilan bog’liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o’z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o’rnatish;

Ø bo’lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” jamg’armasi yoki xalqaro loyihalar va institut hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o’quv va ilmiy markazlari tajribasini o’rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish;

Ø Institut reytingini xalqaro darajaga ko’tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish;

Ø Institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o’quv seminarlar va treninglar o’tkazish;

Ø o’quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g’oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig’i masalalari monitoringini yuritish;

Ø Institut Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo’lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o’rganish va monitoring natijalari to’g’risida ma’lumotlar berib borish;

Ø bo’lim xodimlarining lavozim vazifalari bo’yicha topshiriqlarni bajarish natijalariga ko’ra ularni rag’batlantirish yoki intizomiy chora ko’rish haqida Davlat inspektsiyasiga va institut rahbariyatga o’rnatilgan tartibda taklif va tavsiyalar kiritish;

Ø ta’lim sifatini nazorat qilish sohasida bo’limga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish.

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i haqida ma’lumot

Xudoyarov Anvarjon Nazirjonovich

1965 yilda Andijon viloyati, Paxtaobod tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy, 1989 yili Andijon paxtachilik instituti «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash» fakultetini injener-mexanik mutaxassisligi bo’yicha imtiyozli tamomlagan.

1991 yildan Andijon qishloq xo’jalik instituti «Traktor va avtomobillar» kafedrasida assistent lavozimida ish boshlagan. A.N.Xudoyarov «Traktor, avtomobil, qishloq xo’jalik va meliorativ mashinalari» kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlash bilan birga 2001-2004 yillarida sirtqi ta’lim fakulteti dekan muovini, dekani vazifalarida faoliyat ko’rsatib keldi.

2005-2008 yillarda «Qishloq xo’jalik texnikalari, foydalanish va ta’mirlash» kafedrasida faoliyat olib borish bilan birga O’zbekiston qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti doktoranturasida doktorant, 2008-2012 yillarda kafedra dotsenti lavozimda faoliyat olib borgan.

2012-2015 yillarda magistratura bo’limining boshlig’i vazifasida ish olib borgan.

2015-2018 yillarda, Agroinjeneriya fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritgan.

2018 yil 04 yanvardan boshlab, Andijon qishloq xo’jalik instituti tarkibidagi ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshlig’i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

A.N.Xudoyarov turli mavzularda o’tkazilgan xalqaro va respublika ilmiy-amaliy anjumanlarda muntazam ravishda o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Markaziy nashrlarda hamda to’plamlarda 90 dan ortiq turli mavzulardagi ilmiy maqolalari va tezislari chop etilgan, 25 dan ortiq o’quv-uslubiy ishlari nashr etilgan, 3 ta ixtiro uchun patent olgan hamda 3 ta monografiyasi bosma-dan chiqqan.

Ish faoliyati davomida hammualliflikda «Issiqlik texnika-si asoslari» fanidan o’quv qo’llanma hamda «Traktor va avtomobillar nazariyasi hamda hisobi» fanidan ma’ruza va tajriba mashg’ulotlarini o’tkazish hamda kurs loyihasini bajarish bo’yicha uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqqan. Ushbu fan bo’yicha ma’ruza matnlar hamda o’qitishni yangi texnologiyasi bo’yicha tarqatma materiallar tayyorlagan. Bundan tashqari magistrlik dissertatsiyasini, bitiruv malakaviy ishini tayyorlash hamda magistraturada ilmiy faoliyat yo’nalishlari tarkibi, ularga qo’yiladigan talablar va bajarilish tartibi bo’yicha yo’riqnomalar ishlab chiqqan.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech