Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Etakchilik:

Parpiyev G'afurjon G'ayratovich

Foydalanuvchi bilan aloqa detallari:

Telefon: (0374)3731663
E-mail: andqxi_atm@edu.uz

Maqsadlar, xususiyatlari:

Описание задач, функций
Описание задач, функций

Andijon qishloq xo'jalik institutida o'quv jarayoniga kompyuter texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida 1993 yilda "Test markazi" tashkil etilgan. Ushbu markazda kompyuterda test o'tkazish dasturi ishlab chiqilgan. 1993-2002 yillarda ushbu markazda asosan barcha fanlar bo'yicha test savollari va javoblari bazasi tashkil etilgan va barcha fakultet talabalaridan kompyuterda test o'tkazib kelingan. 2004 yildan 2015 yilgacha O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yilgi 415-qaroriga muvofiq tasdiqlangan tashkiliy tuzilmaga asosan "Axborot texnologiyalaribo'limi" bo'lib faoliyat ko'rsatdi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 noyabrdagi 311-qaroriga muvofiq tasdiqlangan tashkiliy tuzilmaga asosan "Axborot texnologiyalari markazi" bo'lib faoliyat ko'rsatmoqda.

Bo'limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- Institut ish faoliyatida kompyuter texnologiyalarini joriy etish;

- O`quv jarayonida kompyuter texnologiyalarini joriy etishda texnik xizmat ko'rsatish;

- Institutdagi mavjud kompyuter texnikalarining texnik holatini nazorat qilish va yangi zamonaviy texnikalar bilan boyitib borish;

- Institutdagi mavjud kompyuterlarni talab darajasidagi dasturlar bilan ta'minlash;

- Institut lokal kompyuter tarmog'i ish faoliyatini ta'minlash;

- Institutda ta'lim jarayoni faoliyatini avtomatlashtirish tizimi ishlashini ta'minlash;

- "ZiyoNET" axborot ta'lim tarmog'ini institut professor-o'qituvchilari tomonidan tayyorlangan axborot ta'lim resurslari bilan boyitib borish;

- Yuqori tashkilotlardan kelgan buyruq, qaror va modemnomalarni o'z vaqtida qabul qilib olish va institut ma'muriyatiga o'z vaqtida yetkazib turish;

- Elektron hujjatlarni tegishli elektron manzillarga o'z vaqtida yuborish;

- Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi portalidagi institut pasportini doimiy ravishda yangilab borish;

- Institut web saytini doimiy ish faoliyatda bo'lishini ta'minlash va uni muntazam yangilab borish;

- Talabalar, xodimlar va professor-o'qituvchilarni internetdan samarali foydalanishini ta'minlash;

- O`quv jarayonida kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;

- Elektron variantdagi darslik va qo'llanmalar yaratib o'quv jarayoniga tadbiq etish;

- Ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlash.

Institutda 200 dan oshiq kompyuter texnikalari mavjud bo'lib, ularning ko'p qismidan o'quv jarayonida bevosita foydalanilmoqda. Shuningdek 3 ta kompyuter sinfi ishlab turibdi. Institut lokal kompyuter tarmog'iga 200 dan ortiq kompyuter tugunlari bog'langan bo'lib, ular bevosita internetga ulangan va undan talabalar, tadqiqotchilar va professor-o'qituvchilar doimiy ravishda bepul foydalanib kelmoqdalar.

Shuningdek zamonaviy namoyish qiluvchi hamda audio-video jihozlar bilan jihozlangan, markaziy nazorat qilishga mo'ljallangan 8 ta ma'ruza zallari mavjud bo'lib, ularda zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o'quv mashg'ulotlari olib borilmoqda.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech