Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Etakchilik:

Tirkashev Latibjon

Foydalanuvchi bilan aloqa detallari:


Institutda 2015-2016 o’quv yilida ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, iqtidorli talaba yoshlar bilan ishlash, ilmiy-tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 2 oktyabrdagi “2014-2015 o’quv yili uchun Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga O’zbekiston Respublikasi nomdor Davlat stipendiyalarini (Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy) tayinlash to’g’risida”gi 394-sonli buyrug’iga asosan “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yo’nalishi III-bosqich talabasi Zaynobiddinov Muxammadzaxriddin Tolibjon o’g’li Beruniy nomli Davlat stipendiyasi, shuningdek “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi III-bosqich talabasi Xidirov Temur Qaxramon o’g’li Navoiy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo’ldilar.

ilmiy1.jpg

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 14 iyundagi “2014 yil oliy ta’lim muassasalari talabalari Respublika fan olimpiadasi yakuni to’g’risida”gi 227-sonli buyrug’iga asosan 2014 yilning 16-17 may kunlari Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutida “Gidravlika” umumkasbiy fanidan o’tkazilgan Respublika fan olimpiadasining II-bosqichida faol ishtirok etgan “Suv xo’jaligi va melioratsiya” ta’lim yo’nalishi, IV-bosqich talabasi Mamajonov Sardorjon Saminjon o’g’li 3-o’rinni egalladi va vazirlikning III-darajali diplomi bilan taqdirlandi.

ilmiy2.jpg             ilmiy2a.jpg

SHuningdek, institutda 2014 yilning 14-15 may kunlari “Agrosanoat kompleksi iqtisodiyoti” mutaxassislik fani bo’yicha o’tkazilgan talabalar Respublika fan olimpiadasining II-bosqichida “Fermer xo’jaligini boshqarish va yuritish” ta’lim yo’nalishi, III-bosqich talabasi Komilov Umarbek Tojimamat o’g’li faol ishtirok etib, 1-o’rinni egalladi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining I-darajali diplomi bilan taqdirlandi.

2014 yilning 17-19 iyul kunlari Andijon Davlat universitetida bo’lib o’tgan “YOsh tadbirkor-yurtga madadkor-2014” ko’rik tanlovida “Suv xo’jaligi va melioratsiya” ta’lim yo’nalishi III-bosqich talabasi Sobirjonova Irodaxon, “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi III-bosqich talabasi Xidirov Temurbek, “Agronomiya” ta’lim yo’nalishi II-bosqich talabasi Karimov Zoxidbek, “O’simliklar ximoyasi va karantini” ta’lim yo’nalishi II-bosqich talabasi Ma’murjonov Muxammadjonlar faol ishtirok etdilar va ko’rik tanlovning yakuniga ko’ra Xidirov Temurbek 20 mln. so’m miqdorda va Ma’murjonov Muxammadjon 15 mln. so’m pul miqdorida kredit olish imkonini beruvchi yo’llanma va maxsus sertifikat bilan taqdirlandilar.

ilmiy3.jpg       ilmiy3a.jpg

2014 yilning 9-16 avgust kunlari Qashqadaryo viloyatining SHaxrisabz tumanida joylashgan “Lochin” oromgohida “YUrt kelajagi-2014” ko’rik tanlovining Respublika bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda institutning “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi IV-bosqich talabasi Xidirov Temurbek, “ “Fermer xo’jaligini tashkil etish va yuritish” ta’lim yo’nalishi II-bosqich talabasi SHokirov Nodirbek “Suv xo’jaligi va melioratsiya” ta’lim yo’nalishi IV-bosqich talabasi Sobirjonova Irodaxonlar faol ishtirok etib, O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy Kengashining maxsus sertifikati bilan taqdirlandilar.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va tex-nologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi, O’zbekiston Qishloq xo’jaligi ilmiy ishlab chiqarish Markazining dolzarb Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida institut olimlari tomonidan o’quv yili davomida bajarilishi 2013-2015 yillarga mo’ljallangan, moliyaviy hajmi 180 mln. so’m bo’lgan, jami 4 ta ilmiy loyihalar, jumladan 2 ta amaliy va 2 ta innovatsion loyihalar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Amaliy loyihalar uchun 65 mln. so’m, innovatsion loyihalarga 115 mln.so’m pul mablag’i ajratilgan. Bundan tashqari xo’jalik shartnomasi bo’yicha 15 mln. so’m miqdordagi ilmiy-tadqiqot ishlari bajarildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 31 yanvardagi “VII-Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi” ga tayyorgarlik ko’rish to’g’risidagi 25-sonli yig’ilish qaroriga asosan 2014 yilning 23-25 aprel kunlari Toshkent shahrining O’zekspomarkazida o’tkazilgan VII-Respublika “Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi” da institut professor-o’qituvchilari va talabalar tomonidan tayyorlangan 5 ta ilmiy ishlanmalar namoyish etildi.

ilmiy4.jpg  ilmiy4a.jpg

Ko’rgazmada asosan “Traktor salonida suv qaynatish va taom isitish qurilmasi” hamda “Trixogrammani qadoqlangan xolda dalaga tarqatish usuli” va “Kompyuter dasturi asosida turli shakllarni chizuvchi va tikuvchi plotter” qurilmalariga tomoshbinlarning qiziqishi yuqori bo’ldi.

Institutda 2014 yilning 28-29 mart kunlari “Ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalanish ” mavzusida yosh olimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, magistrantlar va talabalarning XXXVIII ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.

2014 yilning 28-29 noyabr kunlari institutda “Qishloq xo’jaligida ekologik toza mahsulotlar yetishtirishning tashkiliy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi.

2013-2014 o’quv yili davomida professor-o’qituvchilar tomonidan 3 ta darslik, 4 ta o’quv qo’llanmalar hamda institut uslubiy Kengashida tasdiqlangan va chop etishga tavsiya etilgan 1 ta monografiya, 17 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 341 ta uslubiy ko’rsatma, 17 ta tavsiyanomalar nashrdan chiqarildi. SHuningdek, xalqaro jurnallarda 25 ta, Respublika jurnallarida 37 ta, xalqaro konferentsiyalarda 16 ta, Respublika miqyosida o’tkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda 89 ta ilmiy maqolalar chop etildi.

ilmiy5.jpg

Institutda 2014-2015 o’quv yilida ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, iqtidorli talaba yoshlar bilan ishlash, ilmiy-tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 5 oktyabrdagi “2015-2016 o’quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga O’zbekiston Respublikasi nomli davlat stipen-diyalarini (Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Ibn Sino, Imom-al Buxoriy) tayin-lash to’g’risida” gi 381-son buyrug’iga asosan “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish ta’lim yo’nalishi IV-bosqich talabasi Abdujabborov Oyatullox Axrorbek o’g’li va Agronomiya ta’lim yo’nalishi III-bosqich talabasi Turg’unova Gulxumor Baxtiyor qizi Beruniy Nomli davlat stipendiyasi sovrindori bo’ldi.

ilmiy6.jpg         ilmiy6a.jpg

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 7 apreldagi “2015 yilda oliy ta’lim muassasalari talabalari Respublika fan olimpiadasini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida”gi 123-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 2015 yilning 15-16 may kunlari “Agrosanoat kompleksi iqtisodiyoti” mutaxassislik fanidan Respublika fan olimpiadasining II-bosqichi o’tkazildi. Fan olimpiadasi yakuniga ko’ra 1-o’rinni institutning Iqtisodiyot va boshqaruv ta’lim yo’nalishi, IV-bosqich talabasi Mamatisaev YAxyobek Abdumalik o’g’li egalladi va vazirlikning I-darajali diplomi bilan taqdirlandi.

ilmiy7.jpg  ilmiy7a.jpg  ilmiy7b.jpg
O’zbekiston Liberal Demokratik Partiyasi (ƠzLiDeP) va O’zbekiston Fermerlari Kengashi tomonidan institutda 2015 yilning 30 yanvar kuni amaliy muloqot bo’lib o’tdi. Bunda “Fermer xo’jaligini tashkil etish va yuritish” ta’lim yo’nalishi iqtidorli talabalari faol ishtirok etdilar va ular o’rtasida “Kelajak fermeri-2015” stipendiyasi tanlovi o’tkazildi. Tanlov natijasiga ko’ra institut talabalaridan 3 nafari (M.Bekmirzaev, R.Turg’unov, N.Tojiboyeva) g’olib chiqdi, 7 nafar talabalar “Kelajak fermeri-2015” stipendiyasi tanlovining faol ishtirokchisi diplomi va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va tex-nologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi, O’zbekiston Qishloq xo’jaligi ilmiy ishlab chiqarish Markazining dolzarb Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida institut olimlari tomonidan o’quv yili davomida bajarilishi 2014-2016 yillarga mo’ljallangan, moliyaviy hajmi 265 mln. so’m bo’lgan, jami 5 ta ilmiy loyihalar, jumladan 2 ta amaliy va 3 ta innovatsion loyihalar bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirildi. Amaliy loyihalar uchun 80 mln. so’m, innovatsion loyihalarga 185 mln.so’m pul mablag’i ajratilgan. Bundan tashqari xo’jalik shartnomasi bo’yicha 15 mln. so’m miqdordagi ilmiy-tadqiqot ishlari bajarildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 2 fevraldagi VIII-Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasiga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori saviyada o’tkazishni ta’minlash to’g’risida”gi 87-03-83-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida kafedralarda faoliyat ko’rsatayotgan tajribali professor-o’qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, magistrant va iqtidorli talabalar tomonidan 7 ta ilmiy ishlanmalar tayyorladi va 2015 yilning 18-21 may kunlari Toshkent shahridagi O’ZEKSPOMARKAZ ko’rgazmalar zalida namoyish etildi. VIII-Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi davomida 14 ta hamkorlik shartnomalari (37,2 mln. so’m) imzolandi.

ilmiy8.jpg  ilmiy8a.jpg

Institutda 2015 yilning 29-30 may kunlari “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasida intellektual yoshlarning salohiyati” mavzusida yosh olimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, magistrantlar va talabalarning XXXIX ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanda 30 nafardan ortiq professor-o’qituvchilar, 10 nafarga yaqin yosh olimlar va katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va 20 nafarga yaqin magistrantlar va 120 nafardan ortiq iqtidorli talabalar faol ishtirok etdi. Anjuman yakunida “Eng yaxshi ilmiy maqola” nominatsiyasi bo’yicha g’olib bo’lgan yosh olimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar institut rektorining qimmatbaho sovg’alari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

ilmiy9.jpg  ilmiy9a.jpg

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yiil 1 iyundagi 87-02-1142-sonli xati va O’zbekiston ekologik haraka-tining 2015 yil 28 maydagi O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassa-salari bakalavriati va magistraturasi talabalari o’rtasida “Global iqlim o’zgarishiga moslashish bo’yicha eng yaxshi g’oya 2014-2015” tanlovi g’oliblarini taqdirlash to’g’risida”gi 05/315-sonli xatiga asosan 2015 yilning 4 iyun kuni Respublika bosqichida 2-o’rinni egallagan “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi talabalari I.Foziljonov va 3-o’rinni egallagan T.Xidirovlar g’oliblarni tag’dirlash marosimida ishtirok etdi va tanlov natijasiga ko’ra “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi I-bosqich talabasi Foziljonov Ibrohimjon Sotvoldi xo’ja o’g’li II-darajali diplom bilan hamda “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi IV-bosqich talabasi Xidirov Temurbek Qahramon o’g’li III-darajali diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

2014-2015 o’quv yili davomida professor-o’qituvchilar tomonidan 1 ta darslik, 1 ta elektron darslik, 6 ta o’quv qo’llanmalar hamda institut uslubiy Kengashida tasdiqlangan va chop etishga tavsiya etilgan 12 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 275 ta uslubiy ko’rsatma, 10 ta tavsiyanomalar nashrdan chiqarildi. SHuningdek, xalqaro jurnallarda 37 ta, Respublika jurnallarida 57 ta, xalqaro konferentsiyalarda 25 ta, Respublika miqyosida o’tkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda 135 ta ilmiy maqolalar chop etildi.

ilmiy10.jpg

Institutda 2015-2016 o’quv yilida ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, iqtidorli talaba yoshlar bilan ishlash, ilmiy-tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 29 martdagi “2016 yilda oliy ta’lim muassasalari talabalari Respublika fan olimpiadasini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida”gi 129-sonli buyrug’iga asosan joriy yilning 13-14 may kunlari institutda “Agrosanoat kompleksi iqtisodiyoti” mutaxassislik fanidan Respublika fan olimpiadasining II-bosqichi o’tkazildi. Fan olimpiadasi yakuniga ko’ra institutning “Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishi, IV-bosqich talabasi Xamidov Dildorbek SHavkatbek o’g’li 1-o’rinni egalladi va vazirlikning I-darajali diplomi bilan taqdirlandi.

ilmiy11.jpg    ilmiy11a.jpg

SHuningdek, 2016 yilning 11-12 may kunlari Toshkent Davlat agrar universitetida “Agronomiya” mutaxassislik fanidan Respublika fan olimpiadasining II-bosqichi o’tkazildi. Fan olimpiadasining yakuniga ko’ra institutning “Agronomiya” ta’lim yo’nalishi, III-bosqich talabasi Nishonov Xokimjon Abdurashid o’g’li 2-o’rinni egalladi va vazirlikning II-darajali diplomi bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari 2016 yilining 11-12 may kunlari Samarqand qishloq xo’jalik institutida “Zoologiya” umumkasbiy fanidan Respublika fan olimpiadasining II-bosqichi o’tkazildi. Fan olimpiadasining yakuniga ko’ra institutning “O’simliklar ximoyasi va karantini” ta’lim yo’nalishi II-bosqich talabasi Nishonova Go’zaloy Muzaffar qizi 2-o’rinni egalladi va vazirlikning II-darajali diplomi bilan taqdirlandi.

O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasining 2016 yil 3 martdagi hamda 2016 yil 12 fevraldagi “Soliq bilimdonlari” tanlovi-ning saralash bosqichini o’tkazish to’g’risida”gi 10/3-1862-son xatiga asosan joriy yilning 25 mart kuni “Soliq bilimdonlari” tanlovining saralash bosqichi viloyatdagi 5 ta oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida o’tkazildi. “Soliq bilimdonlari” tanlovining saralash bosqichida institutning “Qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi talabalari tarkibidan tuzilgan komanda I-o’rinni egalladi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va tex-nologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi, O’zbekiston Qishloq xo’jaligi ilmiy ishlab chiqarish Markazining dolzarb Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida institut olimlari tomonidan o’quv yili davomida bajarilishi 2015-2017 yillarga mo’ljallangan, moliyaviy hajmi 252 mln. so’m bo’lgan, jami 4 ta ilmiy loyihalar, jumladan 2 ta amaliy, 1 ta innovatsion va 1 ta yosh olimlarning akademik harakatchanligi loyihalari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Amaliy loyihalar uchun 80 mln. so’m, innovatsion loyihaga 130 mln.so’m va yosh olimlarning akademik harakatchanligi loyihasi uchun 32 mln.so’m pul mablag’i ajratilgan. Bundan tashqari xo’jalik shartnomasi bo’yicha 24 mln. so’m miqdordagi ilmiy-tadqiqot ishlari bajarildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 24 mart-dagi 229-F-sonli Farmoyishiga muvofiq 2016 yilning 11-13 may kunlari Toshkent shahri O’zEXSPOMARKAZda II-Toshkent Xalqaro Innovatsiya Forumi hamda IX-Respublika “Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar” yarmarkasi bo’lib o’tdi. Ko’rgazmada institut professor-o’qituvchilari va yosh olimlar tomonidan 13 ta ilmiy ishlanmalar namoyish etildi.

YArmarka davomida institut Respublikada faoliyat ko’rsatayotgan fermer xo’jaliklari, korxona, tashkilot va muassasalar bilan jami 26 ta shartno-malar tuzdi. SHartnoma mablag’i 275,7 mln. so’mni tashkil etdi. Hamkorlik shartnomalari bo’yicha institut g’aznasiga mablag’ kelib tushishi 2016 yilning III-IV choraklariga rejalashtirilgan.

IX-Respublika “Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar” yarmarkasida faol ishtirok etgan 7 nafar professor-o’qituvchilar va 5 nafar talaba yoshlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi hamda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tomonidan faol ishtiroki uchun faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Institutning III-bosqich katta ilmiy xodim izlanuvchisi Murodov Raximjon II-Toshkent Xalqaro Innovatsiya Forumida faol ishtirok etib, “YOsh olimlar innovatsiyasi-2016” nominatsiyasi bo’yicha maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

ilmiy12.jpg  ilmiy12a.jpg

Institutda 2016 yilning 29-30 mart kunlari “Iste’dodli yoshlarni fan-texnika taraqqiyoti davrida qishloq xo’jaligi, sanoat, tibbiyot va boshqa sohalarda hamda iqtisodiyot va boshqaruv tizimlarida ilmiy salohiyatini yuksaltirish” mavzusida yosh olimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, magistrantlar va talabalarning XXXX ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.

2016 yilning 29-30 aprel kunlari institutda “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlashda ilg’or agrotexnologiyalardan samarali foydalanish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini rivojlantirish: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi.

2015-2016 o’quv yili davomida 2 ta darslik, 3 ta o’quv qo’llanmalar hamda institut uslubiy Kengashida tasdiqlangan va chop etishga tavsiya etilgan 1 ta monografiya, 26 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 287 ta uslubiy ko’rsatma va 14 ta tavsiyanomalar nashrdan chiqarildi. SHunigdek, xalqaro jurnallarda 39 ta, Respublika jurnallarida 62 ta, xalqaro konferentsiyalarda 28 ta, Respublika miqyosida o’tkazilgan ilmiy-amaliy konferentsiyalarda 174 ta ilmiy maqolalar chop etildi.

ilmiy13.jpg

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech