Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Etakchilik:

Qodirov Ro'zimuhammad Nurdinovich

Foydalanuvchi bilan aloqa detallari:

+99890 259-75-20

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PQ-3704 qarorining 1a ilovasiga muvofiq Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialining tuzilmasida yangidan Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo’limi ochilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993 yil 5 fevraldagi “O’zbekistonning o’quvchi yoshlarini rag’batlantirish choralari to’g’risida”gi PF-555-sonli farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi “O’zbekiston iqtirdorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag’batlantirish  to’g’risida”gi 226-son qaroriga muvofiq 2018-2019 o’quv yili uchun  Respublika oliy ta’lim muassasalari  bakalavriatning oxirgi ikki kursida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga O’zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalari (Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov)ni tayinlash to’g’risida”gi 808-sonli buyrug’iga asosan  Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialining iqtidorli talabalaaridan 2018-2019 o’quv yili uchun “Agrobiologiya” fakultetining Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi,  III-bosqich  talabasi Mo’minjonov Sanjarbek Ravshanjon o’g’li hamda “Agrobiologiya” fakultetining Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi, IV-bosqich talabasi Alijonova Gulbahor Alijon qizi Beruniy nomli Davlat stipendiyasi tanlovi g’olibi bo’ldilar.

O’zbeksiton Respublikasi Oliy majlis Qonunchilik palatasi bilan hamkorlikda “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlantirish strategiyasining tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5544-sonli farmoniga asosan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalri”ga bag’ishlangan seminarlarda, Bobur nomidagi viloyat axborot -kutubxona markazida Davlat dasturi bo’yicha “Tadbirkorga qanot-taraqqiyotga yo’l” mavzusida anjumanlarda, tadbirkorlar va ishbilarmonlar xarakati – O’zbekiston Liberal demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi va O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi o’rtasida imzolangan qo’shma qaror hamda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya ko’mitasining 2018 yil 30 oktyabr kungi 01-27/1112 sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi Farmonini mazmun mohiyatini tushuntirishga qaratilgan davra suhbati o’tkazildi. Ushbu o’tkazilgan davra suhbatlarida filialning iqtidorli talabalari, yosh olimlar, magistrlar hamda doktorantlar o’zlarining innovatsion ishlanmalari va loyihalari bilan muntazam ravishda qatnashib kelmoqdalar.

SHu bilan bir qatooda O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi va YOshlar ittifoqi bilan xamkorlikda yoshlar, talabalar va yosh olimlar uchun innovatsion g’oya va startap loyihalarini yaratish va tadbirkorlik sohasida o’z salog’iyatlarini ro’yobga chiqarishlari uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida “YOshlar kelajagimiz” davlat dasturi doirasida “Startap-tashabbuslari” dasturi asosida filialning 25 nafar iqtidorli talabalari o’zlarining innovatsion g’oya va loyihalari bilan ishtirok etdilar. Xozirgi kunda Abdullaev Xamidjon “YOsh baliqchi” mavzusidagi o’zining innovatsion g’oyasi bilan viloyat bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib “YOsh baliqchi” nominatsiyasi bo’yicha g’olib deb topildi va sertifikat bilan taqdirlandi.

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bolimi (8).jpg

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bolimi (3).jpg

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bolimi (6).jpg

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bolimi (7).jpg

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bolimi (9).jpg

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bolimi (10).jpg

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bolimi (2).jpg

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bolimi (1).jpg

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bolimi (11).jpg

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bolimi (5).jpg

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bolimi (13).jpg

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bolimi (12).jpg

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bolimi (4).jpg


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech