Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Etakchilik:

Berdibaev Yerkaboy Yuldashovich

Foydalanuvchi bilan aloqa detallari:

Telefon: +998743731245 E-mail: metodika@andqxi.uz

Institut 1964 yil iyun oyida sobiq Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Andijon filiali bazasida Andijon paxtachilik instituti nomi bilan tashkil etilgan bo’lib, boshqaruv strukturasida rektor, o’quv ishlari bo’yicha prorektor, xo’jalik ishlarini boshqarish prorektori, dekan va uning 2 nafar muovini xamda buxgalterlardan iborat bo’lgan. Muassasada talabalarni sifatli va yuqori saviyada bilim olishlari, tanlagan ixtisosligi bo’yicha yuqori malakali mutaxassis bo’lib yetishishlarii uchun 13 ta kafedra tashkil etilgan bo’lib ularda 55 nafar (shu jumladan 6 nafari ilmiy daraja va unvonga ega bo’lgan) professor o’qituvchilar faoliyat olib borgan. O’tgan davr davomida Respublikamiz qishloq xo’jaligi korxona va tashkilotlari uchun yuqori malakali olim-agronomlar, injener-mexaniklar va injener-gidromelioratorlar tayyorlagan.

Birinchi o’quv-metodika bo’limi boshlig’i bo’lib tayinlangan. Prorektor, o’quv bo’limi boshlig’i, dekanlar va kafedralar bilan birga mavjud kafedralarni moddiy texnika bazasini muntazam mustaxkamlab, o’quv jarayonini takomillashtirib borishga axamiyat berildi. Mashg’ulotlarni yuqori saviyada olib borishlik uchun iqtidorli, yosh professor-o’qituvchilarni jalb etildi.

O’quv jarayonini tasdiqlangan Davlat ta’lim standartlari va namunaviy o’quv rejalariga mos ravishda tuzilgan ishchi o’quv rejalar asosida tashkil etish va uni bajarilishini nazorat qilishga xamda talabalarning malakaviy amaliyotlarini sifatli o’tkazilishini tashkil etish va ularni vaqtlarini o’quv hamda qishloq xo’jalik ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog’lanishiga aloxida e’tibor berdi.

O’quv-metodika bo’limi boshlig’i lavozimida faoliyat ko’rsatgan professor-o’qituvchilar:

Boris Ananovich Petrov (1964-1974), Alevtina Nikolaevna Prudskaya (1974-1980), Vladimir Mixaylovich Andreyev (1980-1985), Alevtina Vasilevna Skurixina (1985-1986), YUnus YUsupovich Qosimov(1986-1988), Aleksandr Ivanovich Abrosimov (1988-1992), Qodirjon Tojiyevich Asqarov (1992-2005), Anvarjon Davlatov (2005-2007), Ne’matjon Axmatovich Samatov (2007-2009), Ravshanbek Amanullaevich Abdiraxmonov(2009-2012), Ne’matjon Axmatovich Samatov (2012 yildan buyon).

Institutda mustaqillik yillarida xalq xo’jaligining asosiy tarmog’i bo’lgan qishloq xo’jaligini yuqori saviyada zamon talablari asosida rivojlanishini xisobga olib, mutaxassislarga bo’lgan extiyojlar asosida ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar ochilmoqda. Bular bakalavriyatni 2011-2012 o’quv yilda Meva sabzavotchilik va uzumchilik, Qishloq xo’jalik ekinlari selektsiyasi va urug’chiligi, 2013-2014 o’quv yilidan boshlab esa Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish ta’lim yo’nalishlaridir. 2012-2013 o’quv yilda Gidromelioratsiya, Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo’yicha), O’simlikshunoslik (ekinlar guruxi bo’yicha), O’simliklar himoyasi (usullar bo’yicha), 2014-2015 o’quv yilda Qishloq xo’jalik texnikasini loyihalashtirish va konstruktsiyasini ishlash magistratura mutaxassisliklari, 2015-2016 o’quv yilda Qishloq xo’jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish, Dorivor o’simliklarni yetishtirish texnologiyasi, O’rmonchilik va o`rmon melioratsiyasi ta’lim yo’nalishlari ochildi.

Hozirgi kunda institutda 17 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlari va 5 ta magistratura mutaxassisliklari bo’yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Institutda 4 ta: Agronomiya, Agroinjeneriya, Qishloq xo’jaligida menejment, O’simliklarni himoya qilish va meva-sabzavotchilik fakultetlari va jami 19 ta kafedra mavjud bo’lib, Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 3 noyabrdagi 311-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan boshqaruv tizimi bo’yicha faoliyat ko’rsatdi.

Institut bo’yicha jami talabalar kontingenti 3193 nafar bo’lib, ularning 1038 nafari (32.5 %) ni qizlar tashkil etadi. Institutda 2016-2017 o’quv yilida 304 nafar professor-o’qituvchilar asosiy shtatda faoliyat ko’rsatmoqda. SHulardan 81 nafari (26,6 foiz) ayollardir. Professor-o’qituvchilarning 8 nafari (2,8 foiz)ni fan doktorlari va professorlar, 95 nafari (31,4 foiz)ni fan nomzodlari va dotsentlar, 200 nafari (65,8 foiz)ni katta o’qituvchilar va assistent o’qituvchilardan iborat bo’lib, ilmiy saloxiyat 34,2% ni tashkil etadi.

Institut professor-o’qituvchilari tomonidan oxirgi besh yilda bir nechta elektron darslik, 30 dan ortiq darslik va o’quv qo’llanmalar hamda monografiyalar nashr qilindi. Ular Axborot-Resurs Markaziga yetarli miqdorda keltirilib, o’quv jarayonida foydalanilmoqda.

Institutning asosiy ma’ruza xonalarida va kafedralarda mashg’ulotlarni multimedialardan samarali foydalangan xolda o’tkazilishi talabalarni bilim ko’rsatkichlarini oshishiga yordam bermoqda. Barcha kafedralar texnik vositalar bilan jixozlangan ma’ruza, amaliy mashg’ulotlar xonalarida kompyuterlar va proyektorlar yordamida ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarning ko’rgazmali jadvallarini, sxemalarini, diagrammalarini ekranga chiqarish yo’li bilan mashg’ulotlar olib bormoqdalar. Bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlash va ximoya qilishda kompyuter va proyektorlardan foydalanish yuqori samara bermoqda.

Institutda o’qitish jarayonlarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilinishi asosida, mukammallashtirishga aloxida e’tibor qaratilmoqda.

Oxirgi yillarda Respublika oliy o’quv yurtlari talabalari orasida o’tkazilgan ko’rik tanlovlarda institutda taxsil olayotgan iqtidorli talabalar muntazam ishtirok etib munosib o’rinlarni egallab kelmoqdalar. Tanlovlarda ishtirok etgan 20 dan ortiq talaba tanlov g’oliblari ulardan 4 nafari esa Beruniy nomidagi Nomdor davlat stipendiyasi sovrindori bo’ldilar.

Institutni o’quv ishlari bo’yicha 1-prorektori lavozimida 2014 yil mart oyidan buyon texnika fanlari nomzodi Botirjon Qo’nishevich To’xtamishev, 2012 yil yanvar oyidan boshlab o’quv-metodika bo’limi boshlig’i lavozimida texnika fanlari nomzodi, dotsent Ne’matjon Axmatovich Samatov faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar.

Ular “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa ta’limga oid normativ-xuquqiy xujjatlarda ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi o’quv jarayonini takomillashtish bo’yicha uslub va vositalarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirishni ta’minlash, o’quv-uslubiy majmualarning xamda ta’lim jarayoni didaktik va axborot ta’minotini yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etishga aloxida e’tibor qaratilmoqda. 2016-2017 o’quv yilidan boshlab institutda o’tiladigan 100% fanlarning masofadan o’qitish tizimini o’z ichiga olgan elektron majmualarini yaratish yo’lga qo’yildi.

O’quv-metodikabo’limi-o’quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo’lib, u O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan xalqning boy intelektual me’rosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning mukammal tizimini shakllantirish vazifalarini amalga oshirishni maqsad qilib qo’ygan va shu asosda faoliyat olib boradi.

O’qitishning barcha bosqichlarida o’quv dasturlarini izchilligi va o’zaro muvofiqligini ta’minlash. O’quv dasturlarida umumiy va qo’shimcha ta’limning integratsiyalashuvini, shuningdek, o’qitish mazmun – moxiyatini real xayot extiyojlariga maksimal darajada yaqinlashtirishni ko’zda tutadi.

O’quv-metodika bo’limi institut ta’lim jarayonini ilg’or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, o’quv jarayoniga zarur xisoblanayotgan me’yoriy hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o’quv ishlarida erishgan ilg’or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.

O’quv-metodika bo’limi talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo’lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o’quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.

O’quv-metodika bo’limining vazifalari:

- Institutta’lim jarayonini ilg’or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, instituttuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o’quv hujjatlari bilan ta’minlash;

- Institutdao’quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;

- Institutfakultetlari va kafedralarining o’quv, o’quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;

- O’quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;

- Institutta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va institut Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;

- Institutfakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o’quv ishlarda erishgan ilg’or yutuqlarini umumlashtirish va institutta’lim jarayoniga tadbiq qilish;

- Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida yangi NIZOMni amaliyotga tadbiq etish;

- Talabalar davomatini tahlil etish;

- Institutprofessor-o’qituvchilari va talabalarining o’quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;

- Institutdagi barcha fakultetlarda joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil etish va tahlil qilish;

- Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;

- Institutdashtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o’quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

- O’rindosh va soatbay dars o’tuvchi o’qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

- Institutfakultet va kafedralarini o’quv masalalari bo’yicha faoliyatini o’rganish;

- Professor - o’qituvchilar tanlovini tashkil etish;

- O’quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;

O’quv-metodikabo’limidaboshliq, uslubchi, nazoratchi, statist va dispetcherlar faoliyat olib boradi.

O’QUV METODIKA BO’LIMI BOSHLIG’INING FUNKTSIONAL VAZIFASI

1. Bo’lim ish rejasini tuzadi va reja asosida ishni tashkil etadi, umumiy raxbarlikni amalga oshiradi.

2. Bo’limning yillik xisolarini tayyorlaydi.

3. Institut ilmiy va o’quv – uslubiy kengashlariga materiallar tayyorlaydi.

4. Kafedralarni yillik ish xajmlari va uni o’qituvchilar o’rtasida taqsimotlarini tasdiqlaydi

5. Kafedralarda o’quv-uslubiy ishlarning olib borilishini nazorat etadi.

6. Dekanatlarda o’quv-uslubiy me’yoriy xujjatlarning bajarilishini nazorat etadi.

7. O’quv jarayoni jadvalini tuzilishini va uni bajarilishini nazorat etadi.

8. Talabalarning o’quv adabiyotlari bilan ta’minlanish xolatini nazorat etadi.

9. O’quv jarayoniga tegishli bo’lgan Vazirlik buyruqlari, yo’riq xatlari hamda institut Ilmiy kengashi qarorlarini xayotga tadbiq qilishni amalga oshiradi.

10. Talabalarga stipendiya belgilash tartiblarini va buyruqlarini tayyorlanishini nazorat etadi.

11. Davlat attestatsiya xay’atlarini tuzish buyruqlari, DA o’tkazish jadvallarini dekanatlar tomonidan tuzilishini va bajarilishini nazorat etadi.

12. DAX raislari va a’zolari ish xaqlarini o’z vaqtida berilishini ta’minlaydi.

13. Rektor buyrug’i asosida fakultetlar va kafedralar o’quv ish faoliyatlarini tekshirish xay’atlari tarkibida ish yuritadi.


O’QUV METODIKA BO’LIMI USLUBCHISI, MALAKAVIY AMALIYOT RAXBARINING FUNKTSIONAL VAZIFASI

1. Kafedralarda tayyorlanayotgan o’quv uslubiy ko’rsatmalar va qo’llanmalarni talab darajasida bajarilishini institut rektorati tomonidan tashkil etilgan ekspertlar guruxi orqali muntazam nazorat qilib boradi.

2. Kafedralarning o’quv – uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlanganligini va ulardan samarali foydalanishligini nazorat qiladi.

3. Ta’lim yunalishlari buyicha o’quv, o’quv-dala, pedagogik, ishlab-chiqarish malakaviy amaliyotlarini tashkil etish va o’tkazishga umumiy raxbarlik qiladi.

4. Malakaviy amaliyotlar o’tkazish jadvalini tuzadi va tasdiq uchun taqdim etadi.

5. Malakaviy amaliyotlarni o’tkazish uchun mutasaddi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzishni tashkil etadi.

6. O’tkazilgan amaliyot natijalarini umumlashtiradi.

7. Amaliyotda ishtirok etgan mutaxassislar ish xaqlarini o’z vaqtida berilishini ta’minlaydi.

8. Institut ilmiy va o’quv-uslubiy kengashlariga materiallar tayyorlaydi.

9. Rektor buyrug’i asosida fakultetlar va kafedralar o’quv ish faoliyatlarini tekshirish xay’atlari tarkibida ish yuritadi.

O’QUV METODIKA BO’LIMI NAZORATCHILARINING FUNKTSIONAL VAZIFASI

1. Kafedralarda ish rejalariga asosan o’quv jarayonini tashkil etish bo’yicha barcha ishlarni nazorat etadi.

2. Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan o’tkazilayotgan mashg’ulotlar o’quv reja, o’quv dasturi va kalendar ish rejalariga mos kelishini nazorat etadi.

3. Fakultetlarda o’quv jarayonini tashkil etish bo’yicha barcha ta’lim yunalishlari ishchi o’quv rejalarining bajarilishini nazorat etadi.

4. Talabalar bilimini baxolashda reyting tizimi JB,OBva YABbosqichlarini bajarilishini nazorat etadi.

5. YAB o’tkazish va tekshirish xay’atlari ro’yxati asosida buyruq loyixalari tuzish xamda taqdim etishni, YAB o’tkazish jadvallarini bajarilishini nazorat etadi.

6. Kafedralarda ishchi fan dasturlari mavjudligi, kalendar ish rejalarining bajarilishini, o’quv adabiyotlar bilan ta’minlanganlik xolatini nazorat etadi va zarur xollarda tegishli uslubiy yordamlarni ko’rsatadi

7. Institut ilmiy va o’quv-uslubiy kengashlariga materiallar tayyorlaydi

8. Rektor buyrug’i asosida fakultetlar va kafedralar o’quv ish faoliyatlarini tekshirish xay’atlari tarkibida ish yuritadi.

O’QUV METODIKA BO’LIMI STATISTINING FUNKTSIONAL VAZIFASI

1. Institut tuzilmasida faoliyat ko’rsatayotgan tarkib xaqida barcha statistik ma’lumotlarni tayyorlaydi va taqdim etadi.

2. Xar bir ta’lim yo’nalishi bo’yicha talabalar kontingenti, talabalarning viloyatlar, tumanlar bo’yicha yashash joylari, milliy tarkibi, yosh tarkibi to’g’risida joriy ma’lumotlarini tayyorlaydi va taqdim etadi.

3. Professor-o’qituvchilar, o’quv yordamchi personal xaqida barcha statistik ma’lumotlarni tayyorlaydi va taqdim etadi.

4. Institut pasporti ma’lumotlarini tayyorlaydi

5. YUqori tashkilotlardan so’ralgan barcha statistik shakllar bo’yicha ma’lumot tayyorlaydi va taqdim etadi.

O’QUV METODIKA BO’LIMI DISPETCHERINING FUNKTSIONAL VAZIFASI

1. Fakultetlarda dars jadvallari tuzilishi va bajarilishini nazorat etadi

2. Xonalar bandligi jadvallarini tayyorlash va o’quv jarayoni uzluksizligini ta’minlashni nazorat etadi.

3. O’quv mashg’ulotlariga kirish-chiqish qo’ng’iroqlarini vaqtida chalinishini ta’minlaydi.

4. Ma’ruza zallarida oqimlar mashg’ulotlari jadvalini tuzadi va bajarilishini nazorat etadi.

Andijon qishloq xo’jalik instituti professor-o’qituvchilar tarkibi haqida 

 MA’LUMOT

T/r

OTM nomi

Asosiy shtatdagi professor-o’qituvchilar soni

Ilmiy-peda-gogik salo-hiyat ( %)

Ma-gistr dip-lomli peda-goglar soni

Lavozimlar

Joriy o’quv yili da-vomida mala-kasini oshirgan asosiy shtat-dagi jami pro-fessor-o’qi-tuv-chilar soni

sh.j. xorijda mala-kasini oshirgan pro-fesor-o’qi-tuv-chilar soni

CHet eldan kelib dars bergan prfes-sor -o’qi-tuv-chilar soni**

Jami

Fan doktorlari

Fan nomzodlari

Ilmiy daraja va ilmiy unvonsiz o’qituv-chilar soni

sh.j. ayollar

Ka-fedra mu-diri

Pro-fes-sor

Do-tsent

Katta o’qi-tuv-chi

O’qi-tuv-chi

Jami:

Profes-sorlar

Do-tsent-lar

Un-voni yo’q-lar

Jami

sh.j. ayollar

Profe-ssorlar

Do-tsent-lar

Un-voni yo’q-lar

Jami

sh.j. ayollar

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

25

26

1

AQXI

304

9

9

1

71

24

95

12

200

68

34,2

42

19

8

80

28

169

304

58

1

0

Andijon qishloq xo’jalik instituti bakalavriati talabalari (barcha bosqichlar bo’yicha) soni haqida

MA’LUMOT

T/r

OTM nomi

Jami talabalar soni

Kunduzgi bo’lim kurslari

I kurs

II kurs

III kurs

IV kurs

Byudjet

To’lov-kontrakt

Byudjet

To’lov-kontrakt

Byudjet

To’lov-kontrakt

Byudjet

To’lov-kontrakt

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

1

AQXI

3735

264

811

259

711

255

627

224

584


Andijon qishloq xo’jalik instituti professor-o’qituvchilarining ingliz tili bo’yicha bilim darajasini oshirganligi to’g’risida MA’LUMOT

T/r

OTM nomi

OTM bo’yicha jami pro-fessor-o’qitu-vchilar soni

Ingliz tilini bila-digan-lar soni

%

SHu jumladan (soni)

Ingliz tili bo’yicha malakasini oshirganlar

SHu jumladan (soni)

o’z mutaxassisligi bo’yicha ingliz tilida malaka oshirgan professor-o’qituvchilar

SHu jumladan (soni)

ka-fedra mu-diri

pro-fes-sor

do-tsent

katta o’qi-tuv-chi

o’qi-tuv-chi

soni

%

ka-fedra mu-diri

pro-fes-sor

do-tsent

katta o’qi-tuv-chi

o’qi-tuv-chi

soni

%

ka-fedra mu-diri

pro-fes-sor

do-tsent

katta o’qi-tuv-chi

o’qi-tuv-chi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20

21

22

23

24

1

AQXI

304

219

72

17

8

69

22

103

11

5,0

0

0

8

2

1

6

2,7

6


Andijon qishloq xo’jalik instituti professor-o’qituvchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o’quv jarayonida foydalanish darajasini oshirganligi to’g’risida MA’LUMOT

T/r

OTM nomi

OTM bo’yicha jami profes-sor-o’qitu-vchilar soni

AKTni o’quv jara-yonida erkin foyda-lanadi-ganlar soni

%

SHu jumladan (soni)

AKT bo’yicha malakasini oshirganlar

SHu jumladan (soni)

kafed-ra mu-diri

pro-fes-sor

do-tsent

katta o’qi-tuvchi

o’qi-tuv-chi

soni

%

ka-fedra mu-diri

pro-fes-sor

do-tsent

katta o’qi-tuv-chi

o’qi-tuv-chi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

1

AQXI

304

265

87

19

8

70

26

142

7

2,6

4

3

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech