Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Etakchilik:

Berdibaev Yerkaboy Yuldashovich

Foydalanuvchi bilan aloqa detallari:

Telefon: +998743731245 E-mail: metodika@andqxi.uz

TDAU Andijon filiali o’quv-uslubiy bo’limi 1964 yilda tashkil etilgan.  Bo’lim o’quv jarayonini boshqaruvchi tuzilmasi bo’lib, u O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan xalqning boy intelektual me’rosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning mukammal tizimini shakllantirish vazifalarini amalga oshirishni maqsad qilib qo’ygan va shu asosda faoliyat olib boradi. Uning asosiy vazifalari:

- Filial ta’lim jarayonini ilg’or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, Filial tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o’quv hujjatlari bilan ta’minlash;

- Filialdao’quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;

- Filial fakultetlari va kafedralarining o’quv, o’quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;

- O’quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;

- Filial ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va Filial Ilmiy kengashiga tavsiya qilish;

- Filial fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o’quv ishlarda erishgan ilg’or yutuqlarini umumlashtirish va Filialta’lim jarayoniga tadbiq qilish;

- Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risida yangi NIZOMni amaliyotga tadbiq etish;

- Talabalar davomatini tahlil etish;

- Filial professor-o’qituvchilari va talabalarining o’quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;

- Filialdagi barcha fakultetlarda joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil etish va tahlil qilish;

- Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;

- Filialda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o’quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;

- O’rindosh va soatbay dars o’tuvchi o’qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;

- Filial fakultet va kafedralarini o’quv masalalari bo’yicha faoliyatini o’rganish;

- Professor - o’qituvchilar tanlovini tashkil etish;

- O’quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish va h.z.

 

O’quv-metodika bo’limi boshlig’i lavozimida faoliyat ko’rsatgan

 professor-o’qituvchilar:


Boris Ananovich Petrov (1964-1974), Alevtina Nikolaevna Prudskaya (1974-1980), Vladimir Mixaylovich Andreyev (1980-1985), Alevtina Vasilevna Skurixina (1985-1986), YUnus YUsupovich Qosimov(1986-1988), Aleksandr Ivanovich Abrosimov (1988-1992), Qodirjon Tojiyevich Asqarov (1992-2005), Anvarjon Davlatov (2005-2007), Ne’matjon Axmatovich Samatov (2007-2009), Ravshanbek Amanullaevich Abdiraxmonov(2009-2012), Ne’matjon Axmatovich Samatov (2012-2016), yerkavoy Berdiboyev (2016 yildan h.v.)

Filialda ta’lim yo’nalishlari 22 ta ta’lim yo’nalishlari va 7 ta mutaxassislik, 7 ta sirtqi ta’lim yo’nalishlari  bo’yicha, jami 3960  nafar talaba tahsil olmoqda. Barcha ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarining Davlat ta’lim standartlari, o’quv rejalari, fan dasturlari mavjud.

        Oxirgi yillarda filial professor-o’qituvchilari tomonidan 15 ta darslik, 30 ta o’quv o’quv qo’llanmalar, 376 ta fandan o’quv-uslubiy majmualar hamda 70 dan ziyod o’quv – uslubiy qo’llanmalar chop etilgan. 
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech