Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialidagi boshlang‘ich tashkiloti o‘z safiga 3479 nafar talaba-yoshlarni birlashtirgan bo‘lib, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga binoan talaba-yoshlarni ijtimoiy himoyalash, ularning taklif va istaklarini o‘rganish, mustaqil hayotdagi ilk qadamlarida ko‘maklashish, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli, mazmunli tashkil etish hamda Yoshlar ittifoqi atrofida birlashtirish bilan birga, ularda komil inson fazilatlarini tarbiyalash, yoshlarning dunyoqarashini bunyodkor g‘oyalar bilan oziqlantirish, intellektual mulkka egalik tuyg‘usini shakllantirish, tashabbus va yangiliklarini qo‘llab-quvvatlash va talaba-yoshlarni Yoshlar ittifoqi atrofida birlashtirishdan iborat.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialidagi boshlang‘ich tashkiloti Kengashi 13 nafar a’zodan iborat bo‘lib, Kengash tarkibi
1.  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi BT Yoshlar yetakchisi 
2.  Yoshlar yetakchisining birinchi o‘rinbosari
3.  Faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi
4.  Tashabbus va yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishi yetakchisi
5.  Ta’lim jarayoni sifatini monitoring qilish yo‘nalishi yetakchisi
6.  Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi
7.  Yoshlar yetakchisining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari
8.  Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar turizmi yo‘nalishi yetakchisi
9.  Sport, salomatlik yo‘nalishi yetakchisi
10.  Ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyat cheklangan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi
11.  Tashkiliy-nazorat va kadrlar yo‘nalishi yetakchisi
12.   Matbuot kotibi,yoshlar media guruhi rahbari 
13.   Talabalar murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. 
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialidagi boshlang‘ich tashkiloti qoshida tashkil etilgan “Yosh jurnalistlar” to’garagi, “Vorislar” teatr jamoasi,“Zakovat”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Munozara” klublari samarali faoliyat olib bormoqda.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech