Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Bo‘lim boshlig‘i:
Asranov Abdurasul Xoshimjonovich
Qabul vaqti:
Dushanba – Payshanba (14:00-16:00 gacha)
Telefon: (0 37
4) 373-14-39
E-mail:
aasranov@andqxi.uz   axasranov@mail.ru

REJA-MOLIYA BO‘LIMINING MAQSADI:
Filialning moliya
viy faoliyatini rejalashtiradi va tashkil etadi;
Filialning har yilgi ish xaqi fonti loyihasini shakllantiradi va smeta xarajatlarini tarmoqlar bo‘yicha tuzadi;
Filialning tarmoqlari bo‘yicha xisobxona bilan birgalikda ajratilgan pul mablag‘larini va mehnat resurslarini to‘g‘ri va aniq maqsadlarga ishlatilishini
nazorat qiladi va ta’minlaydi;
Filialning reja-moliya ishlarini yuksaltirish chora tadbirlari belgilaydi;

REJA-MOLIYA BO‘LIMINING VAZIFALARI:

• bo‘limning ishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish, hamda doimiy ish rejaga muvofiq olib borish;
• bo‘lim boshlig‘i ish rejasida belgilangan vazifalarni hamda boshqa topshiriqlarni o‘z vaqtida, sifatli hamda zarur darajada bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib borish;
• o‘z ish faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining iqtisodiy sohasidagi hamda
Filial direktorining buyruqlari, ko‘rsatmalari asosida ish olib borish;
• bo‘limga yuklatilgan vazifalarni sifatsiz tayyorlash holatlariga yo‘l quygan hodimlarga nisbatan o‘rnatilgan tartibda intizomiy jazo choralari ko‘rish;
• muassasa rahbarining topshirig‘iga ko‘ra mablag‘larni sarflash bo‘yicha qaror, farmoyishlarni yekspertiza qilish va iqtisodiy tahlil o‘tkazish;
• byudjet va byudjet
dan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta loyihalarini tuzish va uni tasdiqlatish uchun vazirlikka taqdim yetish;
• statistik hisobotlari topshirilgandan so‘ng o‘quv yili boshiga talabalar sonidan kelib chiqqan holda professor-o‘qituvchilar tarkibini aniqlash.
• O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining hamda yuqori tashkilotlardan kelgan xat va topshiriqlarni belgilangan muddatdan kechiktirmasdan bajarish;
• yangi o‘quv yili uchun qabul qilinayotgan professor-o‘qituvchilar va hodimlar oylik maoshlarini yozib borish;
• shtat intizomini qatiy nazorat qilib borish;

 

HISOBXONA

 

 

Bo‘lim boshlig‘i:
Shodmonov Muhammadjon Jo’raevich
Qabul vaqti: Har kuni (14:00-15:00 gacha)
Telefon: (0 374) 373-12-74

 

Hisobxona bo’limining vazifalari:

 

·  O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga asosan buxgalteriya hisobini tashkil qilishni ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan samarali foydalanishni nazorat qilish;

·  Professor-o’qituvchi va xodimlar oylik ish haqlarini, talabalar stipendiyalarini o’z vaqtida hisoblashni va ularni tarqatilishini nazorat qilish;

·  Hisob varaqalarda aktivlarning holatini va harakatini, mulkiy huquqlar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi to’liq xamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;

·  Moddiy boyliklar va pul mablag’lari inventarizatsiyasini o’z vaqtida o’tkazish;

·  Samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;

·  Moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzish;

·  Mahalliy va respublika byudjetiga hisoblangan soliqlarni o’z muddatlarida o’tkazish;

·  Bankdan olingan pul mablag’larini maqsadli sarflash;

·  Debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari paydo bo’lishining oldini olish;

·  Ish haqi fondini tasdiqlangan shtat jadvallari va shtat formulyarlari asosida to’g’ri sarflanishini nazorat qilish;

·  Stipendiya fondini rektor tomonidan chiqarilgan buyruqlar asosida to’g’ri saflanishini nazorat qilish;

·  Tovar-moddiy boyliklarni belgilangan qoidalar asosida omborxonaga qabul qilish va chiqim qilishni nazorat qilish;

·  Byudjet va byudjetdan tashqari mablag’larni tasdiqlangan xarajatlar smetalari asosida xarajatlar moddalari bo’yicha sarflanishini nazorat qilish;

·  Pul mablag’lari, tovar-moddiy boyliklari va asosiy vositalar inventarizatsiyasini o’rnatilgan tartib asosida sifatli o’tkazilishini nazorat qilish;

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga, soliq inspektsiyasiga va boshqa tashkilotlarga oylik, choraklik va yillik hisobotlarni o’z muddatlarida topshirilishini nazorat qilish.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech