Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Etakchilik:

Ботиров Мирзохид Исмонҳўжавич

Foydalanuvchi bilan aloqa detallari:

Контактные данные Контактные данные

Maqsadlar, xususiyatlari:

Описание задач, функций
<br />
Описание задач, функций
<br />

Institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni o‘zaro hamkorlikda o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida maxsus tizim shakllantirilgan. Mazkur tizim jamoa a’zolari orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda “Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash” bo‘limi ijtimoiy gumanitar fanlar kafedralari, jamoat tashkilotlari va boshqa bo‘g‘inlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi imkonini bermoqda.
Institutda o‘quv yili uchun mo‘ljallangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejalari tuzilgan va izchil amalga oshirilmoqda. Shu reja asosida har bir fakultetning ma’naviy-ma’rifiy ish rejasi ishlab chiqilib tadbirlarning izchil ravishda amalga oshirilishi ham markaz tomonidan muvofiqlashtirib borilmoqda. Fakultetlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada yaxshilash maqsadida bosqich va guruh murabbiylari o‘z rejalariga asosan talabalarning darsga qatnashishlarini nazorat qilish, ularning intizomi, xulq-atvoridan, yashash va dam olish sharoitlaridan, bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazayotganidan doimo xabardor bo‘lib, tahlil qilib va ular bilan muntazam ravishda Vatan tuyg‘usi va istiqlolning mohiyati to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazib bormoqdalar.
Institutda 4 ta “Ma’naviyat va ma’rifat” xonalari faoliyatini davr talabi darajasida tashkil etish, ularni haqiqiy targ‘i-tashviqot shoxobchalariga aylantirish ustida muntazam ish olib borilmoqda.
Yurtboshimiz tashabbusi va hukumat qarorlariga muvofiq “Homiylar va shifokorlar yili”, “Ijtimoiy ximoya yili”, “Yoshlar yili”, “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, “Barkamol avlod yili”, “Kichik biznes va tadbirkorlik yili”, “Mustahkam oila yili”, “Obod turmush yili”, “Qariyalarni qadrlash yili”, “Sog‘lom ona va bola yili” davlat dasturlari qabul qilinganligi munosabati bilan institutda ham maxsus tadbirlar rejalari ishlab chiqilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamkli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech