Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Xalqaro aloqalar bo’limi institutda xorijiy mamlakatlarning oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari tajribalarini o’quv, ilmiy tadqiqot va tashkiliy ishlariga samarali qo’llanilishini muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi bo’limdir. Bo’lim institutda xalqaro aloqalarni rivojlantirishga, kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirish hamda o’quv-uslubiy va ilmiy tadqiqot ishlarida jahon tajribasidan samarali foydalanish maqsadida tashkil qilingan.

Bo’lim xalqaro aloqalarni kengaytirish borasida quyidagi vazifalarni bajaradi:

- Institut bilan xorijiy oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari o’rtasida o’rnatilayotgan aloqalarni shartnoma, memorandum, bayonnoma, kelishuv asosida yuqori tashkilotlarning qoidalariga muvofiq rasmiylashtirish va bajarilishini nazorat qilish;

- Institutga tashrif buyurayotgan xorijiy hamkor vakillari uchun yuqori tashkilotlarning qoidalariga muvofiq rasmiy ishlarni yuritish;

- Institutning professor – o’qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari (aspirant, doktorant), rahbar xodimlari va talabalari (magistrant, bakalavr)ni chet el xizmat safariga borishlari uchun hujjatlarini tayyorlashga ko’mak berish;

- Institut professor – o’qituvchilarini, ilmiy tadqiqotchilar (aspirant, doktorant)ni, rahbar xodimlarni va talabalar (magistrant, bakalavr)ni chet tillari kurslariga jalb qilish;

- Institut professor – o’qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari (aspirant, doktorant)ning ilmiy salohiyatini oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg’armasi va boshqa tashkilotlar tanlovlariga va xalqaro malaka oshirish kurslariga tavsiya qilish;

- Institutning fakultet va kafedralar bilan hamkorlikda xalqaro aloqalar ishlarining rejasini tayyorlash;

Har yili instituttimiz Yevropa Ittifoqining Tempus va Erasmus+ tanlovlarida Yevropa universitetlari bilan hamkorlikda dolzarb masalalarga qaratilgan loyihalar bilan ishtirok etmoqda.

Hozirgacha institutimiz ishtirokidagi Tempus DESPES, Tempus SESSAPE, Tempus EPASAT, Tempus SAMUz, Tempus INOCAST va Erasmus Mundus CANEM-2 loyihalari muvafaqqiyatli bajarildi.

Hozirda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi Capacity building yo’nalishida 4 ta MAGNET, PAWER, BUZNET, TOPAS loyihalari amalga oshirilmoqda.

Shu bilan bir vaqtda Erasmus+ dasturi doirasidagi Credit Mobility yo’nalishida Germaniyaning Waynshtefen-Trizdorf universiteti bilan hamda Bolgariyaning D.A.Tsenov nomli Svishtov Iqtisodiyot Akademiyasi bilan professor-o’qituvchilar, magistrantlar va talabalar almashinuvi loyihalari amalga oshirilmoqda. Germaniyaning Waynshtefen-Trizdorf universiteti bilan aloqalar yo’lga qo’yilgan bo’lib, xar yili universitetning «Agrar menejment» mutaxassisligi magistraturasida taxsil olish uchun tanlovlar o’tkazilib kelinmoqda. Tanlovlardan xar yili 3-4 nafar institutning bitiruvchilari muvafaqqiyatli o’tmoqdalar va Germaniyada o’qishlarini davom ettirmoqdalar.

Tempus va Erasmus+ loyihalarining bajarilish jarayonida institutning moddiy texnika bazasi yaxshilanmoqda. Masalan, Tempus EPASAT loyihasi ko’magida 14150 evro, Tempus SAMUz loyihasi ko’magida 21138 evro, Tempus INOCAST loyihasi ko’magida 18650 evro qiymatidagi kompyuterlar va boshqa anjomlar keltirilib, o’quv jarayonida qo’llanilmoqda. Erasmus+ dasturi doirasidagi MAGNET, PAWER loyihasi bo’yicha, 2018 yilda texnika jixozlari keltirilishi rejalashtirilgan. Jami Yevropa Ittifoqining shu loyihalari doirasida institutga 485400 evro miqdoridagi investitsiya o’zlashtiriladi.

Mazkur loyihalarning bajarilishi jarayonida faqatgina 2015 yilda 16 nafar, 2016 yilda 6 nafar, 2017 yilda 20 nafar institutning professor-o’qituvchilari Yevropa universitetlarida malaka oshirib qaytdilar.

Yevropa Ittifoqining KA107 Erasmus+ Credit Mobility dasturi bo’yicha Bolgariyaning D.A.TSenov nomli Iqtisodiyot Akademiyasi va Andijon qishloq xo’jalik instituti o’rtasidagi loyixa 2017 yili iyun oyidan boshlab moliyalashtirildi. Loyixada bir nafar talabaning 4 oylik o’qishi va bir nafar o’qituvchining 9 kunlik stajirovkasi Bolgariyada bo’lishi ko’zda tutilgan. SHu maqsaddi institut darajasida talabalar o’rtasida ochiq tanlov o’tkazilib, “Qishloq xo’jaligida menejment” fakultetining Iqtisodiyot yo’nalishi 4-67-gurux talabasi To’xtasinov Jaxongir Bolgariyaning D.A.Tsenov nomli Iqtisodiyot Akademiyasiga 2017 yil 30 sentyabrdan 2018 yil 30 yanvargacha 4 oy muddatga o’qishga jo’natildi.

Institut rektorining 2017 yil 10 noyabrdagi buyrug’iga asosan Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i lavozimiga “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti Baxodirjon Nosirov tayinlandi.

“Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti” kafedrasi dotsenti Baxodirjon Nosirov Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi Bolgariyaning D.A.TSenov nomidagi iqtisodiyot akademiyasi bilan tuzilgan Credit Mobility shartnomasiga asosan akademiya talabalari uchun 12 soatli ma’ruza va seminar mashg’ulotlari o’tib qaytdi.

Germaniya xalqaro xamkorlik tashkiloti ish rejasiga muvofiq, Yevropa Ittifoqining “O’zbekistonda qishloq xududlarini barqaror rivojlantirish” dasturini amalga oshirish yuzasidan xududda chorvachilik tajriba maydonini tashkil etish maqsadida, Italiyalik mutaxassis janob Flavio Forabosko 2017 yil 16 may kuni institutga tashrif buyurdi. Xozirda, institutning o’quv-tajriba xo’jaligi xududida, chorvachilik kompleksini loyihalashtirildi barpo etish ishlari olib borilmoqda. Institutda amaliy mashg’ulot xonasi hamda fermerlar uchun maslahat markazi (Extension service) tashkil etildi.

Institut bilan Rossiyaning Janubiy Ural davlat agrar universiteti o’rtasida tuzilgan shartnomaga asosan 2017 yil 7 iyun kuni “Agronomiya” va “O’simliklarni ximoya qilish va meva sabzavotchilik” fakultetlari 3-bosqich talabalari Oripov Sardor, Xasanov Nurbek va Toshboyev Muxammadibroxim 5 oylik amaliyot o’tash uchun Rossiyaning CHelyabinsk shahriga borib, Rossiyaning ROSIS dasturi bo’yicha 5 oylik ishlab chiqarish amaliyotini o’tab qaytdilar.

“Qishloq xo’jaligida menejment” kafedrasi katta o’qituvchisi Ziyoydin Israilov 2017 yil 15-17 may kunlari Qozog’iston Milliy agrar universitetida o’tkazilgan “Markaziy Osiyo mintaqasi oliy ta’lim muassasalarining Erasmus+ dasturi loyixalaridagi ishtiroki”ga bag’ishlangan xalqaro konferentsiyada ishtirok etib qaytdi.

“Botanika va agrobiotexnologiya” kafedrasi dotsenti Moxidil Baratova 2017 yilning 21 may-9 iyun kunlari Isroil davlatining SHfayim shahrida MASHAV loyihasi bo’yicha “Bog’dorchilik va uzumchilik soxasida innovatsion texnologiyalar” mavzusida o’tkazilgan xalqaro o’quv kursida ishtirok etib qaytdi.

Rossiya Federatsiyasi Janubiy Ural davlat agrar universiteti taklifiga binoan, 2017 yil 5-9 iyul kunlari O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi delegatsiyasi safida, institut rektori A.A.Abduvasiqov Janubiy Ural davlat agrar universitetiga CHelyabinsk shaxriga tashrif buyurdi. Tashrifning asosiy maqsadi Rossiya agrar universitetlari bilan institutni xamkorlik aloqalarini mustaxkamlashdan iborat edi. Tashrif davomida Janubiy Ural davlat agrar universitetiga O’zbekistonlik talabalarni qabul qilinishi va o’qishlarini tashkil etish masalalari xal qilindi.

SHuningdek, Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston davlat agrar universiteti bilan ham hamkorlik shartnoma yangilanib, unga asosan institutning 3 nafar xodimlari mazkur universitetga tashrif buyurdilar.

Institut bilan Germaniyaning Vaynshtefan-Trizdorf universiteti o’rtasida tuzilgan Erasmus+ KA107 Credit Mobility dasturi bo’yicha institutning 4 nafar o’qituvchilari: Xakimbek Baratov, Saidjamol Maxmudov, Ilxomjon Ergashov, Abduraxmon To’ychiyev Germaniyaning Vaynshtefan-Trizdorf universitetida 2017 yil 16-23 iyul kunlari tashkil etilgan seminarda ishtirok etib qaytdilar.

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyuldagi 87-03-1476 tartibli xatiga asosan institutning “Qishloq xo’jaligida buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi katta o’qituvchisi Karimova Gulbaxor Abdusattarovna Xindistonning ITEC dasturi tanlovlarida ishtirok etib, g’olib deb topildi va u 2017 yilning 4 sentyabr 13 oktyabr kunlari Xindiston tadbirkorlikni rivojlantirish institutitining “Kapital bozorlari va investitsiyalar” o’quv kurslarida ishtirok etib qaytdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 20 iyul va 4 avgustdagi 03/2-178-sonli topshiriqlari hamda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining 2017 yil 19 oktyabrdagi 69-sonli buyrug’i asosida vazirlikning ishchi guruxi tarkibida institut rektori A.Abduvasiqov 2017 yil 20 oktyabrdan 2 noyabrgacha AQSH ning Michigan va Oxayo shtatlaridagi universitetlarga tashrif buyurib, ilmiy tadqiqotlar, talaba va professor-o’qituvchilar almashish dasturini bajarish kabilarni ko’zda tutilgan Anglashuv Memorandumlari imzolandi.

Yevropa Ittifoqining Erasmus+ MAGNET loyixasi bo’yicha 2017 yil noyabr oyida Latviyaning madaniyat kollejida bo’lib o’tgan treningda institut o’quv-uslubiy bo’limi boshlig’i Erkaboy Berdiboyev, Akademik litseylar va kasb hunar kollejlari bilan ishlash bo’yicha prorektor Muxiddin Xojiboyev xamda Qishloq xo’jaligi energetikasi va umumtexnika fanlari kafedrasi assistenti Umidjon Qayumov ishtirok etib qaytdilar.

Germaniya xalqaro xamkorlik tashkiloti (GITS) Toshkent shahridagi vakolatxonasining Yevropa Ittifoqi “O’zbekistonda qishloq xududlarini barqaror rivojlantirish” dasturining xalqaro mutaxassisi Frantsiyalik professor ekspert Mishel Malet Andijon qishloq xo’jalik institutiga 2017 yil 23-24 noyabr kunlari tashrif buyurdi. Mishel Malet tomonidan institutning professor-o’qituvchilariga va viloyatning sabzavotchilik fermer xo’jaliklari boshliqlariga “Kartoshka saqlashning zamonaviy texnologiyalari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Avstriyaning Vena Tabiiy fanlar va tabiiy resurslar universiteti O’simlikshunoslik kafedrasi professori Yoxan Volman (JohannVollman) 2017 yil 1-2-dekabr kunlari institutga tashrif buyurdi. Tashrif davomida institut raxbariyati bilan muzokaralar, tegishli kafedralar professor-o’qituvchilari bilan hamda faol talabalar bilan master-klass va uchrashuv o’tkazildi.

Yevropa ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O’zbekistonda qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish” dasturi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Frantsiyaning Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat va qishloq hududlari rivojlanishi sohasida xalqaro agentligi (ADECIA), Italiya chorvadorlari uyushmasi (AIA) va Bolgariyaning Tadbirkorlik va rahbarlarni rivojlantirish bo’yicha markazi (CEED) tomonidan amalga oshiriladi.

Andijon qishloq xo’jalik institutida Germaniya xamkorlik tashkiloti (GIZ) hamda Italiya chorvadorlar assotsiatsiyasi (AIA) hamkorligida O’zbekistonning qishloq hududlarini rivojlantirish dasturi doirasida «Qoramollarni sun’iy urug’lantirish» mavzusida 2017 yil 29 noyabr-4 dekabr kunlari veterinariya sohasidagi amaliyotchi mutaxassislar uchun seminar-trening tashkil etildi.

2017 yil 29 noyabr kuni Italiya chorvadorlar assotsiatsiyasi (AIA) mutaxassislari Flavio Forabosco, Lamberto Morelli hamda Germaniya xamkorlik tashkiloti (GIZ) ning mahalliy vakili Sardor Alimjanov institutga tashrif buyurdilar. Mazkur seminar uchun maxsus tayyorlangan taqdimotlar nazariy ma’lumotlar, zamonaviy uslubiyotlar, diagrammalar, ko’rgazmali foto va video materiallar bilan boyitilgan.

Seminarda jami 20 nafar: Qashqadaryo viloyatidan 4 nafar, Namangan viloyatidan 2 nafar, Farg’ona viloyatidan 2 nafar, Andijon viloyatidan 10 nafar chorvachilik yo’nalishidagi fermer xo’jaliklari veterinarlari, shuningdek Andijon qishloq xo’jalik institutidan 2 nafar shu sohadagi o’qituvchilar qatnashdi. Seminar davomida zotdor qoramollar bilan amaliy mashg’ulotlar ham tashkil etish ko’zda tutilgan bo’lib, institut hududida maxsus joy va qoramollarni sun’iy urug’lantirish uchun ishlatiladigan anjomlar va laboratoriya kiyimlari tayyorlandi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda agrar sohani isloh qilish, qishloq xo’jaligi mahsulotlari, jumladan, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlashni yanada ko’paytirish, eksport hajmini oshirish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlar o’zining yuksak samaralarini bermoqda. Shundan kelib chiqib, 2017 yil 29 mart kuni Andijon qishloq xo’jalik institutida USAID (Amerika Qo’shma SHtatlar iqtisodiy rivojlantirish bilan xamkorlikda “Meva va sabzavotlar xamda qayta ishlangan maxsulotlarda O’zbekistonning eksport saloxiyati” mavzusida seminar-trening bo’lib o’tdi. Seminarda USAID ning O’zbekistondagi ofisi direktori – John Riordan janoblari, USAID ning O’zbekistondagi mintaqaviy maslaxatchisi - Ryder Rodjers janoblari xamda institut professor-o’qituvchilari, magistrlar va iqtidorli talabalar qatnashdilar.

AQSHning USAID fondi va DAI tashkiloti ko’magida meva sabzavotlarni saqlashni o’rganish uchun 40 tonnali muzlatkich qurish, maxsus amaliyot xonasini jihozlash, 0.5 gektar intensiv bog’ tashkil etish, ekspertlar bilan seminar o’tkazish kabilarni nazarda tutilgan hamkorlik shartnomasi imzolanib, amaliy ishlar boshlandi.

Andijon qishloq xo’jalik institutiga 2017 yil 22 noyabr kuni talabalarning horijiy tajribalarni o’rganish, qishloq xo’jaligi rivojlangan Germaniyada fermer xo’jaliklarida amaliyot o’tashlarini tashkil etishga ixtisoslashgan PRAXX dasturi vakillari Irmgard Rennemeier, Faxriddin Saidov, tashkilotning Toshkentdagi vakolatxonasi hodimi Azamat CHoriyev muzokaralar uchun tashrif buyurdilar. PRAXX o’quv amaliyot tashkillashtirish uchun amaliyotchining mutaxassisligiga ko’ra ishlab chiqarish korxonalarini tanlaydi. O’quv amaliyotining boshlanish vaqti va muddati o’quv yurti bilan kelishilgan holda tashkillashtiriladi. Amaliyotchilarni saralash imtihonlari doimiy o’tkazib boriladi. Saralash imtihonlari tartibi o’quv yurtlari bilan kelishilgan holda olib boriladi. Amaliyot uchun faqat nemis va ingliz tilida yaxshi gaplasha oladigan talabalar saralash imtihonlari orqali tanlab olinadi. Saralash imtihonlari faqat PRAXX xodimlari tomonidan imtihon va suhbat (online Skype) orqali olib boriladi. Saralash imtihonlari o’quv yurti binosida, o’quv yurti xalqaro aloqalar bo’limi ishtirokida olib boriladi. Shundan so’ng institut rektori mazkur PRAXX dasturi bo’yicha talabalar amaliyoti bizning manfaatlarimizga mos kelishi va yuqori tashkilotimiz bo’lgan O’zbekiston Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi ruxsat berishi bilan shartnoma imzolashimizni mehmonlarga bildirdi.

Institutning xalqaro hamkor tashkilotlari safi tobora kengayib bormoqda. Yuqorida qayd etilganlardan tashqari K.A.Timiryazev nomli Rossiya davlat agrar universiteti; Rossiyaning Boshqirdiston davlat agrar universiteti; Rossiyaning Chelyabinsk davlat agrar universiteti; Bolgariyaning Plovdiv agrar universiteti; Slovakiyaning Nitra agrar universiteti; Polshaning Krakow agrar universiteti; Latviyaning Riga ISMA universiteti; Gretsiyaning Tessaloniki Aristotel universiteti; Ispaniyaning Las Palmas de Gran Kanariya universiteti; Vengriyaning Segeda universiteti; Buyuk Britaniyaning Rittl universiteti; Ukrainaning Nikolaev milliy agrar universiteti; Belarusning sabzavotchilik instituti; Qirg’iziston milliy agrar universiteti kabilar bilan anglashuv memorandumlari va hamkorlik shartnomalari imzolanib, amaliy ishlar boshlanmoqda

Bulgaria Nosirov.jpg

MAGNEt Baliqchi.jpg

Trizdoprf.jpg

xab1.jpg

«Xalqaro aloqalar» bo’limi boshlig’i A.Xakimov TEMPUS-EPASAT loyixasi yakuniy yig’ilishida (Qozog’iston, Burabay)

xab2.jpg

«Qishloq xo’jaligida menejment» kafedrasi katta o’qituvchisi Z.Isroilov va «Iqtisodiyot» ta’lim yo’nalishi talabasi I.Qodirovlar Ispaniyaning Las Palmas De Gran Kanariya Universitetida (CANEM 2 loyixasi).

xab3.jpg

Z.Jumaboyev va B.Nosirovlar TEMPUS-SAMUz loyixasining birinchi yig’ilishida (Germaniya, Gissen).

xab4.jpg

Writtle college professori Henry Matthews Andijon qishloq xo’jalik institutida

xab5.jpg

Writtle college professori Henry Matthews Andijon qishloq xo’jalik instituti kafedra o’qituvchilari bilan.

xab6.jpg

«Agronomiya» fakulteti dekani K.Komilov, Latviya Qishloq xo’jalik universitetida.

xab7.jpg

«Agronomiya» fakulteti dekani K.Komilov va «O’simliklar ximoyasi va meva sabzavotchilik» fakulteti dekani Z.Bo’stonovlar Latviya Qishloq xo’jalik universitetida.

xab8.jpg

Axborot texnologiyalari markazi boshligi G’.Parpiyev Las Palmas De Gran Kanariya Universitetida

ahror.jpg

Qishloq xo'jalik iqtisidoyoti kafedrasi assistenti Abdumo'minov Ahrorbek Balear Universitetida

ahror2.jpg

Qishloq xo'jalik iqtisidoyoti kafedrasi assistenti Abdumo'minov Ahrorbek Las Palmas de Gran Canaria Universiteti laboratoriyasida

ahror1.jpg

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech