Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Maqsadlar, xususiyatlari:

BO‘LIMNING MAQSAD VA VAZIFALARI

Institutda Vatan va Davlat manfaatlariga xizmat qiluvchi, intellektual salohiyatga ega, barkamol avlodni shakllantirish borasida olib borilayotgan barcha faoliyatlarni muvofiqlashtirish, yo‘naltirish hamda uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar mazmunini talabalar va professor-o‘qituvchilar ongiga etkazishni amalga oshirish;

Mustaqil dunyoqarshga ega bo‘lgan, ajdodlarimizning buyuk tarixiy merosi va hozirgi zamon tafakkuri asosida yashaydigan, vatanparvar, insonparvar, milliy o‘zligini anglaydigan, milliy g‘urur va o‘z millatiga sadoqatli bo‘lishni eng yuksak burch deb biladigan, odamlarda iymon, mehr-shavqat, poklik va halolik kabi fazilatlarni qadrlay oladigan va ularga hayotda amal qiladigan, ota-onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat, bag‘ri keng, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni amalda ajrata oladigan shaxsni shakllantirishga ko‘maklashish;

Vatan mustaqilligiga tahdid soladigan ekstremistik oqimlar, har xil buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish va rivojlantirish, bu borada psixologik texnologiyalarga asoslangan tizimni yaratish va takomillashtirish tadbirlarini olib borish;

Talabalarning ma’naviy-ahloqiy saviyasi va madaniy ehtiyojlarini aniqlash maqsadida davriy ravishda sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish va monitoring olib borish;

Huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;

Talabalarning siyosiy madaniyati, dunyoqarashi, ma’naviyati, siyosiy etukligi, axloqiy barkamolligi va ijtimoiy faolligini shakllantirish, ularni Vatanga, xalq va millatga yuksak mehr-muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga nisbatan ehtirom ruhida tarbiyalash, erkin, mustaqil, ijodiy fikrlaydigan komil inson etib tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy Dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

Talabalar turar joylarida va ijarada yashovchi talabalar bilan institut rahbarlarining amaliy uchrashuvlarini tashkil qilish, Talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-ijodiy mavzulardagi davra suhbatlari, uchrashuvlar, bayram kechalari tashkil qilish va o‘tkazish;

Institut talaba-yoshlarining qiziqishlaridan kelib chiqib, turli yo‘nalishdagi badiiy-ijodiy to‘garaklar, badiiy san’at va teatr jamoalari tuzish hamda ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

Respublika, viloyat va shahar miqyosida o‘tkaziladigan turli ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarda professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning faol ishtirokini ta’minlash;

Institut miqyosida turli ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy, badiiy-ijodiy, sport-sog‘lomlashtirish mavzularida konkurslar, festivallar, ko‘rik-tanlov va musobaqalar tashkil qilish;

Institutda ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalariga oid boshqa vazifalarni bajarish.

BO‘LIMNING HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI

Bo‘lim o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

- Ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektor bilan kelishilgan holda fakultet dekanlari, dekan muovinlari va professor-o‘qituvchilarni ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy tadbirlarga bevosita jalb qilish;

- institut Kengashida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar hamda ma’lumotlarni institutning fakultetlari, kafedralari, boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so‘rash;

- institut tarkibiy bo‘linmalari, fakultetlari, kafedralari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;

- zarurat bo‘lganda, institutdagi ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlariga doir masalalarni ishlab chiqish va o‘rganish uchun tegishli fakultetlar, kafedralar va tarkibiy bo‘linmalarning vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, ayrim masalalar bo‘yicha ishchi guruhlar va maxsus komissiyalar tashkil etish.

- institut tasarrufidagi fakultet va kafedralarda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning holatini o‘rganish natijalari yuzasidan institut Kengashiga axborotlar taqdim etish;

- institutda ta’lim olayotgan kam ta’minlangan, moddiy va ma’naviy yordamga muhtoj talaba-yoshlarga hamda Bo‘lim qoshidagi sho‘‘balarning faol a’zolariga moddiy yordam va rag‘batlantirish ko‘rsatish bo‘yicha takliflar berish;

- ma’naviy-ma’rifiy masalalar yuzasidan fakultet dekanlarining ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari muovinlariga bevosita ko‘rsatma va topshiriqlar berish.

Bo‘lim institut Kengashi qarorlari va rektor buyruqlari, ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektor topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishga mas’ul hisoblanadi.

BO‘LIMNING TASHKILIY TUZILMASI

Bo‘lim tashkiliy tuzilmasiga bo‘lim boshlig‘i va uslubchilar kiradi.

Bo‘lim tuzilmasi institut bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Bo‘lim ishlariga bo‘lim boshlig‘i rahbarlik qiladi.

BO‘LIM FAOLIYATINI TASHKIL ETISH

Bo‘lim ishlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, institut rektori, ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektor topshiriqlariga muvofiq, shuningdek institutning tegishli ish rejalari, bo‘lim ish rejalari, boshliq va uslubchining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.

Bo‘limning O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’at qarorlari, buyruqlari, institut Kengashi qarorlari va rektor buyruqlari, topshiriqlari, ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektorning topshiriqlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati tegishli ish rejalarga muvofiq kompleks o‘rganishlarni o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek institut Kengashi va rektor rahbarligida o‘tkaziladigan majlislarda hisobotlarni eshitish orqali tashkil etiladi.

      Bo‘lim boshlig‘i:

- bo‘limga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, uslubchilar ishlarini tashkil qiladi hamda bo‘limga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

- institutning ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlariga oid institut Kengashi qarori va rektor buyruqlari loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;

- institutning ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlariga oid o‘tkaziladigan majlislari, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarida qatnashadi;

- bo‘lim uslubchilarining ish rejalarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;

- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, institut Kengashining ushbu sohaga oid ta’lim va kadrlar tayyorlash bo‘yicha qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

- institut rektorining tegishli buyruqlarini amalga oshirish monitoringini olib boradi hamda topshiriqlarni bajarilishi to‘g‘risida axborotlarni prorektorga taqdim etadi;

- institut professor-o‘qituvchilarini ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlariga jalb etishni tashkillashtiradi;

- institutning ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlariga oid boshqa masalalarni hal etishda qatnashadi.

Bo‘lim uslubchilari:

- institut rektori, ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektor va bo‘lim boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha qabul qilgan xujjatlarini institut jamoasiga o‘z vaqtida etkazish va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlash;

- huquqiy tarbiyani amalga oshirish va huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda ishlash;

- talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil qilish;

- konkurslar, festivallar, badiiy xavaskorlik to‘garaklari, ko‘riklar va spartakiadalar, olimpiadalarni muntazam o‘tkazishni tashkil etishda ko‘maklashish;

- institut iqtidorli talabalari bilan ishlash, ularning turli tanlovlarda faol ishtirok etishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda amaliy ko‘mak va yordam ko‘rsatish;

- institut rektori, ma’naviy-ahloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektor va bo‘lim boshlig‘i topshiriqlarining tegishli fakultet va kafedralarda bajarilishini nazorat qiladi;

- vazifalar taqsimotiga muvofiq bo‘limda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlar o‘tishini nazorat qiladi, hujjatlar yig‘majildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa vazifalarni bajaradi.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech