Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Abituriyent o‘qishga kirishdan oldin ta‘lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:

  • ta‘lim yo‘nalishi, o‘qitish tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta‘lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma‘lumoti yo‘qligi hamda test sinovlarini o‘tkazish qoidalari va javoblar varag‘ini to‘g‘ri to‘ldirish bilan tanishganligi ko‘rsatiladi);
  • o‘rta yoki o‘rta maxsus ma‘lumot haqidagi hujjatning aslini;
  • 086/U-shakldagi tibbiy ma‘lumotnomani;
  • pasporti nusxasini;
  • 3,5x4,5 sm (pasportdagi kabi) hajmdagi 6 ta fotosuratni;
  • xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblariga o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning aslini;
Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar tegishli tavsiyanomani ta‘lim muassasasi qabul komissiyasiga 20 iyulgacha taqdim etadilar, undan keyin topshirilgan tavsiyanoma qabul qilinmaydi.

Maxsus sirtqi bo‘limlarga o‘rta maxsus ma‘lumotga va tegishli ta‘lim turi bo‘yicha kamida uch yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar, jumladan bolalar sporti murabbiylaridan hujjatlar qabul qilinadi.
Maxsus sirtqi bo‘limlarga kiruvchilardan mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirmasi talab etiladi.
Abituriyent qabul komissiyasiga pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjatini shaxsan ko‘rsatadi.
Abituriyent hujjatlarining to‘liqligi tekshirilgandan so‘ng web kamera orqali suratga tushiriladi va hujjatlari qabul qilinadi. Suratga tushirish uchun alohida burchak yoki xonalar tashkil etiladi. Ushbu surat abituriyentlar bazasiga kiritiladi va DTMga yuboriladi.
Suratga tushmagan abituriyentning hujjatlari qabul qilinmaydi.
Abituriyentlar tomonidan qayd etilgan talablar bajarilganda ularning hujjatlarini qabul qilish rad etilmaydi.
Abituriyentga hujjatlari qabul qilinganligi to‘g‘risida tilxat beriladi.
Abituriyentlar ikkinchi va undan keyingi oliy ma‘lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar (“Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonun, 14-modda).
Abituriyent 26 iyuldan qabul komissiyasi tomonidan e‘lon qilingan binolar va auditoriyalarning reja-chizmalarini diqqat bilan o‘rganib, test topshiradigan binoning qayerda joylashganligi, auditoriyaning tartib raqami va qaysi qavatda ekanligini bilib oladi.
Abituriyentlar guruh tartib raqami (auditoriya tartib raqami bilan mos) ko‘rsatilgan ruxsatnomani 27 iyuldan boshlab ta‘lim muassasasi qabul komissiyasidan oladi.
Kunduzgi, maxsus sirtqi ta‘lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari, Qabul to‘g‘risidagi nizomga asosan 3 tilda, o‘zbek, qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston respublikasida) va rus tillarida, O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida 10* iyulь va 1 avgust kuni bir vaqtda o‘tkaziladi (*bilan ko‘rsatilgan sana harbiy oliy ta‘lim muassasalariga tegishli).
Test sinovlari o‘tkaziladigan kuni abituriyentlarni binoga kiritish soat 7.30 da boshlanadi. Abituriyent binoga kirishda ruxsatnoma va pasportini shaxsan ko‘rsatadi. Soat 8.00 dan boshlab abituriyentlar o‘z guruhlari raqamiga mos raqamlangan auditoriyaga kiradilar.
Qabul komissiyasi test sinovlari o‘tkaziladigan binoga abituriyentlar tomonidan mikrokalьkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, aloqa vositalari, shpargalka va shu kabilarini olib kirish harakatini aniqlagan xolda abituriyentning ruxsatnomasi olib qo‘yiladi, dalolatnoma yoziladi (ixtiyoriy shaklda) unga OTM qabul komissiya a‘zosi imzo qo‘yadi. Abituriyent test sinovlariga qo‘yilmaydi.
Test jarayoni boshlangandan so‘ng (8.30 dan keyin) abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi.
Test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari o‘tkazilmaydi.
Abituriyent test sinovlarini ta‘lim muassasasida o‘qiydigan tilda va yozuvda (kirill, lotin) topshiradi.

Test kodi(*)

Tanlov kodi, ta’lim yo’nalishi nomi

Test sinovi o’tkaziladigan fanlar majmuasi

Ball

X001

5430100-Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalashtirish

Matematika (informatika bilan)

3,1

5430200-Qishloq xo’jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish

5450200-Suv xo’jaligi va meliorasiya

Fizika

2,1

5410800-O’rmonchilik va o’rmon melioratsiyasi

5450400-Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish

Ona tili va adabiyoti

1,1

5111020-Kasbiy ta’lim (Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash)

5111033-Kasbiy ta’lim (Suv xo’jaligi va melioratsiya)

X004

5410300-O’simliklar himoyasi va karantini

Kimyo

3,1

5410500-Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi

Biologiya

2,1

Ona tili va adabiyoti

1,1

X005

5410200-Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo’yicha)

Biologiya

3,1

5410400-Qishloq xo’jaligi ekinlari seleksiyasi va urug’chiligi

Kimyo

2,1

5411000-Meva-sabzavotchilik va uzumchilik

Ona tili va adabiyoti

1,1

5411100-Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

5111005-Kasbiy ta’lim (Agronomiya)

X016

5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)

Matematika (informatika bilan)

3,1

5230900-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo’yicha)

Chet tili

2,1

Ona tili va adabiyoti

1,1

X017

5420100-Qishloq xo’jaligida menejment

Matematika (informatika bilan)

3,1

Biologiya

2,1

Ona tili va adabiyoti

1,1

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech