Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

“DEHQONCHILIK VA MELIORATSIYA” KAFEDRASI

       « Dehqonchilik va melioratsiya » kafedrasi 2018 yil 8 maydagi 3704-sonli Prezident qaroriga asosan Andijon qishloq xo’jalik instituti negizida Toshkent davlat agrar universiteting Andijon filiali tashkil etilib, «Dehqonchilik va melioratsiya» kafedrasi Agrobiologiya fakulteti tarkibida faoliyat yuritib kelmoqda.

KAFEDRA MUDIRI

DEHQONCHILIK VA MELIORATSIYA (2).jpg

Dehqonchilik va melioratsiya kafedrasi mudiri,

Bilogiya fanlari nomzodi–

Botirov Artig’ali Abdulxayevich.

KAFEDRA TARKIBI

Kafedra tarkibi 19 nafar professor-o’qituvchilardan iborat bo’lib, 1 nafar fan doktori professori, 1 nafar fan nomzodi professor vazifasini bajaruvchi, 4 nafar fan nomzodlari dotsentlari, 2 nafar katta o’qituvchi hamda 11 nafar assistentlar faoliyat ko’rsatadi. Professor SH.Nurmatov, professor vazifasini bajaruvchi ye.Berdiboyev, Dotsentlar A.Botirov, K.Komilov, I.Xoshimov, G.Urunboyeva, katta o’qituvchilar M.Atajanov, A.Jo’raev hamda assitentlar X.Abdumutalipova, SH.Teshabaev, Q.Ashurov, X.Mo’ydinov, F.Asatillaev, D.Komilova, X.Jo’raeva, N.Xadjaeva, D.Janibekov, I.Adashev, G.Parpiyeva

KAFEDRANING ILMIY

SALOXIYATI

DEHQONCHILIK VA MELIORATSIYA (3).jpg

Kafedrada ilmiy darajali o’qituvchilar 42.2 % ni, yosh o’qituvchilarmiz 57,8 %  ni tashkil qiladi 

KAFEDRADA O’TILADIGAN FANLAR

Fanningnomi

Ta’limyo’nalishi, mutaxas-sislik.

Dexqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan

AGR, KT(Agr), MSU, , O’XQ,

Melioratsi va Dexqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan

QXESU

Sug’oriladigan dexqonchilik va melioratsiya

Menejment

Dexqonchilik va melioratsiya

QXMS, Dorivor, 

Tuproqshunoslik va dehqonchilik

SXM

Ekinlarni sug’orish va sug’orish tizimlaridan foydalanish

AGR, KT(AGR)

Mintaqaviy dehqonchilik tizimlari

AGR, KT(AGR)

Lalmikor dexqonchilik

AGR

Melioratsiya va yer tuzish

AGR, KT(Agr), MSU


“Dehqonchilik va melioratsiya”  kafedrasida 9 ta fanlar o’qitib kelinmokda,  shundan bakalavr bo’yicha 9 ta ta’lim yo’nalishilarida: “Agronomiya”, “O’simliklar ximoyasi va karantin”, “Qishloq xo’jalik maxsulotlari yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi”, “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash”, “Suv xo’jaligi va melioratsiyasi”, “Kasbiy ta’lim (Agronomiya)”, “Qishloq xo’jaligida menejment”,”Meva sabzavot va uzumchilik”, “Qishloq xo’jaligi ekinlari selektsiyasi va urug’chiligi” bo’yicha ma’ruza va amaliy, tajriba mashg’ulot darslari xozirgi yangi pedagogik va axborot  texnologiyalari asosida o’qitilmoqda.

Kafedrada 2 ta yangi pedagogik  va axborot texnologiyalari  bo’yicha ma’ruza o’tish uchun mo’ljallangan va jixozlangan  ma’ruzalar xonasi,   3 ta  laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar  o’tish uchun  mo’ljallangan va jixozlangan  laboratoriya xonalari mavjud. Bulardan tashqari  «Kompyuter xonasi» va  “Ma’naviyat va ma’rifat” xonalaridan foydalanilmoqda.

 

Kafedraning ma’naviy - ma’rifiy va tarbiyaviy ishlari institutimiz va fakultet dekanati tomonidan tasdiqlangan reja asosida olib boriladi.

Agrobiologiya fakulteti, Agronomiya  ta’lim yo’nalishi, 4-bosqich,
12-guruxiga X.Mo’ydinov, 2-bosqich, 12-guruxiga D.Komilova, 2-bosqich,
14-guruxiga I.Adashev 1-bosqich, 13 guruxiga Q.Ashurov hamda Qishloq xo’jalik ekinlari selektsiyasi va urug’chiligi ta’lim yo’nalishi 3-16 guruxiga X.Jo’raeva gurux murabbiylari sifatida faoliyat ko’rsatmoqdalar.

DEHQONCHILIK VA MELIORATSIYA (4).jpg

Dehqonchilik va melioratsiya kafedrasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim soxasiga oid 3151, 2909, 3003,  5121-sonli qarorlari mavjud bo’lib, ushbu qarorlar asosida ishlar olib borilmoqda. Kafedrada 3151-sonli qaror asosida yo’l xaritalari ishlab chiqilgan.


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech