Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Etakchilik:

Xayrulla Tursunov q.x.f.f.d. (PhD)

1964 yili Agronomiya fakulteti tarkibida paxtachilik kafedrasi tashkil etilgan

Paxtachilik kafedrasidan birin-ketin o’simlikshunoslik, agrokimyo, tuproqshunoslik, umumiy dexqonchilik, botanika kabi kafedralar mustaqil kafedralar bo’lib ajralib chiqqan. Kafedraning nomi esa o’zgarmay qolgan. Kafedrada uzoq yillar davomida dotsentlar S.Qodirov, M.To’xsinov, R.Akbaev, T.Jalolov faoliyat ko’rsatgan.

2005-2012 yillarda Paxtachilik va O’simlikshunoslik kafedrasi birlashib “O’simlikshunoslik” nomi bilan atala boshladi. SHu davrgacha mustaqil kafedra bo’lib kelgan O’simlikshunoslik kafedrasining mudirlari bo’lib YU.Z.Qodirov (1967-1976), A.Alibekov (1976-1980), M.Mannopova (1980-1990), O.Mirzaev (1990-2004), O.YAqubjonov (2004-2008), Z.Bo’stonov (2008-2012) J.To’ychiyev (2012) ishlaganlar.

Kafedraning O’simlikshunoslik bo’limida dotsentlar YU.Z.Qodirov, A.A.Kan, L.P.Trushkina, O.F.Mirzaev, q/x.f.n. Z.Jumaboyev., Z.Bo’stonov, J.To’ychiyev va assistentlar E.Asranov., O.Qodirov., K.Xamdamov., I.Iminov, I.Jo’raevlar faoliyat ko’rsatganlar.

Bulardan dotsent Z.M.Jumaboyev uzoq yillar Agronomiya fakultetiga dekan, o’quv ishlari bo’yicha prorektor va rektor lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan, 2016-2018 yillarda kafedra mudiri lavozimida ishlagan. Hozirgi kunda kafedrani q.x.f.f.d. (PhD) X.Tursunov boshqarib kelmoqda.

Kafedrada “Ekinlardan oldindan programmalashtirilgan xosil olish” va “Kuzgi bug’doydan ekinboplik sifatlari va xosildorligi yuqori urug’ xosili yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish” va boshqa mavzular bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari bajarildi.

2002-2004 yillar davomida dotsent O.Mirzaev raxbarligida shu yo’nalishda AQSH ning RL-480 granti bo’yicha 90 ming AQSH dollari miqdorida ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi.

2016 yildan kafedraga “O’simlikshunoslik” nomi berildi. Hozirda kafedraning bir nafar fan doktori, professor, 4 nafar dotsent, 2 nafar katta o’qituvchi va 10 nafar assistent o’qituvchilari talaba yoshlarga ta’lim bermoqdalar.

SHu bilan birga kafedra assistenti N.Mamadjonova 2018 yilning 11-25 aprel kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Taian shaxri SHandong proventsiyasida tashkil etilgan “Mevali daraxtlar ekish texnikasi” mavzusidagi seminar-treningidagi ishtiroki etib qaytdi.

Rossiya Federatsiyasining qishloq xo’jaligi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash va ularning tajribasini O’zbekistonning qishloq xo’jaligi oliy ta’lim muassasalarida joriy etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari Z.T.Mirzaev tomonidan 12.04.2018 y. tasdiqlangan 03/1-1168 sonli dasturga asosan kafedra katta o’qituvchisi I.Usmonov Rossiya Federatsiyasiga 13-19 aprel kunlari tashrif buyurdi.

Bundan tashqari 2017 yil noyabr-dekbar oylarida “O’simlikshunoslik” kafedrasi professor-o’qituvchilarini YUNESKO va Xandong Global Universitetining UNESCO UNITWIN dasturi barcha uchun ochiq bo’lgan, mustaqil ta’lim olishga mo’ljallangan platformani yaratish ustida ishlab kelmoqda. Ushbu dasturda ishtirok etib, uning rivojiga xissa qo’shgan OTM o’qituvchilari dasturning beg’araz grantiga sazovor bo’ladilar. Ma’lumki, O’zbekistonlik OTM o’qituvchilari xam bir necha yillardan buyon ushbu dasturda ishtirok etib kelmoqdalar.

Hozirgi kunda kafedra assistentlari I.Tursunov, M.Djo’raev va N.Mamajonovalar doktorlik dissertatsiyalarini yakunlab himoya qilish arafasida.

Kafedra professor-o’qituvchilari inistitutning barcha yo’nalishlarida nazariy va amaliy-tajriba mashg’ulotlarini olib bormoqdalar.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan shu yo’nalishda yozilgan 20 ga yaqin darslik va o’quv qo’llanmalar mamlakatimizdagi oliy o’quv yurtlarida foydalanib kelinmoqda:

Kafedrada talabalarning o’quv amaliyotiga katta etibor beriladi. Ular viloyat qishloq xo’jalik boshqarmasida, Inistitutning o’quv tajriba xo’jaligida, viloyat o’simliklarni ximoya qilish otryadlarida, fermer xo’jaliklarida amaliyotlarini o’tkazadilar.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech