Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

AGRONOMIYA FAKULTETI

Agronomiya fakul’teti 1964 yilda tashkil topgan bo’lib, dastlab unda keng profilli olim-agronomlar tayyorlangan. Keyinchalik 1981 yilda “O’simliklarni himoya qilish” ta’lim yo’nalishi tashkil etildi. Mustaqillik yillarida fakultetda kadrlar tayyorlash ko’lami kengayib 1994 yilda “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik”, “Ipakchilik”, 2001 yilda “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi”, 2003 yilda “Ekologiya va tabiatdan foydalanish”, 2008 yilda “Kasb ta’limi”, 2011 yilda “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik”, “Qishloq xo’jalik ekinlari selektsiyasi va urug’chiligi”, 2015 yilda “O’rmonchilik va axoli yashash joylarini ko’kalamzorlashtirish”, “Dorivor o’simliklar yetishtirish texnologiyasi” ta’lim yo’nalishlari tashkil etildi.

Agronomiya fakultetiga 1964 yilda 70 nafar talabalar o’qishga qabul qilinib, o’sha davrda fakultet tasarrufida 2 ta kafedra faoliyat olib bordi.

Qodirov YU.Z. (1964-1969),
Mamadaliyev A.X. (1969-1972),
Karimov T.K. (1972),
Kan A.A. (1972-1980),
Obidov U.O. (1980-1986),
Jalolov T.J. (1986-1989),
Oqboyev R.O. (1989-1993),
Ochilov e.O. (1993-1998, 2005-2007),
Jumaboyev Z.M. (1998-2005),
To’ychiyev J.SH.(2007-2012),
Bo’stonov Z.T. (2012-2013). lar raxbarlik qilib keldilar.

Xozirgi kunda fakultetga qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent K.Komilov rahbarlik qilib kelmoqda.

agr1.jpg

KOMILOV KOMILJON SOBIROVICH

Fakultet dekani

agr2.jpg

ATAJONOV MUROTJON MAXAMMADJONOVICH

Fakultet o’quv ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari

agr3.jpg

JO’RAEV AKMALJON NORMUXAMADOVICH

Fakultet o’quv ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari

agr4.jpg

G’ANIYEV DONIYORBEK G’OFUROVICH

Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari

agr5.jpg

MIRXOMIDOVA NODIRAXON AZIMJONOVNA

Fakultet xotinqizlar kengashi raisi

agr6.jpg

TUSUNBAEV SHERZOD JALOLDIN O’G’LI

Fakultet Kamolot YOIXTB yetakchisi

agr7.jpg

XATAMOV RAXIMJON IBROXIMJON O’G’LI

Fakultet talabalar kengashi raisi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2015-yil 3 noyabrdagi “Qishloq va suv xo’jaligi tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori kadrlar bilan taminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi 311 sonli qaroriga asosan fakul’tetda bugungi kunda 5 ta ta’lim yo’nalishlarida jami 728 nafar talabalar taxsil olmoqda.

agr8.jpg

Ta’lim yo’nalishlar:

- Agronomiya,

- Kasb ta’lim,

- Qishloq xo’jalik ekinlari selektsiyasi va urug’chiligi,

- O’rmon xo’jaligi va axoli yashash joylarini ko’kalamzorlashtirish,

- Dorivor o’simliklarni yetishtirish texnologiyasi

agr9.jpg

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 3 noyabrdagi 311-sonli qaroriga asosan bugungi kunda Agronomiya fakulteti tasarrufida 4 ta mutahassislik kafedralar faoliyat olib bormoqda.

Hozirgi kunda fakultetda 57 nafar professor-o’qituvchilar, jumladan 1 nafar fan doktori, professorlar, 15 nafar fan nomzodlari dotsentlar, 8 nafar katta o’qituvchilar, 33 nafar assistentlar talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy, o’quv-uslubiy ishlarni olib bormoqdalar.

Fakultet tasarufidagi kafedralar:

- Agrokimyo va tuproqshunoslik

- O’simlikshunoslik

- Genetika, qishloq xo’jaligi ekinlari selektsiyasi va urug’chiligi

- O’zbek tili, pedagogika va psixologiya

agr10.jpg


Fakul’tet professor-o’qituvchilari Toshkent Davlat Agrar Universiteti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, Samarqand qishloq xo’jalik instituti, G’o’za selektsiyasi, urug’chiligi va parvarishlash agrotexnologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, O’simlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti, Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatib, bugungi kunda “Qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish agrotexnologiyalarni ishlab chiqish” hamda “Farg’ona vodiysi sharoitida rayonlashtirish uchun ertapishar serhosil va yuqori sifatli tola beradigan g’o’za navlarini yaratish” mavzularida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar.

agr11.jpg

Jumladan, “Genetika, qishloq xo’jalik ekinlari selektsiyasi va urug’chiligi” kafedrasi olimlari tomonidan yaratilgan g’o’zaning “AQXI-1” navi urug’ini ko’paytirish ishlari amalga oshirlmoqda. Bundan tashqari “Durdona” g’o’za navi “Respublika qishloq xo’jalik ekinlari Davlat nav sinovi” markazida sinovdan o’tkazilmoqda.

agr12.jpg
Fakultet talabalarning ilmiy-tadqiqotlar olib borishlari uchun yetarli sharoitlar yaratilgan bo’lib, bugungi kunda fakultetning iqtidorli talabalaridan N.Teshaboyev (2011), S.YUnusov (2012), M.Teshaboyeva (2013), M.Zaynobiddinov (2014), G.Turg’unova (2015) lar O’zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan “Beruniy” nomidagi Davlat stipendiyasi g’olibi bo’ldilar.

agr13.jpg
Fakultet o’quv-uslubiy Kengashi tomonidan ta’lim jarayoniga yangi texnologiyalarni tadbiq etish, yangi zamon darsliklarini yaratish bo’yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Jumladan, fakultetda so’nggi 5 yil davomida “O’simlikshunoslik va paxtachilik” kafedrasi professori O.YAkubjonov va dotsent S.Tursunovlar tomonidan “O’simlikshunoslik”, “Donchilik”, “Dala ekinlari mahsulotlarini yetishtirish texnologiyasi”, dotsentlar E.Ochilov va T.Uraimovlar tomonidan “Dexqonchilikda ilmiy izlanish asoslari”, “O’simliklar himoyasi va karantin” kafedrasi professori A.G.Kojevnikova tomonidan “O’simliklarni biologik himoya qilish vositalari”, “O’simliklarni biologik himoya qilish” fanlaridan darsliklar chop etildi.

Fakul’tet talabalariga Respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalardagi isloxotlarni yetkazish va ularni bajarishga tayyor yetuk, yuqori malakali mutaxassislar qilib tarbiyalashda fakultetning Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi, Ustoz-murabbiylar kengashi, xotin-qizlar qo’mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkilot xamda talabalar turar joyi talabalari kangashi xamkorlikda keng ko’lamli ishlarni olib bormoqda.

agr14.jpg

Fakultetda talabalarni sport bilan shug’ullanishlari uchun yetarli shart sharoitlar yaratilgan bo’lib, bugungi kunda fakultet talabalari futbol, voleybol, qo’l to’pi, basketbol, stol tennisi, xalqaro belbog’li kurash, dzyudo, yengil atletika, og’ir atletika, shaxmat-shashka, mini futbol, o’zbek jang san’ati, taekvondo bo’yicha sport to’garaklarida qatnashib, ulardan Rahimov Nuriddin taekvondo bo’yicha 6 marta O’zbekiston chempioni, 2 marta Osiyo chempioni, Sayfuddinov Nurillo kurash bo’yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 2 marta O’zbekiston chempioni, 2013-yilgi Unversiada sport musobaqalarining kumush medal sohibi, Xabibillaev Muhammad Rizo 1 darajali qora belboq sohibi, taekvondoning “Massagi” yo’nalishi bo’yicha “O’zbekiston kubogi” sohibi, qo’l jangi san’ati bo’yicha O’zbekiston chempioni sifatida e’tirof etib kelinmoqda.

Fakultetda fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yo’lga qo’yish maqsadida talabalarni o’quv hamda malakaviy ishlab chiqarish amaliyotlari Andijon, Farg’ona, Namangan viloyatlaridagi eng ilg’or korxonalar, qishloq xo’jalik tashkilotlari hamda fermer xo’jaliklarida tashkil etib kelinmoqda. Bunda talabalar qishloq xo’jalik ekinlarining yangi navlarni yaratish va qo’llanilayotgan zamonaviy agrotexnologiyalarlarda bevosita ishtirok etib, yetishtirilgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va ularni qayta ishlash bo’yicha eng yangi texnologiyalarni o’rganib bormoqdalar.

agr15.jpg

agr16.jpg

agr17.jpg

agr18.jpg



RSS

Kafedralar:


«O’simlikshunoslik» kafedrasi

1964 yili Agronomiya fakulteti tarkibida paxtachilik kafedrasi tashkil etilgan.

“Qishloq xo’jaligi ekinlari genetikasi, selektsiyasi va urug’chiligi ” kafedrasi

2016 yil yanvardan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 noyabrdagi 311 sonli buyrug’iga asosan kafedra nomi “Qishloq xo’jalik ekinlar genetikasi, selektsiyasi va urug’chiligi” nomiga o’zgartirildi.

"Agrokimyo va tuproqshunoslik" kafedrasi

Paxtachilik kafedrasidan birin-ketin o’simlikshunoslik, agrokimyo, tuproqshunoslik, umumiy dexqonchilik, botanika kabi kafedralar mustaqil kafedralar bo’lib ajralib chiqqan. Kafedraning nomi esa o’zgarmay qolgan. Kafedrada uzoq yillar davomida dotsentlar S.Qodirov, M.To’xsinov, R.Akbaev, T.Jalolov faoliyat ko’rsatgan.

2005-2012 yillarda Paxtachilik va O’simlikshunoslik kafedrasi birlashib “O’simlikshunoslik” nomi bilan atala boshladi. SHu davrgacha mustaqil kafedra bo’lib kelgan O’simlikshunoslik kafedrasining mudirlari bo’lib YU.Z.Qodirov (1967-1976), A.Alibekov (1976-1980), M.Mannopova (1980-1990), O.Mirzaev (1990-2004), O.YAqubjonov (2004-2008), Z.Bo’stonov (2008-2012) J.To’ychiyev (2012) ishlaganlar. 
Kafedraning O’simlikshunoslik bo’limida dotsentlar YU.Z.Qodirov, A.A.Kan, L.P.Trushkina, O.F.Mirzaev, S.Tursunov, q/x.f.n. Z.Jumaboyev., Z.Bo’stonov, J.To’ychiyev va assistentlar E.Asranov., O.Qodirov., K.Xamdamov., I.Iminov, I.Jo’raevlar faoliyat ko’rsatganlar.
Bulardan dotsent Z.M.Jumaboyev uzoq yillar agronomiya fakultetiga dekan, o’quv ishlari bo’yicha prorektor va xozirgi kunda institut rektori lavozimida muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda. Dotsent Z.Bo’stonov ilmiy ishlar bo’yicha prorektor, kafedra mudiri, fakultet dekani vazifalarida muvaffaqiyatli ishladi. Dotsent J.To’ychiyev agronomiya fakulteti dekan muovini, fakultet dekani bo’lib ishladi. 

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech