Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali iqtidorli talabalarining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Nomdor

davlat stipendiyalari tanlovlaridagi ishtiroki

 

 

Filialda 2018 yilning iyul oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va Beruniy nomli davlat stipendiyalari tanlovining I-bosqichi (filial bosqichi) o’tkazildi.  Tanlovda jami 14 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etdilar. SHulardan eng yuqori ballarga ega bo’lgan 4 nafar talabalarning xujjatlari II-bosqichga (Respublika bosqichi) taqdim etildi.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tuzilgan komissiya xulosasiga ko’ra ularning 2 nafari Beruniy nomli davlat stipendiyasi tanlovi g’olibi bo’ldilar. Jumladan, 2018-2019 o’quv yili uchun “Agrobiologiya” fakultetining Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi,  III-bosqich  talabasi Mo’minjonov Sanjarbek Ravshanjon o’g’li hamda “Agrobiologiya” fakultetining Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi,  IV-bosqich talabasi Alijonova Gulbahor Alijon qizi Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo’ldilar.

Hozirgi kunda 2019-2020 o’quv yili uchun o’tkaziladigan  O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va Nomdor davlat stipendiyalari tanlovlarida ishtirok etish istagini bildirgan iqtidorli talabalarni saralab olish ishlari olib borilmoqda.

Tanlovga barcha fakultetlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar jalb etilib, ular orasidan eng yaxshilari tanlab olinadi, ilmiy rahbarlarga biriktiriladi va ular uchun qo’shimcha darslar tashkil etiladi.

 

 

 

 

 

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech