Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

BERUNIY VA ISLOM KARIMOV NOMLI DAVLAT STIPENDIYASI SOVRINDORLARINI QUTLAYMIZ

 

 

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 8 iyundagi 381-son buyrug’i va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’atining 2014 yil 1 noyabrdagi 6/5-sonli qarori ilovasi “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalari tanloviga nomzodlar ko’rsatish bo’yicha Tavsiyalar” talabiga muvofiq 2017 yilning 1-15 iyul kunlari institutda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari (Beruniy, Islom Karimov) tanlovining I-bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovda institutning 4 ta fakultetlarida tahsil olayotgan II-III-bosqich talabalaridan jami 9 nafar iqtidorli talabalar faol ishtirok etdilar.

Tanlov I-bosqich yakuniga ko’ra Agronomiya fakultetining “Agronomiya” ta’lim yo’nalishi III-bosqich, 11-guruh talabasi Xatamova Nodira Nomozali qizi va O’simliklarni ximoya qilish va meva-sabzavotchilik fakultetining “O’simliklar himoyasi va karantini” ta’lim yo’nalishi II-bosqich, 31-guruh talabasi Usmonxo’jaeva Gavxaroy Mirzoxid qizi Beruniy nomli davlat stipendiyasi tanlovida faol ishtirok etib, fakultetlarda tahsil olayotgan eng iste’dodli va iqtdorli talabalar ekanligini isbotladi va I-bosqich g’olibi bo’ldilar.

Bundan tashqari Qishloq xo’jaligida menejment fakultetining “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi III-bosqich, 72-guruh talabasi Foziljonov Ibroximjon Sotvoldixo’ja o’g’li Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi tanlovida faol ishtirok etib, I-bosqich g’olibi bo’ldi.

SHunga ko’ra, I-bosqich g’olib talabalarning xujjatlari “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalari tanloviga nomzodlar ko’rsatish bo’yicha Tavsiyalar” talabiga muvofiq rasmiylashtirildi va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’lim muassasalari bosh boshqarmasiga taqdim etildi va ishchi guruh komissiyasi tomonidan xujjatlar ko’rib chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil
28 sentyabrdagi “2017/2018 o’quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari talabalariga O’zbekiston Respublikasi Davlat stipendiyalarini (Navoiy, Beruniy, Ulug’bek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov) tayinlash to’g’risida”gi 698-son buyrug’iga asosan Xatamova Nodira Nomozali qizi va Usmonxo’jaeva Gavxaroy Mirzoxid qizi Beruniy nomli davlat stipendiyasi, Foziljonov Ibroximjon Sotvoldixo’ja o’g’li Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sovrindori bo’ldilar.

Institut rahbariyati, professor-o’qituvchilar va talaba yoshlar nomidan Beruniy va Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sovrindorlarini erishgan yutuqlari bilan samimiy qutlaymiz.

 

 

         Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagog

         kadrlar tayyorlash bo’limi xodimi

         Madinabonu Odilova

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech