Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali kafedralarida tanlovga

taqdim etish uchun tayyorlanayotgan STARTAP loyihalari to’g’risida

 

M A ‘ L U M O T

 

T/r

Kafedra nomi

Loyiha mavzusi                                                                

Loyiha rahbarining f.i.sh., ilmiy darajasi

2019 yilga so’ralgan mablag’, mln.so’m

Loyiha ishtirokchilarining

familiyasi, ismi va sharifi

STARTAP LOYIHALARI

A G R O B I O L O G I YA     F A K U L  T ye T I

Qishloq xo’jaligi ekinlari genetikasi, selektsiyasi va urug’chiligi kafedrasi

1.

Qishloq xo’jalik ekin-lari genetikasi, selek-tsiyasi va urug’chiligi

Farg’ona viloyatining tuproq-iqlim sharoitlariga mos, serhosil, tezpishar, tolasi IV-V-tip talablariga javob beradigan g’o’zaning S-6775 va S-8290 navlarining navdorligini me’yoriga yetkazish va birlamchi urug’chiligini tashkil etish

Baxromov Sa’dulla - q.x.f.n., dotsent

130

Kimsanov I. -q.x.f.n., dotsent,

Egamov Xusanboy -q.x.f.n., dotsent,

Davronov Q. -q.x.f.n., dotsent,

Mirxamidova N. -assistent,

Kodirov O. -assistent,

Raximov A. -assistent

 

Fakultet

bo’yicha jami:

1 ta STARTAP loyihasi

 

 

 

O’ S I M L I K L A R   H I M O YA S I    VA   A G R O K I M YO     F A K U L  T ye T I

O’simliklarni himoya qilish va qishloq xo’jalik fitopotologiyasi kafedrasi

2.

O’simliklarni himoya qilish va qishloq xo’ja-lik fitopatologiyasi

O’simliklarni himoya qilishda biologik faol moddalardan foydalanishning samaradorligini oshirishning istiqbolli texnologiyasini ishlab chiqish

Aliyev

SHovvoz Karimovich  -q.x.f.n., dotsent

150

Mirzaeva S. -q.x.f.n., dotsent,

Abdullaeva X. -q.x.f.d. (PhD),

Raxmatov O -assistent,

Musaeva G. -assistent,

Qambarova M. -assistent

Agrosanoatda buxgalteriya hisobi kafedrasi

3.

Agrosanoatda buxgalteriya hisobi

Fermer xo’jaliklarini buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish bo’yicha kadrlar malakasini oshirish kursini tashkil etish

Maxmudov Saidjamol Qodirjonovich -i.f.n., dotsent

150

Komolov X. -i.f.n., dotsent,

Xojiboyev M. -i.f.n., dotsent, YUldashev R. -katta o’qituvchi, Mamajonov A. -katta o’qituvchi, Komilov A. -katta o’qituvchi, Karimova G. -katta o’qituvchi,

Mamanazarov T. -katta o’qituvchi

 

Fakultet

bo’yicha jami:

2 ta STARTAP loyihasi

 

 

 

O’ R M O N    X O’ J A L I G I    VA   M ye V A - S A B Z A V O T CH I L I K    F A K U L  T ye T I

O’rmonchilik kafedrasi

4.

O’rmonchilik

Noyob va manzarali daraxtlarni ekib o’stirish agrotexnologiyasi (Magnoliya Grandiflora, Pavlovniya L.)

Qo’ziboyev SHuxratjon Tursinaliyevich -assistent

120

To’ychiyev X. -b.f.n., dotsent,

Baxromov R. -assistent

Dorivor o’simliklar kafedrasi

5.

Dorivor o’simliklar

Andijon viloyati sharoitida o’stiriladigan dorivor o’simliklarda uchraydigan virus kasalliklarni o’rganish diagnostikasi usullarini ishlab chiqish

Bo’stonova Surayyoxon Soliyevna -assistent

150

Topvoldiyev T. -b.f.d., professor,

Qosimova SH. -assistent,

Jalolov K. -assistent,

Sariboyeva N. -assistent, 

Rasulova X. -laborant

6.

Dorivor o’simliklar

Andijon viloyati hududiga tog’ rayxoni dorivor o’simligini moslashtirish va ko’chatchiligini ishlab chiqarishga tadbiq etish 

Qosimova SHoiraxon Mirzaxamitovna -assistent

150

Baratova M. -b.f.n., dotsent,

Bo’stonova S. -assistent,

No’monova N. -assistent,

Xusanov B. -assistent,

Isaqov T. assistent

7.

Dorivor o’simliklar

Tabiiy holda tarqalgan dorivor kovul o’simligini reintroduktsiya qilish asosida ko’chatchiligini rivojlantirish

No’monova Nazokat-assistent

150

Topvoldiyev T. -b.f.d., professor,

Rustamova G. –assistent,

Bo’stonova S. -assistent,

Jalolov K. -assistent, 

Qosimova SH. -assistent,

Sariboyeva N. -assistent, 

Rasulova X. -laborant

 

Fakultet

bo’yicha jami:

4 ta STARTAP loyihasi

 

 

 

 

Filial bo’yicha hammasi:

7 ta STARTAP loyihasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

         “TASDIQLAYMAN”                                                                                                                                                “TASDIQLAYMAN”

        Toshkent Davlat agrar                                                                                                                                              O’zbekiston Respublikasi

      universiteti direktori                                                                                                                               Innovatsion Rivojlanish vaziri

 ____________ A.A.Abduvasiqov                                                                                                                             ____________ I.YU.Abduraxmonov     

     “____”_______ 2018 yil                                                                                                                                   “____” ________ 2018 yil                                                                                                   

                                                                                                                                          

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali professor-o’qituvchilarining davlat ilmiy-texnik
dasturlari doirasida bajarilishi 2019-2020 yillarga mo’ljallangan dolzarb mavzular tarkibiga
kiritish va tasdiqlash uchun taklif etilayotgan ilmiy mavzulari

 

R O’ Y H A T I

 

T/r

Loyiha mavzusi

Loyihani qo’llash sohasi

Loyihaning dolzarbligi va ilmiy ahamiyati (maqsadi, vazifasi, ilmiy yangiligi)

Ilmiy-tadqiqot ishlaridan olinadigan muhim natijalar (kutilayotgan natija)

AMALIY ILMIY-TEXNIK LOYIHALAR

1.

SHahar chiqindilaridan qishloq xo’jaligida foydalanish uchun ekologik bezarar va iqtisodiy samarali organik o’g’it ishlab chiqish

Qishloq xo’jaligi va atrof-muxit muhofazasi

Loyhaning asosiy maqsadi shahar chiqindilarini to’plashning yangi tizimini ishlab chiqish, chiqindilardan qishloq xo’jaligi uchun biogumus tayyorlash usulini yaratish va ularni qishloq xo’jaligida foydalanish hisobiga tuproq unumdorligi va g’o’za hosildorligini oshirish hisoblanadi.

Aholi zich joylashgan shaharlarda (Asaka shahri misolida) aholi chiqindilarini mahsus turli rangli idishlarga yig’ish va markazlashgan holda mahsus tayyorlov punktlarida tegishli o’ralarda va yopiq joylarda to’plash. Markazlashgan punktlarda yig’ilgan chiqindilarning tarkibi guruhlar bo’yicha kimyoviy, fizikaviy va biologik tarkiblarini tadqiq qilish. SHahar chiqindilarini guruhlarga ajratib, xalq xo’jaligi, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarda maqsadga muvofiq foydalanishning ilmiy usulini ishlab chiqish va xalq xo’jaligining tegishli tarmoqlariga tavsiya etish.

CHiriydigan chiqindilar uchun bunkerlar tashkil etish, chiqindilarni chirish jarayonini taqdid qilib borish, chirish jarayonida ajralib chiqadigan gazlarni o’rganish, ularni yig’ib olish texnologiyasini ishlab chiqish va xalq xo’jaligida foydalanish.

Biogumus ishlab chiqishni yo’lga qo’yish va uni qullashni tuproq unumdorligiga hamda biogumusni qishloq xo’jalik ekinlariga (g’o’za, kuzgi bug’doy) qo’llash usullari va me’yorini ishlab chiqish.

Tadqiqotning yakuniy natijalariga ko’ra qattiq jisimlar ustida olib borilgan ilmiy izlanishlar yakuni bo’yicha chiqindilardan metall jismlar, shisha va boshqa materiallar ajratib olinadi hamda ularni ekologik jihatdan bezarar ilmiy asoslangan nazariy usullari ishlab chiqiladi hamda sanoat tsexlariga tavsiyalar beriladi.             

Organik chiqindilar saqlangan mahsus o’ralarda tabiiy ravishda sodir bo’lgan biokimyoviy va kimyoviy jarayonlar ta’sirida hosil bo’lgan chirindi va o’simliklar uchun qimmatli  oziq moddalar, turli gazlar va ularning tarkibi o’rganiladi. Ayniqsa, hosil bo’lgan gazlardan turli maqsadlarda foydalanishda ekologik bezarar usullari ishlab chiqiladi. Ularning atrof-muhit ekologiyasiga ijobiy yoki salbiy ta’siri haqida taklif va tavsiyalar tayyorlanadi. SHuningdek, qimmatli kimyoviy elementlar bilan boyitilgan oziqa moddalariga ega bo’lgan qishloq xo’jaligi ekinlari uchun o’ta foydali chirindi (biogumus) ishlab chiqarishning ilmiy asoslangan usuli yaratiladi.

Ushbu loyihada bajarilishi rejalashtirilgan ishlar amalga oshirilishi natijasida atrof-muhit ekologiyasi toza saqlanadi, chiqindilardan biogumus va boshqa arzon ikkilamchi mahsulotlar olishga erishiladi. Tuproq unumdorligi yaxshilanadi, qishloq xo’jalik ekinlar hosildorligi ortadi. CHiqindilardan foydalanishning ilmiy asosi yaratiladi.

2.

Sug’orish murakkab, kam samarali joylarda anordan yuqori hosil olish, olingan mahsulotlarni qayta ishlash, qator oralaridan foydalanishni tashkil etish

Qishloq xo’jaligi va atrof-muxit muhofazasi

Sug’orilishi mushkul, qiyaligi yuqori bo’lgan kam samarali adir yerlarda suvga kam talab qo’yadigan anor bog’larini yaratish, yuqori hosil olish, ular oralaridan samarali foydalanish uchun asosiy va takroriy ekinlarni ekish hamda ularni yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish muxim ahamiyatga ega.

Respublikamizda tarqoq hamda murakkab relefli, katta nishabliklarka ega bo’lgan adir yonbag’irliklari, pog’onalangan yonbag’irliklar shart-sharoitlarida sug’orish jarayonida o’ziga xos qiyinchiliklar, irrigatsion eroziya va tuproq suffoziyasini vujudga kelishi bilan bog’liq bo’lgan salbiy holatlar kuzatilmoqda. SHuning uchun loyihada adir mintaqalaridagi konturli intensiv anor bog’larini hamda pog’onalangan adir yonbag’irliklarida qo’llash mumkin bo’lgan sug’orish texnikasi va texnologiyalari ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishga tavsiyalar berish vazifasi qo’yilgan.

Anor bog’lari barpo etilgach, yerlardan samarali foydalanish maqsadida ular oralariga no’hot va uni o’rniga takroriy ekin sifatida mosh ekilib, ularni o’stirish agrotexnikasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Sug’orilishi qiyin bo’lgan, kam samarali yerlardan foydalanish bilan respublikamiz aholisi uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari kerakli miqdorda yetishtirish mumkinligi aniqlanadi.

Ushbu loyihada rejalashtirilgan ishlar bajarilishi natijasida sug’orish qiyin bo’lgan kam samarali yerlarda anor bog’lari barpo etilib, anor mevalari va qator oralarida esa asosiy ekin no’hot, takroriy ekin mosh yetishtirish texnologiyasi ishlab chiqiladi. Tadqiqotlar natijasida sug’orish tizimi ishlab chiqiladi, tuproq unumdorligi yaxshilanadi, piravordida      qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi ortadi. Sug’orilashi qiyin bo’lgan, kam samarali yerlardan foydalanishning ilmiy asosi yaratiladi.

3.

Takroriy va oraliq ekinlarni tuproq unumdorligiga va tuproqdagi zararli tuzlarga ta’siri

Qishloq xo’jaligi va atrof-muxit muhofazasi

Almashlab ekish tuproq unumdorligini oshirish bilan  birga  tuproqdagi turli xil zararkunanda va kasalliklarga barxam beradi. SHuning uchun almashlab ekishni joriy qilish natijasida o’simliklarni o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlar vujudga keladi. Bundan tashqari o’simliklar vegetatsiya davri davomida o’zidan keraksiz moddalarni tuproqqa ajratib, tuproqda bu moddalarni ko’payishiga olib keladi. Har bir organizm ajratgan keraksiz moddalar shu organizmga zararli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, ayrim sabzavot ekinlari makkajo’hori tuproqqa qand moddalarini, g’alla don ekinlari esa turli xil organik kislotalarni, don-dukkakli ekinlar esa neytral amino- kislotalar ajratadi. Bu ajralgan moddalar o’zi ajratgan organizmlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Almashlab ekish tizimiga kiritilgan oraliq va siderat ekinlar ham tuproqdagi zararli hashoratlarni va kasalliklarni yo’qotishda katta ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari takroriy ekinlar ham oziq-ovqat mahsulotlarini yaratish, tuproq unumdorligini oshirishda  katta ahamiyatga ega. Almashlab ekish tizimida qo’llanilayotgan ekinlar tuproqdagi zararli tuzlarga qanday ta’siri haligacha o’rganilmagan muammolardan  biri hisoblanadi.

Takroriy va oraliq ekinlarni ekish tuproq unumdorligini oshirish bilan birga aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini ham ta’minlaydi. Qishloq ho’jalik ekinlarini bir yerga uzoq vaqt ekish  tuproq unumdorligini pasayishiga zararli hashoratlarni va kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlarni ko’payishiga olib keladi. SHuning uchun almashlab ekish tizimiga kiritilgan oraliq va siderat ekinlarni ahamiyati katta bo’lib, ular chorva hayvonlarini erta bahorda ko’k oziqa bilan ta’minlaydi va tuproqqa tushgan o’simliklar tuproq unumdorligini orttiradi va mikroorganizmlar faoliyatini yaxshilaydi. Almashlab ekish tizimiga kiritilgan oraliq va siderat ekinlar hamda takroriy ekib o’stiriladigan ekinlarni tuproq unumdorligiga ta’siri va tuproqdagi  o’simliklarga zararli ta’sir ko’rsatadigan turli xil tuzlarni qanday ta’sir etishi o’rganiladi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlarini ko’plab yetishtirish, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqdagi o’simliklarga zararli ta’sir ko’rsatadigan tuzlarni zararlilik darajasini kamaytirish tadqiqotlar davomida o’z yechimini topadi.

4.

Sug’oriladigan yerlardan yil davomida samarali foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, ekinlardan ertaki, yuqori va sifatli hosil yetishtirish majmuiy agrotadbirlarini ishlab chiqish

Qishloq xo’jaligi va atrof-muxit muhofazasi

Navbatlab ekish dalasida soya, mosh  o’simliklarini takroriy ekin sifatida o’stirib, ularni o’tmishdosh sifatida paxta va don hosiliga ta’sirini, tuproq unumdorligini orttirib borish omillarini aniqlab yuqoridagi ekinlar agrotexnologiyalarini ishlab chiqish, tuproq tarkibidagi gumus miqdorini oshirish hamda joriy etish.

Tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, qisqa navbatlab ekish tizimida yangi va istiqbolli navlardan ertaki, yuqori va sifatli paxta hosili yetishtirishda chigit ekish usullari, ko’chat qalinliklari, biologik o’g’it me’yori va tuproqqa ishlov berish usullarini ishlab chiqish, kuzgi bug’doyni ekishdan oldingi tuproqqa ishlov berish usullari va muddatlarini don hosili va sifatiga ta’sirini aniqlash, takroriy ekinlarni tuproq unumdorligiga ta’sirini aniqlash loyihaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Andijon viloyatining och tusli buz tuproqlari unumdorligini saqlovchi, oshiruvchi, tuproqning xossa-xususiyatlarini yaxshilovchi hamda ekinlar hosildorligini oshiruvchi qisqa navbatlab ekishning takomillashgan tizimlari ilmiy asoslanadi va ishlab chiqarishga joriy etiladi.

Yil davomida yerlardan to’liq foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish uchun dukkakli soya, mosh ekinlaridan foydalanish agrotadbirlar tizimi ishlab chiqiladi.

Tuproq unumdorligini oshirish, ziroatlardan yuqori va sifatli hosil yetishtirishni ta’minlovchi qisqa almashlab ekish tizimi (bug’doy va takroriy ekin sifatida soya, moshdan keyin g’o’za) va parvarishlash agrotadbirlari takomillashtiriladi va iqtisodiy baholanadi hamda  fermer xo’jaliklariga ekinlardan ertaki va sifatli hosil yetishtirish bo’yicha tavsiyalar beriladi. Tadqiqotlar natijasini fermer xo’jaliklari tomonidan qo’llanilishi natijasida sug’oriladigan yerlardan yil davomida foydalanishga erishiladi, tuproq unumdorligi yaxshilanadi va paxta hosildorligi 3-4 tsentnerga ortadi.

5.

Takroriy ekilgan vika va rapsdan keyin tuproq unumdorligini hamda g’o’za hosildorligini oshirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish

Qishloq xo’jaligi va atrof-muxit muhofazasi

Loyihaning maqsadi qisqa navbatlab ekish dalasida vika va raps o’simliklarini takroriy ekin sifatida o’stirib, ularni tuproqda qoldirgan ang’iz va ildiz qoldiqlarini aniqlash. Takroriy ekinlarni (vika, raps) tuproqni agrokimyoviy, agrofizikaviy xossalariga hamda o’tmishdosh sifatida paxta hosildorligiga ta’siri aniqlanadi. Tuproq unumdorligini orttirib borish omillari aniqlanib, yuqoridagi ekinlar agrotexnologiyasi ishlab chiqiladi.

Takroriy ekinlarning (vika, raps) ang’iz va ildiz qoldiqlari xisobiga organik massa bilan boyitilgan, unumdorligi oshirilgan, agrokimyoviy, agrofizikaviy xossalari yaxshilangan tuproqlarda istiqbolli g’o’za navidan “O’zPITI-201” yuqori va sifatli paxta hosili yetishtirishda chigit ekish usullari, ko’chat qalinliklari, ma’dan o’g’itlar me’yori va sug’orish tartiblari ishlab chiqiladi.

Andijon viloyatining o’tloqi bo’z tuproqlar sharoitida yuqori va sifatli paxta hosili yetishtirishda g’o’zani yangi navlarini parvarishlashda resurstejamkor agrotexnologiyalar (chigit ekish usuli, ko’chat qalinliklari, chekanka muddati, ma’dan o’g’itlarni qo’llash me’yorlari, tuproqni organik massa bilan boyitilgan muxitda) takomillashtirilib, erta muddatlarda paxta hosilini yig’ishtirib olishga imkoniyat yaratiladi. Natijada kuzgi bug’doyni erta muddatda maydonlarni g’o’zapoya va begona o’tlardan tozalab ochiq maydonga sifatli ekilishiga, to’liq ko’chat hosil qilinishiga, yuqori va sifatli don hosili yetishtirishga erishiladi.

Yil davomida yerlardan to’liq foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish uchun dukkakli siderat ekin vika va raps ekinlaridan foydalanish agrotadbirlar tizimi ishlab chiqiladi.

Qisqa rotatsiyali almashlab ekish tizimida tuproq unumdorligini oshirish, ziroatlardan yuqori va sifatli hosil yetishtirishni ta’minlovchi (takroriy vika va raps-g’o’za) agrotadbirlari takomillashtiriladi va iqtisodiy baholanadi hamda ishlab chiqarishga tavsiyalar beriladi. Natijada tuproq unumdorligi, agrofizik va agroximik xususiyatlari yaxshilanishiga hamda paxta hosildorligini 3-4 ts/ga ortilishiga erishiladi.

6.

Takroriy ekin sifatida ekilgan marjumakdan yuqori hosil yetishtirishda oldindan mo’ljallangan don olish elementlarini qo’llab sug’oriladigan sharoitda ilmiy asoslangan agrotexnologiyasini  ishlab chiqish

Qishloq xo’jaligi va atrof-muxit muhofazasi

Andijon viloyatining o’tloqi bo’z tuproqlari sharoitida marjumakning yuqori don hosili beradigan navlari tanlab olinadi. Ularni yuqori hosil berishini ta’minlaydigan resurstejamkor agrotadbirlarni yaratish, o’tmishdosh ekin tanlash, tuproqqa asosiy va ekish oldidan ishlov berish, urug’ ekish me’yorlari, muddatlari, urug’larni to’liq undirib olish chora tadbirlarini ishlab chiqish, yuqoridagi ekinlarni sug’orish me’yori va tizimlari, o’g’itlar qo’llashning me’yorlari va muddatlari, o’simliklarni rivojlanish davrlari bo’yicha hosilni shakllanishi, ekinlar hosildorligi va hosilining sifatini o’rganish va iqtisodiy baholash dolzarb muammolarhan hisoblanadi

     Tuproq unumdorligini saqlash va oshirib borish chora tadbirlarini ishlab chiqish, takroriy ekilgan marjumak ekinidan yuqori va sifatli hosil olish agrotexnikasini yaratish va ishlab chiqarishga tavsiyalar berish loyihaning asosiy maqsadi va vazifalari hisoblanadi.

Ushbu loyiha davomida sug’oriladigan yerlardan oqilona foydalanish, mo’l, ekalogik toza, sifatli mahsulot yetishtirishni ta’minlovchi texnologiyalar ishlab chiqiladi, natijada kuzgi bug’doydan bo’shagan maydonlarga takroriy ekilgan marjumak ekinidan yuqori hosil olish agrotexnologiyalari, ya’ni tuproqqa asosiy va ekish oldidan ishlov berish, o’tmishdosh ekinlar tanlash, urug’ ekish muddati, me’yori, urug’larni to’liq undirib olish choralari, o’g’itlash muddati va me’yori, sug’orish me’yori va tizimlari, ekinlarni rivojlanish muddatlari bo’yicha hosilni shakillanishi, hosildorligini o’rganish, takroriy ekilgan marjumakning tuproq unumdorligiga ta’siri aniqlanadi. SHuningdek kuzgi bug’doydan bo’shagan maydonlardan to’laroq foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, keyingi ekinlar uchun qulay sharoit yaratiladi hamda sug’oriladigan yerlardan yil davomida samarali foydalanish, oqsilga boy, yuqori sifatli marjumak  yetishtirish bo’yicha agrotadbirlar ishlab chiqiladi.

7.

Intensiv bog’dorchilikda ko’chatlar qator oralariga bahorgi ishlov beruvchi kombinatsiyalashgan-universal agregat yaratishning ilmiy-texnik yechimi

Qishloq xo’jaligi va energetika, energiya-resurs tejamkorlik, transport, mashina va asbobsozlik

Hozirgi kunda intensiv bog’dorchilikda ko’chatlar qator oralariga ishlov beruvchi maxsus agregatlar ishlab chiqilmaganligi uchun  mavjud agregatlardan yoki ularni moslashtirilgan variantlaridan foydalanib kelinmoqda. Bu esa o’z navbatida energiya sarfini hamda ekspluatatsion xarajatlarni ortishiga olib kelmoqda. Bog’ oralariga ishlov berishda agregatlarni kirish sonini ortishi,   tuproq strukturasini buzilishiga: uni qattiqligi va zichligini ortishiga olib kelmoqda, bu esa ko’chatlar ildiz tizimining rivojlanishiga salbiy ta’sir etmoqda.

Loyiha bo’yicha olib borilgan tahlillar va tadqiqotlar intensiv bog’dorchilikda ko’chatlar qator oralariga baxorgi ishlov berish jarayonlarini agregatni bir o’tishida amalga oshirish uchun kombinatsiyalashgan-universal agregatni ishlab chiqishni taqazo etmoqda. SHuning uchun ushbu agregatni yaratish maqsad qilib olingan.

Intensiv bog’dorchilikda ko’chatlar qator oralariga bahorgi ishlov beruvchi kombinatsiyalashgan-universal agregat yaratishi natijasida intensiv bog’dorchilikda ko’chatlar qator oralariga bahorgi ishlov berish jarayonlarini agregatni bir o’tishida tuproq ag’darilmasdan yo’l-yo’l yumshatiladi,  bu o’z navbatida energiya sarfini 1,5-2 barobarga  kamaytiradi, plug bilan ishlov berishga xojat qolmaydi.

YUmshatilgan qatlam tuprog’i sifatli maydalanadi, tuproqni maydalash uchun maxsus  chizel-yumshatgich agregatini kirishi talab etilmaydi.

YUmshatilgan tuproqni maydalash, hosil bo’lgan noteksliklarni tekislash, bog’  oralariga pushta hosil qilish, kabi jarayonlarni amalga oshirish uchun maxsus agregatlarni kirishi shart emas. Bularning natijasida sarflanayotgan ekspluatatsion harajatlarni kamaytirishga erishiladi.

8.

Qishloq xo’jaligi korxonalari neft omborlaridagi tiniq neft mahsulotlarining bug’larini ushlab qolish texnologiyasi va texnik vosita konstruktsiyasini ishlab chiqish

Qishloq xo’jaligi va energetika, energiya-resurs tejamkorlik, transport, mashina va asbobsozlik

Loyihaning asosiy maqsadi gorizontal tsilindrik rezervuarlarda saqlanayotgan tiniq neft mahsulotlarini bug’lanishdan yo’qotilishini kamaytirish hisoblanadi. Tadqiqotning vazifasi quyidagilar:

-qishloq xo’jalik korxonalari neft omborlarida  saqlanayotgan tiniq neft mahsulotlarini yo’qotishlarini tahlil qilish;

-bug’lanishdan yo’qotishlarni kelib chiqish sabablari va ularni oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish;

-quyosh energiyasidan  quvvat olib ishlovchi sovitish moslamalarini tahlil qilish;

-quyosh energiyasidan quvvat olib ishlovchi sovitish moslamalarini tiniq neft mahsulotlarini bug’lanishdan yo’qotishlarini oldini olishda qo’llash;

-tiniq neft mahsulotlari bug’larini ushlab qoluvchi moslamani konstruktsiyasini ishlab chiqish;

-tiniq neft mahsulotlari bug’larini ushlab qoluvchi moslamani iqtisodiy samaradorligini aniqlash.

Qishloq xo’jalik neft omborlaridagi tiniq neft mahsulotlari bug’larini ushlab qolish texnologiyasi ishlab chiqiladi. Bosqichlar bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari tahlil qilinadi, qishloq xo’jaligi korxonalari neft omborlaridagi tiniq neft mahsulotlarining bug’larini ushlab qoluvchi texnik vosita konstruktsiyasining namuna nushasi tayyorlanadi  va taklif etilayotgan texnologiya bo’yicha olinayotgan iqtisodiy samaradorlik aniqlanadi. Umumiy xulosalarga asosan texnik qurilmadan foydalanish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.

9.

Bodom asosiy zararkunandasi bodomxo’rning (Eurytoma amydali End) bioekologik xususiyatlari va zararini o’rganish asosida unga qarshi samarali kurash usullar majmuini ishlab chiqish

O’rmon xo’jaligi fanlari

Loyihaning asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilar:

1. Bodom mevaxo’rining muhim biologik xususiyatlarini o’rganib, u haqida to’liq ahborotga ega bo’lish.

2. Bodom mevaxo’riga ozuqa bo’lib xizmat qiladigan o’simliklar doirasini aniqlash;

3. Hasharotning zararini va darajasini aniqlab, IZMM nishonini belgilash.

4. Bodom mevaxo’rining tabiiy kushandalarini o’rganish va ahamiyatiga baho berish.

5. Zararkunandaga qarshi biologik kurash o’tkazish istiqbolini o’rganish va zararkunandaga qarshi yuqori samara beradigan insektitsidlar ro’yhatini shakllantirish.

6. Kimyoviy usulni samarali ishlatish muddatlarini aniqlash va kimyoviy vositalarni yo’ldosh zararkunandalarni inobatga olgan holda ishlatishni ta’minlash.

7. Mevaxo’rga qarshi kurashda samaradorlikka katta hissa qo’shadigan: tashkiliy-xo’jalik, agrotexnik, fizika-mexanik usullarning uyg’unlashgan himoya qilish tizimini yaratish.

Bodom daraxtlarini mevaxo’rdan saqlashning asosiy elementlari ustida ish olib borilib, amaliyot uchun ilmiy-asoslangan, uyg’unlashgan himoya qilish tizimi (UHQT) taqdim etiladi, ishlanmalarning xo’jalik (ts/ga) va iqtisodiy (rentabellik) samaradorligiga baho beriladi. Natijada, har bir bodom daraxtidan olinadigan hosilni 35-40% ga oshirishga erishiladi.

Farg’ona va Andijon viloyatlarida keyingi yillarda olib borilgan kuzatuvlar natijasida ma’lum bo’lishicha, bodom mevaxo’ri dastidan har yili 25-40%, hatto undan ham ko’p meva nishonalari zararlanib, yaroqsiz xolatga kelib qolmoqda.

Bundan tashqari bodom mevaxo’riga yaqin bo’lgan boshqa, ya’ni o’rik mevaxo’ri (E.Samsonovi Was.) ustida qisqa muddatli tadqiqotlar olib borilgan, ammo, undan keyin ushbu mavzu ustida hech qanday tadqiqotlar olib borilmagan. O’tgan davr ichida muammoning qaysi yo’nalishi o’rganilganligi to’g’risida umuman ma’lumotlar yo’q. SHuning uchun ham ushbu muammolar bo’yicha ham tadqiqotlar olib borish rejalashtirilmoqda.

10.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish maqsadida klasterni rivojlantirishni ilmiy amaliy asoslarini ishlab chiqish

Qishloq xo’jaligi va menejment

Agrosanoat majmuasida hozirgi davrda klaster uslubini qo’llash samarali usullardan biri hisoblanadi.  O’z navbatida klaster uslubini rivojlantirish uchun esa logistika tizimi ham bir vaqtda rivojlanishi kerak. SHuning uchun ayni paytda O’zbekistonda  transport-logistika tizimi dolzarb muammolardan biri bo’lib qolmoqda. Agrosanoat majmuasida innovatsiyani qo’llash- bu ishlab chiqarishda yangi usullardan foydalanishdan iboratdir. Agrasanoat majmuasida klaster usuli biolaboratoriyalarni, fermer xo’jaligi faoliyatini to’liq o’rganishni, mineral o’g’itlar va kimyoviy moddalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini, xom ashyolarga birlamchi qayta ishlov  beruvchi, mahsulotlarni saqlash va tarqatuvchi korxonalar faoliyatini o’rganishni o’z ichiga qamrab oladi. SHu bilan birga bu usulni afzal tomonlaridan biri bir biriga bog’liq bo’lgan  oqimni boshqarish samarali  hisoblanadi.

Kegusida tadbirkorlarning biznes barqarorligini ta’minlanishiga erishiladi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarning yuqori intellektual salohiyatga ega yangi avlodi yaratiladi;

Qishloq xo’jaligi sohasi uchun qishloq xo’jaligi menejmenti ta’lim yo’nalishi mutaxassislarini hamda zamonaviy bilim va salohiyatga ega  bo’lgan iqtsodiyot kadrlarini tayyorlanishiga erishiladi;

Mavzuga oid ilmiy asoslangan xulosa va takliflar ishlab chiqiladi va tadqiqot natijalari bo’yicha tavsiyalar tayyorlanadi va keng jamoaga ommalashishi ta’minlanadi.

Ilmiy loyiha mavzusi bo’yicha professor-o’qituvchilar tomonidan olib borilgan falsafa va fan doktorlari ilmiy-tadqiqot natijalari soha tadbirkorlarining biznes barqarorligini ta’minlash uchun hizmat qiladi.

11.

Tuproq ostidan sug’orish usulini qishloq xo’jalik ekinlariga qo’llanilishini ilmiy asoslash

Qishloq xo’jaligi va energetika, energiya-resurs tejamkorlik, transport, mashina va asbobsozlik

Tadqiqotlar maqsadini amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish ko’zda tutiladi:

- suvtejamkor tuproq ostidan sug’orish texnologiyasini g’o’zani  Andijon-35 hamda Andijon-36 navlarini sug’orish tartiblariga ta’sirini o’rganish;

- g’o’za navlarini suvtejamkor tuproq ostidan sug’orish texnologiyasini sizot suvlari sathining dinamikasiga ta’sirini aniqlash;

- g’o’za navlarini suvtejamkor tuproq ostidan sug’orish texnologiyasini tuproqdagi ozuqa moddalar miqdoriga ta’sirini aniqlash;

- suvtejamkor tuproq ostidan sug’orish texnologiyasini g’o’za navlarining ko’chat qalinligiga, o’sishi va rivojlanishiga ta’sirini o’rganish;

- suvtejamkor tuproq ostidan sug’orish texnologiyasini g’o’za navlarini hosildorligiga va paxta tolasining texnologik ko’rsatkichlariga ta’sirini aniqlash;

- g’o’za navlarining maqbul sug’orish tartiblarini ta’minlovchi takomillashgan suvtejamkor tuproq ostidan sug’orish texnologiyasini iqtisodiy samaradorliklarini aniqlash.

Tadqiqotlar Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filalining tajriba dalasida olib boriladi. Tajribalar olib borish uchun g’o’zani tuproq ostidan sug’orish dalasi tanlab olinadi. Vegetatsiya boshidan to vegetatsiya oxirigacha sizot suvlar sathi nazorat qilinadi, ekinlar urug’i unishidan tortib, to pishib yetilguncha tuproq nami, sizot suvlarning mineralizatsiyasi aniqlab boriladi, shuningdek tajriba dalasining suv, tuz va mineral o’g’itlarning balanslari o’rganiladi. G’o’zaning  Andijon-35 va Andijon-36 navlariga berilgan suv miqdori o’lchab boriladi. Tajriba dalasida fenologik kuzatuv ishlari olib boriladi. G’o’zaning Andijon-35 va Andijon-36  navlariga ma’dan o’g’itlarning yillik me’yori azot-200, fosfor-140 va kaliy-100 kg/ga miqdorida qo’llanilib, sug’orish me’yorlari o’rganiladi, hamda 1 tonna mahsulotga sarf bo’lgan suv miqdorlari bo’yicha natijalar olinadi. Ushbu olingan natijalar asosida g’o’zani tuproq ostidan sug’orishda suvdan samarali foydalanish samaradorligiga erishiladi. Tumanlashgan, istiqbolli va yangi g’o’za navlarining hosildorligi va ularning iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi. 2019 va 2020 yillarda fermerlar uchun seminarlar uyushtiriladi va tajriba natijalari tanishtiriladi. G’o’zani tuproq ostidan sug’orishda suvdan samarali foydalanish maqsadida tavsiyanomalar va o’quv qo’llanmalar yozilib, Andijon viloyatidagi fermerlarga va oliy o’quv yurtlari talabalariga taqdim etiladi.

12.

Respublikaning turli iqlim sharoitlariga mos  uzumning agrobiologik xususiyatlarini o’rganish asosida eksportbop xo’raki va istiqbolli texnik navlarni yaratish

 

O’rmon xo’jaligi fanlari

Respublika tabiiy-iqlim sharoitlariga mos eng yaxshi navlarni tanlash, o’z vaqtida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish, marketingni yulga qo’yish kabi ishlarni amalga oshirish loyihaning asosiy maqsadi hisoblanadi. Hozirgi kunda kompleks yo’lga qo’yilgan ishlarga uzum novdasini joylashtirish (G, V, T, o’rmalab o’suvchi va yerda o’stirish) muxim ahamiyatga ega, chunki yorug’lik, ozuqa va suv, shamol barcha o’simlik qismlariga bir xilda yetib borishi  yaxshi hosildorlikka  erishish imkoniyatini bermoqda. Bundan tashqari uzum mevasini erta pishirish maksadida, mosh kattalikda birinchi marta, no’xat kattalikda ikkinchi marta va rang kira boshlashidan avval uchinchi marta tokni “Halqalash”, shingilni kamaytirish orqali shingildagi mevalarni standartlashtirish va yiriklashtirish ishlarini bajarishda Isroil va Amerika uslublaridan foydalanib, 20-30 kun avval uzum pishishiga erishish.  Suvni tejovchi va suv resurslaridan samarali foydalanish, tokzorlarga tomchilatib sug’orish tizimini joriy etish, uzumchilikda yangi innovatsion mexanizatsiya tizimini joriy etish, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish tadqiqotning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Loyiha doirasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagilarga erishiladi:

-turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos, haridorbop, ertapishar, kasallik va zararkunandalarga chidamli, eksportbop, xo’raki va istiqbolli texnik navlarni tanlash texnologiyasi ishlab chiqiladi;

-innovatsion texnologiyalar bo’yicha uzum ko’chatlarini yetishtirish yo’lga qo’yiladi;

-agrotexnik tadbirlarni olib borishda ilg’or texnologiyalardan foydalanish joriy etiladi;

-tomchilab sug’orish tizimini qo’llash natijasida 75%  suv tejaladi;

-uzumni quritish va qayta ishlash texnologiyalari takomillashtiriladi;

-Respublikaga ko’chat va tayyor maxsulot yetkazib berish yo’lga qo’yiladi.

-meteostantsiyalar ko’rsatkichlariga asosan kasallik va xasharotlarni fenologik rivojlanish boskichlarini hisobga olgan xolda, kasallik va xasharotlarni aynan kupayish ehtimoli mavjud bo’lgan vaqtda ularga qarshi kurashish natijasida sarf-harajatlar miqdori 50% gacha kamaytiriladi.

13.

Qishloq xo’jaligiga innovatsion loyihalarni jalb etish va ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilishda moliyaviy menejmentni takomillashtirish asosida barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlash

Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash va erkinlashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish

O’zbekistonda demokratik tamoyillarga asoslangan, ijtimoiy-iqtisodiy farovonlikni ta’minlaydigan barqaror iqtisodiy tizim- iqtisodiyotni modernizatsiyalashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda zamonaviy moliya tizimi va uni boshqarishning samarali mexanizmlarini shakllantirish masalalari amaldagi islohotlardan kutiladigan pirovard natijalarga erishishning muxim omillaridan biridir.O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida qishloq xo’jaligi korxonalarida moliyaviy menejmentni tashkil etish va uning metodologiyasini amaliyotga joriy etish va rivojlantirish istiqbollarini o’rganish va takliflar berish hamda agrar tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish sharoitida qishloq xo’jaligi korxonalarida moliyaviy menejmentni takomillashtirish asosida barqaror iqtisodiy o’sish va uning raqobatdoshligini oshirishning strategik yo’nalishlarini tadqiq qilishni muttasil oshirib borish loyihaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Farg’ona vodiysi viloyatlarining qishloq xo’jaligi korxonalarida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni tashkil etish, boshqarish va uning moliyaviy faoliyati tahlil etiladi.

 Qishloq xo’jaligi korxonalarini diversifikatsiya qilishda ishlab chiqaruvchilarning geografik joylashishi, yer maydonlarining xususiyatlaridan  kelib chiqqan holda, mahsulot yetishtirish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yetishtirilgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini minitexnologiyalar bilan sanoat negizida qayta ishlash, takroriy ekinlarni (makkajo’xori, sholi, soya, mosh, ko’k aralashma) sotish masalalari o’rganiladi. Ekinlarni o’sishi, rivojlanishi, hosildorligi va ularni sotish natijalari aniqlanadi.

 Barcha moliyaviy kuzatuvlar hamda tahliliy ma’lumotlar jamlanib, fermer xo’jaliklari, agrofirmalar va  tadbirkorlar uchun tavsiyalar ishlab chiqiladi.

14.

Er va suv resurslaridan samarali foydalanishda innovatsion agrotexnologiyalarni qo’llash va iqtisodiy samaradorligini asoslash

Qishloq xo’jaligi va atrof-muxit muhofazasi

Respublikamizda bugungi kunda sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish, suv tanqisligi sharoitida mavjud suv va yer resurslaridan samarali foydalanish, keng qamrovli irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga oshirilmoqda. G’o’za hosildorligini muttasil oshirib borish va qo’shimcha don hosilini olish uchun ekinlarni birgalikda yetishtirish agrotexnologiyasi suv va yer resurslarni tejaydigan hamda istiqbolli tuproq ostidan sug’orish usulini doimo takomillashtirish va mukammallashtirishni talab etadi. Andijon viloyatining o’tloqi-bo’z, mexanik tarkibiga ko’ra o’rta qumoq, sizot suvlari sathi 2,0-2,5 metr chuqurlikda joylashgan tuproqlari sharoitida g’o’zani turli navlarini dukkakli don ekinlari bilan birgalikda yetishtirishda  maqbul sug’orish tartiblarini ta’minlovchi takomillashgan suvtejamkor  sug’orish texnologiyasini aniqlash hamda uni g’o’za va turli dukkakli don ekinlarining birgalikda o’sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini o’rganib, fermer va suv xo’jaligi tashkilotlari uchun ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish loyihaning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Ushbu loyiha orqali respublikamizdagi barcha fermer xo’jaliklari uchun g’o’za va dukkakli ekinlarni birgalikda yetishtirishda sug’orish tarmog’ining moslamalari tayorlanadi, sug’orish tarmog’ini qurilishi tashkil etiladi, g’o’zaning turli navlarini suvtejamkor zamonaviy sug’orish texnologiyasini sizot suvlari sathining dinamikasi, tuproqdagi ozuqa moddalar miqdori, g’o’zaning ko’chat qalinligi, o’sishi va rivojlanishi, hosildorlik va paxta tolasining texnologik ko’rsatkichlariga ta’siri va uning sifatini aniqlash bo’yicha  tajribalar amalga oshiriladi, tajribalar davomida olingan eng yaxshi natijalarga ega bo’lgan tajribani yakuniy hisoboti tayyorlanadi, iqtisodiy samaradorligi aniqlanib, fermer xo’jaliklariga tavsiyanomalar tayyorlanadi va tarqatiladi.

.

INNOVATSION ISHLANMALAR

1.

Mevali bog’lardagi olma shirasiga qarshi kurashda entomofaglarning rolini oshirish

Qishloq xo’jaligi va o’simliklarni himoya qilish

Mevali bog’lardagi daraxtlarning zararkunandalari va kasalliklariga qarshi o’z vaqtida kurash choralarini ko’rmaslik yetishtirilayotgan meva hosilini ma’lum qismini nobud bo’lishiga olib keladi.

Mevali bog’larning asosiy so’ruvchi zararkunandalaridan biri shiralar bo’lib, uni rivojlanish davri davomida o’simlikning bo’rtgan kurtaklaridagi shirani, keyinchalik bargini va gullaridagi shiralarni  so’rib shikast yetkazadi. Natijada shikastlangan shira ta’sirida tezda barglar buralib, sarg’ayadi va qurib to’kiladi. Qattiq shikastlanganda meva ko’chatlari qurib qoladi.

 

Mevali bog’larlardagi shiralarga qarshi oltinko’z imagosi ko’llaniladi, koktsinellidlarni laboratoriya sharoitida ko’paytirish yo’lga qo’yiladi. Foydali xasharotlarni (entomofaglar) qo’llash, feromon tutqichlar ma’lumotlaridan foydalanish natijasida shira zararkunandasi sonini o’z vaqtida aniqlashga erishiladi. Bundan tashqari, ushbu zararkunanda monitoringi ishlarining samaradorligi oshadi va ularga qarshi kurash choralari ishlarini avvaldan rejalashtirish imkoni yaratiladi. SHuningdek, feromon tutqichlar ma’lumotlari asosida shiralar zararkunandasiga qarshi biologik kurashning optimal muddatlari va xajmlari aniqlanadi hamda zararkunanda monitoringi tizimini soddalashtirish imkoniyati yaratiladi.

2.

Feromon tutqich ma’lumotlari asosida ko’sak qurti sonini aniqlash usulini takomillashtirish

Qishloq xo’jaligi va o’simliklarni himoya qilish

Farg’ona vodiysi sharoitida g’o’zaning asosiy zararkunandasi ko’sak qurti hosildorlikka jiddiy zarar keltirmoqda. Bu zararni kamaytirish uchun g’o’zada ko’sak qurtining bioekologiyasini to’liq o’rganish zarur. Rivojlanish dinamikasini labaratoriya va dala sharoitida manitoring olib borish ilmiy asosda kurash tizimini yaratib joriy etish zarur. Ko’sak qurti kapalaklarining o’rtacha pushtdorligini aniqlashning matematik modeli, zararkunanda kapalaklarining 1 gektar maydonga qo’ygan tuxumlari sonini 1 ta feromon tutqichga tushgan erkak kapalaklarning o’rtacha soni, zararkunanda g’umbaklarining og’irligi va o’lchamiga qarab hisoblash formulalari ishlab chiqildi. G’o’zani himoya qilishda eng asosiy strategiya uyg’unlashgan himoya qilish tizimiga asoslanib, sarflanadigan harajatlarni ozaytirish, himoyani yanada samarali o’tkazish imkoniyatlari yaratiladi. Ushbu loyihada O’zbekistonda kashf etilgan zamonaviy texnologiya va vositalarga asoslangan ilmiy-tadqiqotlar olib borilib, uni amaliyotga vodiy sharoitlarini inobatga olgan holda joriy etiladi.

Ko’sak qurti zararkunandasi kapalaklarining pushtdorligini aniqlashning matematik modellari (feromon tutqichlarga tushgan erkak kapalaklar soniga asosan) ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan zararkunanda pushtdorligini aniqlash modeli yordamida zararkunandaning g’o’za maydonidagi sonini aniqlash imkoni yaratiladi.

 G’o’za zararkunandasi ko’sak qurtiga qarshi feromon tutqich ma’lumotlari asosida ularning sonini aniqlash usuli ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi. Ko’sak qurti sonini feromon tutqich ma’lumotlari asosida ular sonini aniqlash usuli ishlab chiqiladi va o’simliklarni himoya qilish markazlari faoliyatida joriy qilish uchun tavsiya etiladi.

 

 


 


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech