Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialining
ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustivor yo’nalishlari.

 

Filialning 14 ta mutaxassislik va 5 ta fakultetlararo kafedralarida O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlangan tematik mavzular asosida 4 ta ustuvor  yo’nalishlar bo’yicha 27 ta mavzularda  ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.  

Birinchi yo’nalish: “Qishloq xo’jalik ekinlarining yangi yuqori hosilli navlarini yaratish hamda ularni kasallik va zararkunandalardan ximoya qilishning samarali usullarini ishlab chiqish”.

Ikkinchi yo’nalish: “Agrar sohada qo’llanilayotgan texnikalarni ta’mirlash, mustahkamligini oshirish va yangi energiyaresurstejamkor texnologiyalarni yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy etish”.

Uchinchi yo’nalish: Qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlashda atrof-muhitni muhofaza qilish, yer-suv, tuproq, iqlim va boshqa tabiiy omillardan samarali foydalanish”.

To’rtinchi yo’nalish: Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida dehqon fermer xo’jaliklarida innovatsion faoliyatni rivojlantirish, iqtisodiy samaradorligini oshirish hamda fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini takomillashtirish”.

Asosiy yo’nalishlar doirasida amalga oshirilayotgan dolzarb ilmiy-tadqiqot ishlari kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan quyidagi mavzular bo’yicha bajarilmoqda.

1. Agrobiologiya fakultetining “Dehqonchilik va melioratsiya” kafedrasi mudiri, dotsent O.Botirov rahbarligida “Takroriy va oraliq ekinlarni tuproq unumdorligiga va tuproqdagi zararli tuzlarga ta’siri”.

2. “O’simlikshunoslik” kafedrasi mudiri, q.x.f.n., dotsent Z.Jumaboyev rahbarligida “G’o’zani tuproq ostidan sug’orishda hosil elementlarini shakllantirishning ilmiy asoslari”.

3. “Qishloq xo’jaligi genetikasi, selektsiyasi va urug’chiligi” kafedrasi mudiri, q.x.f.n., dotsent I.Kimsanov rahbarligida “Farg’ona vodiysi sharoitida rayonlashtirish uchun ertapishar, serhosil va yuqori sifatli tola beradigan g’o’za navlarini yaratish”.

4. “Qishloq xo’jalik mashinalari va texnik servisni tashkil etish” kafedrasi professori, t.f.d. T.S.Xudoyberdiyev rahbarligida “G’o’za qator oralariga ko’p qatorli bug’doy urug’ini ekuvchi kombinatsiyalashgan agregat yaratish”.

5. “Qishloq xo’jalik mashinalari va texnik servisni tashkil etish” kafedrasi dotsenti, t.f.n., G’.Oripov rahbarligida “Qishloq xo’jaligi neft omborlaridagi tiniq neft mahsulotlari bug’larini ushlab qolish texnologiyasi va texnik vosita konstruktsiyasini ishlab chiqish” mavzularida.

6. “O’simliklar ximoyasi va agrokimyo” fakultetining “O’simliklar va qishloq xo’jalik mahsulotlari karantini” kafedrasi mudiri, qishloq xo’jalik fanlari doktori (PhD) X.Abdullaeva rahbarligida “Qishloq xo’jaligida ekologik sof mahsulot yetishtirishda kasallik va zararkunandalarga qarshi zamonaviy kurash choralarini ishlab chiqish”.

7. “O’simliklarni himoya qilish va qishloq xo’jalik fitopotologiyasi” kafedrasi mudiri, q.x.f.n., dotsent S.Mirzaeva rahbarligida “Qishloq xo’jalik ekinlarida zararli organizmlarning tarqalishi, zarari va ularga qarshi kurash tizimini takomillashtirish”.

8. “O’simliklarni himoya qilish va qishloq xo’jalik fitopotologiyasi” kafedrasi assistenti O.Raxmatov rahbarligida “O’simliklarni ximoya qilishda biologik faol moddalardan foydalanishning samaradorligini oshirish texnologiyasi”.

9. “Agrokimyo va tuproqshunoslik” kafedrasi mudiri, qishloq xo’jalik fanlari doktori (PhD) I.Ro’ziyev rahbarligida “Farg’ona vodiysining turli tuproq sharoitlarida qishloq xo’jalik ekinlari uchun mineral o’g’itlar me’yorlarini maqbullashtirish”.

10. “Agrosanoatda buxgalteriya hisobi kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent S.Maxmudov rahbarligida “Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobi va uning faoliyati tahlilini takomillashtirish”.

11. “Agrobiznes va investitsion faoliyat” kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent Z.Isroilov rahbarligida “Andijon viloyatida paxta-g’alla yo’nalishiga ixtisoslashgan fermer xo’jaliklarini modernizatsiyalash va uni iqtisodiy samaradorligini o’rganish”.

12. “Agrobiznes va investitsion faoliyat” kafedrasi dotsenti, i.f.n. O.Maxmudov rahbarligida “Qishloq xo’jalik korxonalarida ilg’or innovatsion texnologiyalarni joriy etish samaradorligini o’rganish” mavzularida.
         13. O’rmon xo’jaligi
va meva-sabzavotchilik fakultetining “Andijon viloyati sharoitida o’rmonchilikni rivojlantirish va o’rmon daraxtlari turlarini ko’paytirishning yangi innovatsion texnologiyalarini ishlab chiqish”.

14. “Dorivor o’simliklar” kafedrasi mudiri, b.f.n., dotsent M.Baratova rahbarligida “Farg’ona vodiysining dorivor o’simliklarini o’rganish”.

15. “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash” kafedrasi mudiri, katta o’qituvchi R.Mirzaev rahbarligida “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashda yangi texnika va texnologiyalardan samarali foydalanish”

16. “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik kafedrasi dotsenti, q.x.f.n., dotsent J.To’ychiyev rahbarligida “Sabzavotbop dukkakli ekinlarni takroriy ekin sifatida ekib, ularning urug’chiligini takomillashtirish”.

17. “Elektr energiyasi, gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish” kafedrasi mudiri t.f.n., dotsent N.Samatov rahbarligida “Andijon viloyati agrosanoat kompleksida mini GES larni joriy etish va asoslash”.

18. “Elektr energiyasi, gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish” kafedrasi professori, q.x.f.d. A.Isashov rahbarligida “Farg’ona vodiysi sharoitida zamonaviy resurstejamkor gidromeliorativ tadbirlar va nasos stantsiyalaridan foydalanishning yangi uslullarini ishlab chiqish” mavzularda.

19. Fakultetlararo kafedralardan “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti, f.f.n. T.Abdullaev rahbarligida “Mamlakatimizda aholi ongi va qalbiga milliy g’oya hamda mafkuramizni chuqur singdirish va uning falsafiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy asoslarini takomillashtirishda jamoatchilik nazoratining o’rni va ahmiyatini o’rganish”.

20. “Gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti, t.f.n. Q.Nasritdinov “O’zbekistonda diniy qadriyatlar, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, xorijiy tillar o’qitilishi va rivojlanish tarixi (O’rta asrlar, yangi va eng yangi davr)” mavzularda.

21. “Axborot texnologiyalari va matematika” kafedrasi dotsenti, t.f.n. N.Karimov rahbarligida “Fermer xo’jaliklarida qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va uning ekologiyasini axborot tizimlari asosida modellashtirish, algoritmlashtirish va avtomatlashtirishning ayrim masalalarini o’rganish”.

22. “Axborot texnologiyalari va matematika” kafedrasi dotsenti, f.m.f.n. R.Jo’raqulov rahbarligida “Qishloq xo’jaligi yo’nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida matematika fanlari mazmuni va axborot texnologiyalarini qo’llab o’qitish samaradorligini oshirish yo’llarini takomillashtirish”.

23. “Fizika va kimyo” kafedrasi mudiri, f.m.f.n., dotsent P.Xakimov rahbarligida “Fizikaviy, fizikaviy-kimyoviy usullar, qurilmalar, preparatlar yordamida o’simliklar zararkunandalariga qarshi kurashish samaradorligini oshirish”.

24. “Fizika va kimyo” kafedrasi professori, k.f.d. N.Madixonov rahbarligida “Fenol xosilalari-propargil efirlari asosida, ikkilamchi (alifatik, aromatik, geterotsiklik) aminlar bilan  1,2,3-triazollar sintezi,  ularning kimyoviy xossalari va biologik faolligini o’rganish” mavzularda.

25. “Pedagogika, psixologiya va jismoniy tarbiya” kafedrasi dotsenti, p.f.n. V.Ataxojaev rahbarligida “Kasb-hunar kollejlariga mutaxassis pedagoglar tayyorlashning ijtimoiy-pedagogik va psixologik asoslarini o’rganish”.

26. “Pedagogika, psixologiya va jismoniy tarbiya” kafedrasi katta o’qituvchisi YU.Qosimov rahbarligida “Qishloq xo’jalik sohasiga oid atamalar lug’atini yaratish”.

27. “Pedagogika, psixologiya va jismoniy tarbiya” kafedrasi katta o’qituvchisi M.Mirzaev rahbarligida “YOsh sportchilarni universiada musobaqalariga munosib tayyorlash uslublarini ishlab chiqish” kabi mavzularda ilmiy izlanishlar amalga oshirilmoqda.

Rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining mavzulari ekinlar hosildorligini oshirish, ekinlar selektsiyasi va urug’chiligini rivojlantirish, o’simliklarning kasallik va zararkunandalariga qarshi samarali himoya uslublarini qo’llash, texnika vositalaridan samarali foydalanish, barcha turdagi resurslardan oqilona foydalanish va resurstejamkor texnologiyalarni keng miqyosda qo’llash, fermer xo’jaliklarining iqtisodiy samaradorligini oshirish, qishloqda infratuzilma majmuini rivojlantirish, umuman olganda, qishloq xo’jaligining barcha jabhalarini rivojlantirishga qaratilgandir.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech