Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialida iqtidorli

talabalar bilan amalga oshirilayotgan ishlar

 

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi PQ-3704 qarorining 1a -ilovasiga muvofiq Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialining tuzilmasida yangidan Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo’limi ochilgan.

Bugungi kunda filialning 3 ta fakultetlarida jami 218 nafar iqtidorli talabalar tahsil oladi. Jumladan, Agrobiologiya fakultetida
75 nafar, O’simliklar ximoyasi va agrokimyo fakultetida 80 nafar, O’rmon xo’jaligi va meva-sabzavotchilik fakultetida 63 nafar iqtidorli talabalar bilim olmoqda.

Filialning iqtidorli talabalari muntazam ravishda turli xil ko’rik-tanlovlarda, fan olimpiadalarida hamda turli xil musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli o’rinlarni egallab g’olib bo’lib kelmoqdalar.

Hozirgi kunda filialning 19 ta kafedralarida jami 14 ta ilmiy to’garaklar faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan,  Agrobiologiya fakultetida 2 ta (YOsh izlanuvchilar, YOsh dexqon), O’simliklar ximoyasi va agrokimyo fakultetida 6 ta (Biolam, YOsh auditor, Buxgalter amaliyotchi, Moliyachi, YOsh menendjer, YOsh iqtisodchi), O’rmon xo’jaligi va meva-sabzavotchilik fakultetida 6 ta (YOsh elektriklar, Meliorator, Ekoturizm, YOsh o’rmonchilar, Sohibkor, YOsh bog’bonlar) ilmiy to’garaklarda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

2018 yil 11 sentyabrdagi №87-04-1293-sonli xatiga asosan O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi va YOshlar ittifoqi bilan xamkorlikda yoshlar, talabalar va yosh olimlar uchun innovatsion g’oya va startap loyihalarini yaratish va tadbirkorlik sohasida o’z salohiyatlarini ro’yobga chiqarishlari uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida “YOshlar kelajagimiz” davlat dasturi doirasida “Startap-tashabbuslari” dasturi asosida filialning 25 nafar iqtidorli talabalari o’zlarining innovatsion g’oya va loyihalari bilan ishtirok etdilar. Xozirgi kunda O’rmon xo’jaligi va meva-sabzavotchilik fakulteti Qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki qayta ishlash texnologiyasi ta’lim yo’nalishi III-bosqich talabasi Abdullaev Xamidjon “YOsh baliqchi” mavzusidagi o’zining innovatsion g’oyasi bilan viloyat bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib “YOsh baliqchi” nominatsiyasi bo’yicha g’olib deb topildi va sertifikat bilan taqdirlandi va Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

O’zbekiston  Xotin-qizlar ko’mitasi va O’zbekiston Ixtirochi ayollari markazi tomonidan “O’zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi” II Respublika tanlovida O’simliklar ximoyasi va agrokimyo fakulteti O’simliklar ximoya qilish va karantin ta’lim yo’nalishi talabalari Usmonxojaeva Gavxaroy, Qo’ldosheva Zilola, Abdulxodiyeva Ziyodaxonlar, Agrobiologiya fakulteti Agronomiya ta’lim yo’nalishi talabasi SHoimova Dilshodaxonlar o’z innovatsion loyihalari bilan tanlovda qatnashmoqdalar.

2018 yilda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalri”,  “Tadbirkorga qanot-taraqqiyotga yo’l” hamda “2019-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi seminarlarda 100 nafardan ortiq iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.

2018-2019 o’quv yilida talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga keng jalb etishini, talabalarni “a’lo” va “yaxshi” baholarga o’qishini, namunali xulqi, izlanuvchanligi, mustaqil fikrlashi, insoniy fazilatlari, zukkoligi, donoligi, tashabbuskorligi, o’qishdagi muvaffaqiyatlari, yorqin iste’dodini namoyish qilishi, fan va ta’lim sohalarida erishgan sara yutuqlari hamda qobiliyatli yoshlarni rag’batlantirish tizimini yanada takomillashtirish hamda iqtidorli va iste’dodli talabalarni aniqlash maqsadida filialning Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo’limi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufidagi qishloq xo’jalik oliy o’quv yurtlari talabalari uchun Amerika Qo’shma SHtatlarining USAID halqaro tashkilotining “Qishloq xo’jaligida qiymat zanjirini rivojlantirish” loyihasi doirasida tanlov e’lon qilinadi. Tanlov quyidagi “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi ilmiy ishlanma”, “Eng yaxshi iqtidorli, iste’dodli va a’lochi talaba” nominatsiyalar bo’yicha o’tkaziladi. Tanlov 2019 yilning  1 yanvaridan  15 dekabriga qadar 3 bosqichda o’tkaziladi:

1-bosqich – 2019 yil noyabr oyining 3-o’n kunligida har bir oliy ta’lim muassasasi va filiallarida o’tkaziladi. Bunda har bir yo’nalish bo’yicha  oliy ta’lim muassasasi bosqichi g’olibi aniqlanadi va 2-bosqichga yo’llanma oladi;

2-bosqich – 2019 yil dekabr oyining 2-o’n kunligida Toshkent shahrida bo’lib o’tadi. Bunda tashkiliy qo’mita va tanlov komissiyalari tomonidan “Eng yaxshi ixtiro”, “Eng yaxshi ilmiy ishlanma”, “Eng yaxshi iqtidorli, iste’dodli va a’lochi talaba” nominatsiyalar bo’yicha tanlovning I-II-III-o’rin g’oliblari aniqlanadi va tanlov yakunlari bo’yicha qaror qabul qilinadi;

3-bosqich - 2019 yil dekabr oyining oxirida tanlov g’oliblarini mukofotlash bo’yicha tadbir o’tkaziladi va g’oliblarga maxsus diplom va esdalik sovg’alari tantanali ravishda topshiriladi.

Tanlovda barcha fakultetdagi iqtidorli talabalarini ko’proq jalb qilib va tanlovda g’olib bo’lishlari uchun samarali ishlarni tashkil qilishimiz lozim.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech