Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialida faoliyat ko’rsatayotgan “Ustoz-shogird maktabi” da amalga oshirilgan  ishlar

 

 

Hozirda filialning tajribali professor-o’qituvchilariga iqtidorli talabalar biriktirilib, ular bilan “Ustoz shogird maktabi” tizimi asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.  Filialning  tajribali professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan iqtidorli talabalar Respublika miqyosida o’tkazilayotgan turli xil tanlovlarda ishtirok etib g’olib bo’lmoqdalar.

Talabalar o’rtasida 2018 yilning aprel oyida 7 ta mutaxassislik va 15 ta umumkasbiy fanlar bo’yicha talabalar Respublika fan olimpiadasining
I-bosqichi (institut bosqichi) o’tkazildi. Olimpiadaning I-bosqichida jami
98 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etdilar. SHundan 12 nafar yuqori natijalarga erishgan talabalar respublikamizning turli oliy o’quv yurtlariga II-bosqichida (Respublika bosqichi)  ishtirok etish uchun yuborildi. 2018 yilning may oyida o’tkazilgan fan olimpiadasining II-bosqichida (Respublika bosqichi)
3 nafar talabalar (Xatamova N., Abdullaev M., Abdulxodiyeva Z.) g’olib bo’ldilar.
        SHuningdek joriy yilning iyul oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va Beruniy nomli davlat stipendiyalari tanlovining
I-bosqichi (filial bosqichi) o’tkazildi.
 Tanlovda jami 14 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etdilar. SHulardan eng yuqori ballarga ega bo’lgan 4 nafar talabalarning xujjatlari II-bosqichga (Respublika bosqichi) taqdim etildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tuzilgan komissiya xulosasiga ko’ra ularning 2 nafari Beruniy nomli davlat stipendiyasi tanlovi g’olibi bo’ldilar. Jumladan, 2018-2019 o’quv yili uchun “Agrobiologiya” fakultetining Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi,  III-bosqich  talabasi Mo’minjonov Sanjarbek Ravshanjon o’g’li hamda “Agrobiologiya” fakultetining Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari turlari bo’yicha) ta’lim yo’nalishi,  IV-bosqich talabasi Alijonova Gulbahor Alijon qizi Beruniy nomli Davlat stipendiyasi sovrindori bo’ldilar.

2018 yilda o’tkazilgan Respublika fan olimpiadalarida jami 100 nafar talabalar, jumladan, Agrobiologiya fakultetida 34 nafar, O’simliklar ximoyasi va agrokimyo fakultetida 36 nafar, O’rmon xo’jaligi va meva-sabzavotchilik fakultetida 30 nafar iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.

Bundan tashqari 2018-2019 o’quv yili uchun o’tkazilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va Nomdor davlat stipendiyalari tanlovlarida jami 30 nafar iqtidorli talabalar, jumladan, Agrobiologiya fakultetidan 9 nafar, O’simliklar ximoyasi va agrokimyo fakultetidan
12 nafar, O’rmon xo’jaligi va meva-sabzavotchilik fakultetidan 9 nafar iqtidorli talabalar faol qatnashdilar.

2018 yilda “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari”,  “Tadbirkorga qanot-taraqqiyotga yo’l” hamda “2019-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi seminarlarda                100 nafardan ortiq iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech