Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialida faoliyat ko’rsatayotgan “Yosh olimlar maktabi”

 

            Filialda faoliyat ko’rsatayotgan yosh professor-o’qituvchilar, tahsil olayotgan doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va matagistr talabalari uchun texnika fanlari, qishloq xo’jalik fanlari, kimyo fanlari va biologiya fanlari sohalarida “YOsh olimlar maktabi” tashkil etilgan bo’lib, ularda filialning tajribali professor-o’qituvchilari rahbarlik qilib kelmoqda. Masalan, “Qishloq xo’jalik mashinalari va texnik servisni tashkil etish” kafedrasida texnika fanlari sohasi bo’yicha t.f.d., professor T.S.Xudoyberdiyev, “Elektr energiyasi, gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish” kafedrasida melioratsiya, gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish sohalari bo’yicha t.f.d., professor M.Mamajonov va q.x.f.d., professor A.Isashovlar, “O’simlikshunoslik” kafedrasida qishloq xo’jalik fanlari sohasi bo’yicha q.x.f.d., professor N.O’razmatov, “O’simliklar va qishloq xo’jalik mahsulotlari karantini” kafedrasida o’simliklarni kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilish sohasi bo’yicha q.x.f.d., professor M.YUsupova, “Dorivor o’simliklar” kafedrasida dorivor va shifobahsh o’simliklarni iqlimlashtirish va ko’paytirish sohasi bo’yicha b.f.d., professor, T.Topvoldiyev, “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik” kafedrasida meva-sabzavotchilik va uzumchilik fanlari sohasi bo’yicha b.f.d., professor Q.Tojiboyev rahbarlik qilib kelmoqdalar.

 Filialning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida tayanch doktarantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilar tomonidan falsafa fanlari (PhD) va fan doktori (DSc) doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilish ishlari davom etmoqda.

Birgina 2018 yilning mart-dekabr oylari davomida jami 12 nafar yosh pedagog xodimlar falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiya ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Jumladan, Ro’ziyev Ikromjon, Tursunov Xayrullo, Botirov Mirzoxidjon, Jo’raev Akmaljon Mo’ydinov, Xoshimjonlar 06.01.01-Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik ixtisosligi bo’yicha, Amanov Bahodirjon, Egamberdiyeva SHaxnozaxonlar 06.01.02-Melioratsiya va sug’orma dehqonchilik ixtisosligi bo’yicha, Isashova Umidaxon 06.01.09-O’simliklarni ximoya qilish ixtisosligi bo’yicha, Iskandarov Sanjarbek 08.00.04-Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti ixtisosligi bo’yicha, Abdullaev Ismoiljon 06.08.01-O’simlikshunoslik ixtisosligi bo’yicha,  Xatamov Salimjon 06.01.01-Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik ixtisosligi bo’yicha va Valixonova Gulnoraxon 07.00.07-Etnografiya, etnologiya va antropologiya ixtisosligi bo’yicha tarix fanlari doktori (PhD) dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.  

Bundan tashqari 2019 yilning I-choragida filialning 1 nafar doktorantini fan doktori (DSc) dissertatsiya ishini himoya qilishi, II-III-IV choraklarda 7 nafar doktorantlarning fan doktori (DSc) dissertatsiya ishlarini himoya qilishlari, shuningdek 2019 yilning I-II-III-IV choraklarida filialning 15 nafar tayanch doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiya ilmiy ishlarini ximoya qilishlari rejalashtirilmoqda. 

Hozirgi kunda, ya’ni 2019 yilning yanvar-mart oylari davomida filialning “O’simlikshunoslik” kafedrasiga biriktirilgan doktorant  Tursunov Ibroximjon 31 yanvar kuni 06.01.01-Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik ixtisosligi bo’yicha va 28 fevral kuni shu kafedra assistenti Djuraev Muqimjon ham 06.01.01-Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik ixtisosligi bo’yicha hamda “O’simliklar va qishloq xo’jalik mahsulotlari karantinikafedrasiga biriktirilgan doktorant  Raxmonova Madinaxon 5 mart kuni qishloq xo’jalik fanlari doktori (PhD) dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech