Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti Andijon qishloq xo’jalik institutining o’quv-ilmiy va ma’muriy tarmog’i bo’lib, u 1991 yilning sentyabr oyida “Iqtisod” nomi bilan tashkil etilgan. Fakultet tarkibida o’sha davrda “Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti va ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Qishloq xo’jaligini boshqarish va hisoblash texnikasi”, “Siyosiy iqtisod” kafedralari bo’lgan bo’lsa, 1997 yilda “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi, 1995-yilda “Menejment va marketing”, “Hisoblash texnikasi va kompyuterlashtirish”, “Oliy matematika” kafedralari tashkil etildi.

Fakultetning tashkil topgan yilida 69 nafar yoshlar talabalikka qabul qilingan.
Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti

Respublikamizda olib borilgan iqtisodiy isloxotlar va tarkibiy o’zgarishlar xamda fakultet tarkibida yangi zamonaviy ta’lim yo’nalishlari ochilishi munosabati bilan 2004 yil sentyabr oyidan boshlab “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti nomi bilan yuritilmoqda.

Bugungi kunda esa fakultetda uchta Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va boshqaruv, Buxgalteriya xisobi va audit hamda Oliy matematika va axborot texnologiyasi kafedralari faoliyat ko’rsatmoqda.

Fakultetda uchta bakalavriat ta’lim yo’nalishlari:

5230100 - «Iqtisodiyot»

5230900 - «Buxgalteri xisobi va audit»

5111017 - «Kasb ta’limi (iqtisod)» ta’lim yo’nalishi 2013 o’quv yilidan qabul bo’lgan.

5610100 - «Fermer xo’jaligini boshqarish» ta’lim yo’nalishi o’rniga 5420100 «Qishloq xo’jaligi menejmenti» ta’lim yo’nalishi bo’yicha talabalar qabul qilindi.

Fakultetga 1991 yildan 2002 yilgacha i.f.n., dotsent A.Abdullaev, 2002-2005 yillarda fakultet dekani lavozimida i.f.n., dotsent X.Qo’chqarov faoliyat yuritgan. Xozirgi kunda Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetga i.f.n. dotsent v.b. X.Komolov dekanlik qilmoqda.

Fakultetda jami 968 nafardan ziyod talaba taxsil olmoqda. Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida 50 nafardan ortiq professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ular orasidan professor O.Zokirov, dotsentlar A.Abdullaev, T.Qayumov, O’.Mirxomidov, R.Jo’raqulov, N.Karimov, A.Davlatov, X.Komolov, O.SHermatov, O.Maxmudovlar yoshlarga bilim berishda fakultetda aloxida o’rinda turadi.

Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida 34 ta akademik gurux mavjud bo’lib, ularga fakultetning 34 nafar professor-o’qituvchilari gurux murabbiylari etib tayinlanganlar. Ular tasdiqlangan reja asosida talabalar bilan tarbiyaviy ishlarni olib bormoqdalar.
Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti

Fakultetda Uslubiy kengashi bo’lib, u i.f.n. D.Toshpo’latov raisligida faoliyat ko’rsatadi.

Ilmiy-uslubiy xamkorlikni olib borish maqsadida fakultet Toshkent Davlat agrar universiteti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent Moliya instituti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti xamda talabalar bilimini mustaxkamlash maqsadida viloyat miqiyosidagi korxona va tashkilotlari bilan o’zaro xamkorlikni yo’lga qo’ygan. Viloyat “Fermerlar kengashi”, “Davlat soliq boshqarmasi”, “Qishloq va suv xo’jalik boshqarmasi”, Markaziy bank Andijon viloyati filiali xamda turli qo’shma korxonalar shular jumlasidandir.

Hozirgi kunda “Iqtidorli talabalar bilan ishlash” bo’yicha “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi katta o’qituvchisi M.G’opporov mas’ul qilib tayinlangan bo’lib, talabalar “Auditor”, “YOsh iqtisodchi”, “Algoritm” va “YOsh matematik” nomli to’garaklarda o’z bilimlarini yanada mustaxkamlamoqdalar.

Iqtidorli talabalar bilan ishlashning tizimli asosda olib borilishi natijasida fakultet talabalari yevropa davlatlarida o’quv amaliyotini o’tamoqdalar.

Fakultet talabalari xalqaro va respublika miqiyosida tashkil etilayotgan sport musaobaqalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar. Jumladan, 2010 yil Andijonda o’tkazilgan Universiada sport musobaqasida Lutfillaev SHarofiddin (oltin) va Sobirov Diyorbek (kumush)lar sovrinli o’rinni qo’lga kiritgan bo’lsa, Buxoro shaxrida o’tkazilgan Universiada-2013 sport musobaqasida Lutfillaev SHarofiddin va Ro’ziyev Xusniddinlar oltin medal va Sobirov Diyorbek kumush medal soxiblari bo’lishgan. SHuningdek, Lutfullaev SHarofiddin 2013 yil Rossiyaning Qozon shahrida o’tkazilgan Butun jahon talabalar universiadasida sovrinli o’rinni qo’lga kiritdi.
Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti

Fakultetning bitiruvchilari respublikamiz xalq xo’jaligining turli soxalarida faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan Azizbek Raximov, Abdujabbor Egamberdiyev, Azizullo Xamdamov, Isroiljon Xolmirzaev, Xokimjon Baratov, Zafarbek Abdullaev, Bobirjon Sattarov, SHavkatbek Ergashev, Zafarbek Mo’ydinov, Nodirbek Mamatov, Baxromjon Bo’ronboyev, Akromxo’ja Mamadaliyev, Ma’rufjon Ashurboyev, G’olibbek Ravshanbekov, Ulug’bek Axmedovlar turli korxona va tashkilotlarda raxbar lavozimlarida ishlab kelmoqdalar.

Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti

Hozirgi kunda erishgan yutuqlarida professor-o’qituvchilardan professor O.Zokirov, dotsent Q.Usmonov, dotsent A.Abdullaevlarning xizmati katta. Undan tashqari iqtisodiyot (qishloq xo’jaligi) va fermer xo’jaligini bosh-qarish va yuritish bakalav-riat ta’lim yo’nalishlari biriktirilgan.

Professor-o’qituvchilar tomonidan mustaqillik yillarida darslik, o’quv qo’llanma, monografiya va o’qitilayotgan fanlar bo’yicha 100 dan ortiq uslubiy ko’rsatmalar tayyorlanib chop etildi.

Kafedralarda iqtidorli talabalar bilan ishlash samarali yo’lga qo’yil-gan. Iqtidorli talaba-larga ilmiy raxbarlari yordamida tadqiqot mavzulari biriktiril-gan. Kafedraning iqti-dorli talabalari xar yilgi institut talaba larining ilmiy anju manlarida faol qatna shib sovrinli o’rinlarni egallamoqda.

Kafedra rahbarlik kilayotgan iqtisodiyot xamda fermer xo’jaligini bosh-qarish va yuritish ta’lim yo’nalishi talabalari institut va fakultetning barcha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarida faol ishti-rok etib keladi.

Kafedrada bosqichlarning rahbarlari va guruxlarning murabbiylari o’zlariga biriktirilgan talabalar bilan bu sohada muntazam shug’ullanib borishadi. Talabalar bilan o’tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi talabaning ahloq-odobini va o’quv intizomini yaxshilanishida o’z aksini topmoqda.

Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti

Fakultetda 2009-2012 yillarda quyidagi ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi:

- «Fermer xo’jaliklari ko’p tarmoqli kooperativlarini faoliyat yuritishining takomillashtirilgan mexanizmini joriy qilish» mavzusida innovatsion qiymati 6 mln. so’m;

- «Bozor iqtisodiyoti sharoitida ASMni boshqarish nazariyasi va boshqarish tizimi samaradorligini baxolashning ilmiy-uslubiy asoslari» mavzusida fundamental loyiha, loyiha qiymati 4,5 mln. so’m.

Bundan tashqari 2009-2011 yillarga mo’ljallangan FTM tomonidan e’lon qilingan innovatsion layihalar tanloviga «Muqobil mashina traktor parkini (MMTP) bozor munosabatlariga moslashgan modelini amaliyotga joriy qilish» mavzusida berilgan ilmiy tadqiqot ishi moliyalashtirilmoqda.

Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida iqtidorli talabalar bilan ishlash O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni va Kadrlar tayorlash milliy dasturi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan «Nizom» asosida olib borilmoqda.
Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti

Hozirgi kunda talabalar quyidagi to’garaklarda ish olib bormoqdalar:

1. Auditor

2. YOsh iqtisodchi

3. Algoritm

4. YOsh matematik

5. Ingliz, Nemis tillari

Iqtidorli talabalar bilan ishlashning tizimli asosda olib borishi natijasida fakultet talabalaridan F.YAxshiboyev, A.Mannopov, E.Qirg’izov, B.Umarqulov, B.Tolipov, R.Ermatov, A. Erkaboyev, M. Xashimov va G.Raximovalar Germaniya davlatlarida o’quv amaliyotini o’tab qaytdilar.

Fakultetda professor-o’qituvchilarning malaka oshirishlariga alohida e’tibor berilmoqda. Respublikada o’tkazilayotgan turli tanlovlarda faol qatnashishmoqdalar. Jumladan, fakultetning ikki nafar professor-o’qituvchisi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg’armasi granti sovrindorlari bo’ldilar. Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti va boshqaruv kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent B.Nosirov Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida hamda Oliy matematika va axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri, i.f.n., dotsent D.Toshpo’latov Sankt-Peterburg Davlat politexnika universitetida o’z malakalarini oshirib qaytdilar. U yerda olgan tajribalarni hozirgi kunda o’quv jarayonida samarali qo’llamoqdalar. Bundan tashqari fakultetning barcha professor-o’kituvchilari Respublikamizning tayanch oliy o’quv yurtlarida muntazam ravishda o’z malakalarini oshirib bormoqdalar.



RSS

Kafedralar:


"Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti" kafedrasi

«Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti» kafedrasi institutning yangi tashkiliy tuzilmasi tasdiqlangandan keyin «Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti va boshqaruv» kafedrasining asosida 2016 yil 20 fevralda tashkil etilgan.

«Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti va boshqaruv» kafedrasi 2004 yil 2 oktyabrda «Iqtisodiyot» kafedrasining asosida tashkil etilgan. «Iqtisodiyot» kafedrasi esa 2003 yil iyul oyida «Menejment va marketing» hamda «Agroiqtisodiyot» kafedralarining qo’shilishi natijasida tarkib topgan.

"Qishloq xo'jaligida buxgalteriya hisobi va audit" kafedrasi

Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti tizimida Agroiqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil etish kafedrasi tarkibidan, institut ilmiy kengashining 1996 yil 2 dekabrdagi qaroriga asosan “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi tashkil etilgan.

Qishloq xo'jaligida menejment

O’zbekitston respublikasi vazirlar maxkamasining 2015 yil 3-noyabrdagi 311-sonli qaroriga asosan institut tuzilmasiga muvofiq yangi kafedralar tashkil etish masalasi ko’rildi. Kafedrani tashkil etilishi “Qishloq xo’jaligida menejment” yo’nalishiga qabul rejasini ortib borayotgani uchun bitirtiruvchi kafedra tuzishga exyoj kelib chiqqani, bugungi kunda qabul rejasi 175 kishini tashkil etayotganligini xisobga olib, xamda Qishloq xo’jalik iqtisodiyoti kafedrasida “Iqtisod” ta’lim yo’nalishi ham borligi e’tiborga olinib yangi bitirtiruvchi kafedrani ochilishizaruratiga aylanidi. Institut rektori Z.Jumaboyev tomonidan 19 fevral 2016 yil kuni Andijon qishloq xo’jalik institutida “Qishloq xo’jaligida menejment” kafedrasi tashkil etish haqida buyruq chiarildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech