Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

“Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 28-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida    2019 yil  28-yanvar kuni  O’zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi, Andijon tuman prokuraturasi, tuman ichki ishlar bo’limi,  tuman diniy idorasi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Andijon hududiy bo’limi bilan hamkorlikda joriy yilning
28 yanvar kuni filialning  kichik majlislar zalida, O’zbekiston yoshlar ittifoqi filial boshlang’ich tashkilotining majlislar zalida hamda filialning USAID anjumanlar zalida

“Axborot va murabbiylik soati” mashg’ulotlari doirasida  filial professor-o’qituvchilari hamda talaba-yoshlari o’rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish maqsadida “Ma’naviy barkamol yoshlar - yurt kelajagi” shiori ostida “Tinchlik – eng oliy ne’mat”, “YOshlar orasida  huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikni bartaraf etish va korruptsiyaga qarshi kurashish”, “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz!”, “Men huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mas’ulman!”,  “Islomda ekstremizm va terrorizmga o’rin yo’q”,  “Rangli inqiloblarni kelib chiqishi va ularning Markaziy Osiyoga ta’siri”  mavzularida mutaxassislar ishtirokida jonli muloqot tashkil etildi. 

1.jpg

Uchrashuvni filialning YOshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari M.Botirov kirish so’zi bilan ochib berdi. U o’z so’zida,  uchrashuvning asosiy maqsadi,  talaba-yoshlarni vatanga bo’lgan muhabbatini oshirish, ularni mustaqil fikrlaydigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qaraydigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega bo’lgan, milliy mentalitetimizga yot, zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlar etib  tarbiyalashga, yurtimizda dinlararo bag’rikenglik g’oyasi  xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarni bir zamin, bir vatanda, olijanob g’oya va niyatlar yo’lida hamkor va hamjihat bo’lib yashashga, dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g’oyalariga asoslanishi, u halollik, tinchlik, yaxshilik va do’stlik kabi bir qancha ezgu fazilatlarga tayanishi, insonlarni halollik va poklik, mehr-oqibat, insonparvarlik va bag’rikenglikka da’vat etishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir deya mavzu yuzasidan bugungi kunning dolzarb voqealariga alohida to’xtalib o’tdi va kun tartibidagi mavzular yuzasidan filialga tashrif buyurgan hamkor tashkilotlar vakillari bilan barcha auditoriyalar ishtirokchilarini tanishtirib chiqdi. SHundan so’ng,  Davlat xavfsizlik xizmati xodimi M.Toshmatov Tinchlik – eng oliy ne’mat” mavzusida ma’ruza qildi. U o’z ma’ruzasida o’tgan 2018 yil davomida olib borilgan davlat  islohotlari to’g’risida gapirib, hozirgi vaqtda yoshlar tomonidan diniy masalalarni boshqacha talqin qilish, o’zidan-o’zi siyosatlashtirish holatlari kuzatilayotgani haqida aytib o’tdi. SHuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi diniy kanallar, guruhlarga bilib-bilmay kirib qolgan yoshlarni har-xil terroristik guruhlarga qo’shilib qolayotganliklari, bunday yoshlar oliy ta’lim muassasalarining talabalari ham ekanligi achinarli holatligini tushuntirdi. Bugungi kunda viloyatimizda 47 ta  holatda hujralar aniqlanganligi va bu hujralarda voyaga yetmagan bolalarning tahsil olayotgani, ularning ongi zaharlanib borayotgani, bu esa kelajak avlodga zarar yetkazishi2.jpg
mumkinligi to’g’risida gapirib, kelgusida ana shunday hujralarni tashkil bo’lishini oldini olishda birlashishimiz, yoshlarga diniy emas, dunyoviy bilimlar berishimiz  lozimligini ta’kidlab o’tdi. M.Toshmatov o’z so’zida “Bizning eng katta kuchimiz, bu bizning ma’naviyatimizdir”- dedi. Har bir ta’lim muassasasida, mahallalarda “Tashabbuskorlar” guruhlarini shakllantirish kerakligi to’g’risida aytib o’tdi hamda ma’ruzasi yakunida yashayotgan tinch hayotimizni, o’tayotgan har bir daqiqa  vaqtimizni qadriga yetishimiz, Vatan oldidagi, ota-ona oldidagi burchimizni oqlashimiz shartligi to’g’risida gapirib o’tdi. 

 7.jpg

SHundan so’ng, ma’ruza uchun so’z Andijon tuman prokurori o’rinbosari, adliya kichik maslahatchisi Nurova SHoxidaxon Ravshanovnaga berildi. U o’z ma’ruzasida bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, olib borilayotgan chuqur islohotlar to’g’risida gapirib,  Muhtaram YUrtboshimiz tomonidan 2019 yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlantirish yili” deb e’lon qilinganligi, ta’lim sifatiga qattiq e’tibor qaratilayotganligi, bu esa yoshlarning o’qib-bilim olishida  ochib berilayotgan imkoniyatlar haqida gapirdi.YOshlarni tinch-osuda hayotning qadriga yetib yashashi, yurt tinchligiga, halqimiz osoyishtiligiga, insonparvar qonunlarimizga hurmat va sog’lom munosabatni shakllantirish, yoshlar tomonidan qonun va huquqqa nisbatan hurmat munosabatini shakllantirib borishga alohida to’xtalib o’tdi. Korruptsiyaga qarshi kurashishga har bir fuqaro mas’ul va javobgar ekanligini alohida ta’kidlab, bu borada qabul qilingan yangi qonunlar bilan jamoani tanishtirib chiqdi. Qonun ustuvorliligini davlatimizning har bir fuqarosi bilishi va amal qilishi lozimligini alohida misollar bilan sharhlab o’tdi.Navbatdagi mavzu yuzasidan so’zga  chiqqan Andijon tumani bosh imom xatibi Matg’oziyev Salimjon hozirgi globallashuv jarayonida diniy bag’rikenglik muammosi jahon hamjamiyati davlatlari uchun g’oyat dolzarb masalalardan biri hisoblanishi,   mamlakatimizda yashayotgan barcha millat vakillari millati, tili, e’tiqodi, ijtimoiy holatidan qat’iy nazar O’zbekiston halqini tashkil qilishi va ularning huquq va manfaatlari, shuningdek, e’tiqod erkinligi mustahkamlanganligi  to’g’risida ma’ruza qildi. SHuningdek, islom ma’rifati, bag’rikengligi  mavzularida  atroflicha masalalar o’qidi.
4.jpg

 Andijon tumani Hazrati Umar Odil jom’e masjidi imom xatibi  Muhammadali Pirqo’ziyev “Islom dini” muqaddas din ekanligi, dinimizda birovga ozor bermaslik, o’zgalarning tinchligiga dahl qilmaslik, tinchlikni qadriga yetish, uni ko’z qorachig’idek asrab avaylash kabi ezgu g’oyalarni ilgari surilayotganligi yuzasidan fikr bildirdi. SHuningdek, istiqlol yillarida erishgan eng katta boyligimiz halqimizning tinch va osuda hayoti ekanligi, jamiyatimizdagi o’zaro hurmat, mehr-oqibat va bag’rikenglik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga uyg’un yashash tamoyili tobora mustahkamlanib borayotgani yurtimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillari jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilayotganligi to’g’risida gapirib o’tdi. 

Hozirgi kunda mamlakatimizda bir yuz o’ttizdan ortiq millat va elat vakillari yagona oila farzandlaridek ahil bo’lib yashayotganligi, ana shunday ko’p sonli millat va elat vakillarining birgalikda, hamkor va hamjihat bo’lib umr kechirishi natijasida ularning har biri ma’naviy va madaniy jihatdan boyib, o’zaro munosabatlar ta’sirida ko’p millatli xalqimizning turmush tarzi yanada yuksalayotganligi, ayni paytda turli millat va elatlarning milliy an’ana va qadriyatlarini asrab-avaylash lozimligini ta’kidlab o’tdi. O’zbekistonda diniy bag’rikenglik va millatlararo totuvlik tarixiy ildiz va mustahkam qonuniy asoslarga ega bo’lib, dunyoviy davlat va din orasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy asoslari yaratilganligi to’g’risida tahliliy ma’ruza qildi. 

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Andijon viloyati hududiy bo’linmasi bosh mutaxassisi Ataxanov Farxodbek ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish to’g’risida gapirib, “Rangli inqiloblarni kelib chiqishi va ularning Markaziy Osiyoga ta’siri” mavzusida ma’ruza qildi. Bugungi kunda dunyoning turli mintaqa va hududlarida avj olayotgan qarama-qarshilik, jumladan, yaqin sharqda, Iroq va Suriya mamlakatlarida bo’layotgan qonli to’qnashuvlar, musulmon dunyosidagi turli mazhab va oqimlar o’rtasida kuchayib borayotgan o’zaro nizo va ziddiyatlar, begunoh odamlarning qurbon bo’layotgani barchamizni havotirga  solayotganligini, bu tartibsizliklar va fuqarolar urushidan o’z maqsadlari yo’lida foydalanib, mazkur davlatlarni o’zlariga maskan qilib olayotgan terroristik tashkilotlar islom dini nomi va sha’nini bulg’ashda davom etayotganliklarini ta’kidlab o’tdi.

Butun dunyo hamjamiyatini qattiq xavotirga solayotgan diniy ekstremizm, missionerlik harakati kundan-kunga tarqala borib, xalqlar o’rtasidagi totuvlik, diniy bag’rikenglik tamoyillariga tahdid  solmoqda. SHuningdek, erkin targ’ibot olib borish va faoliyat doirasini kengaytirish maqsadida ko’pgina missionerlik tashkilotlari, yuqorida aytilganidek, o’z harakatlarini xalqaro nodavlat  tashkilotlari maqomida amalga oshirishga intilayotganini ham qayd etish lozim. Tajriba bunday maqom missionerlik faoliyati haqli e’tirozlarni keltirib chiqarganda ularning xalqaro huquq normalarini ro’kach qilishga  va uning himoya mexanizmlaridan  foydalanishga urinishlariga, o’z harakatlarini xas po’shlashga  va javobgarlikdan qochishga intilishlariga zamin yaratishini ko’rsatadi deb ta’kidladi.

Hozirgi kunda yoshlarga turli ijtimoiy tarmoqlar, mobil dasturlari va turli vositalardan axborot hurujlari orqali ta’sir qilishga urinishlar ko’p bo’lmoqda. Bu esa bizni doim ogoh bo’lishimiz zarurligini anglatadi deya o’z so’ziga  yakun yasadi.

Andijon tuman IIB XPB TP profilaktika inspektori, kapitan  Karaxodjaev Nasibullo Ergashxonovich yoshlar orasida huquqbuzarliklarning oldini olish va jinyatchilikni bartaraf etish to’g’risida ma’ruza qildi. Profilaktik tadbirlar o’z samarasini berayotganligini o’tgan yillar sarhisoblarini qiyoslash orqali isbotlab berdi. Barcha yoshlar va ishchi-xodimlarni qonunlarimizga bo’ysunishga chaqirib, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish barchamizni vazifamiz ekanligini ta’kidlab o’tdi.

5.jpg

9.jpg

Uchrashuv yakunida filialning YOshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari M.Botirov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga qilgan Murojaatidan misollar keltirib, barcha mehmonlar va ishtirokchilarga tashakkur bildirgan holda yoshlarga yurtboshimiz tomonidan bugungi kunda yaratilayotgan barcha imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yurtboshimiz chaqiriqlariga labbay deb javob berishlari uchun bilim olishda bor salohiyatlarini ishga solishlarida kuch- quvvat tiladi.

Uchrashuvdan Andijon viloyati televideniyasi jurnalisti SH.Abdiraxmanova tomonidan lavha tayyorlandi. Tadbir jarayonlari  filial elektron sayti, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi.

 

ToshDAU Andijon filiali yoshlar bilan

  ishlash bo’yicha direktor o’rinbosari                                                        M.Botirov 
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech