Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

2019 yil 19-20 fevral kunlari “Sport kuni” munosabati bilan “Sog’lom  kelajak – mamlakat poydevori” shiori ostida o’tkazilgan  sport   musobaqalari to’g’risida

MA’LUMOT

 

Andijon viloyat hokimi SH.Q.Abdurahmonov tashabbusi bilan haftaning bir kunini “Sport kuni” sifatida tashkil qilinganligi munosabati bilan 2019 yil 19-20 fevral kunlari Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialida ishchi-xodimlari o’rtasida “Sog’lom  kelajak – mamlakat poydevori” shiori ostida sportning stol tennisi va shaxmat turlari bo’yicha musobaqalar tashkil etildi.

Sport musobaqasida filialning Agrobiologiya, O’simliklarni himoyasi va agrokimyo, O’rmon xo’jaligi va meva-sabzavotchilik va Rektorat professor-o’qituvchilari va ishchi-xodimlaridan tashkil etilgan jamoalar ishtirok etdilar.

Musobaqani filialning kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi D.G’aniyev  ochib, barcha professor-o’qituvchilar va ishchi-xodimlarga sport bilan doimiy ravishda shug’ullanishga chaqirib, jamoalarga omad tiladi.

Musobaqada Stol tennisi va SHaxmat sport turi bo’yicha jamoalar tarkibi 4 nafar erkak, 4 nafar ayol va 1 nafar murabbiydan iborat bo’ldilar. 

Murosasiz o’tgan musobaqalar  natijalariga ko’ra, Stol tennisi sport turi bo’yicha 1-o’rinni Agrobiologiya jamoasi, 2-o’rinni O’simliklar himoyasi va agrokimyo fakulteti jamoasi egallagan bo’lsa, shaxmat musobaqasida 1-o’rinni O’rmon xo’jaligi va meva-sabzavotchilik jamoasi ,
2-o’rinni “Agrobiologiya” jamoalari egalladilar.

Musobaqalarni “Pedagogika, psixologiya va sport” kafedrasi o’qituvchisi M.Mirzaev boshchiligidagi hakamlar jamoasi odilona boshqardilar.

 

 

YOshlar bilan ishlash bo’yicha

      direktor o’rinbosari                                                                                                              M.Botirov

 


2019 yil 19-20 fevral kunlari “Sport kuni” munosabati bilan “Sog’lom  kelajak – mamlakat poydevori” shiori ostida o’tkazilgan  sport   musobaqalaridan

FOTOLAVHALAR

“Sport kuni” munosabati bilan  (5).jpg

“Sport kuni” munosabati bilan  (4).jpg

“Sport kuni” munosabati bilan  (2).jpg

“Sport kuni” munosabati bilan  (3).jpg



2019 yil 18 fevral kuni filial talabalarining ertalabki badantarbiya va undan so’ng tashkil etilgan Mini futbol bo’yicha "Filial direktori  kubogi” uchun o’tkazilgan sport musobaqasi to’g’risida

MA’LUMOT

 

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari tomonidan joriy yilning 22 yanvar kunida tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan yig’ilishida belgilab berilgan ustivor vazifalari ijrosini  ta’minlash yuzasidan 2019 yilda aholining barcha qatlamlari o’rtasida o’tkaziladigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari”ni  ommalashtirish maqsadida 2019 yil 13 fevral kunidan
30 mart kuniga qadar Andijon viloyatida “Ommaviy sport oyligi”  deb e’lon qilingan edi.

“Ommaviy sport oyligi”ni ko’tarinki  kayfiyatda o’tkazish maqsadida Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali ishchi-  xodimlari va  talabalari o’rtasida  doimiy  ertalabki badantarbiya  mashg’ulotlari tashkil etilib, turli  sport musobaqalari o’tkazilib kelinmoqda.

2019 yil 22 fevral kuni Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali “O’rmon  xo’jaligi va meva - sabzavotchiligi” fakultetining talabalari ertalabki  badantarbiya mashg’ulotlarida ishtirok etdilar. SHuningdek,  badantarbiya mashg’ulotlaridan so’ng "Filial direktori  kubogi” uchun  tashkil etilgan mini futbol musobaqasida fakultetning ichki saralash bosqichi tashkil etildi. Sport oyligi davom etmoqda.

 

 

 

 

YOshlar bilan ishlash, ma’naviyat

   va ma’rifat bo’limi boshlig’i                                                                                                          E.Matisaqov


hdfgdfu (3).jpg

hdfgdfu (1).jpg

hdfgdfu (2).jpg





Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech