Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Andijon qishloq xo’jalik institutida «Magistratura bo’limi» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori, Qishloq va suv xo’jaligi va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklarining buyruqlari hamda «Magistratura to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq 2012 yildan boshlab tashkil etilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 7 maydagi PQ-1751-son “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassalariga 2012-2013 o’quv yili uchun qabul to’g’risida”gi qaroriga muvofiq 4 ta mutaxassisliklar bo’yicha magistrantlar qabul qilindi:

- 5A450201-Gidromelioratsiya;

- 5A430101-Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo’yicha);

- 5A410202-O’simlikshunoslik (sohalar bo’yicha);

- 5A410301-O’simliklar himoyasi (usullar bo’yicha).

Magistratura bo’limiga dotsent A.N.Xudoyorov raxbarlik qilib kelmoqda.

Xudoyorov Anvarjon Nazirjonovich 1965 yilda tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy, texnika fanlari nomzodi, dotsent

1991 yildan Andijon qishloq xo’jalik instituti Traktor va avtomobillar kafedrasida assistent lavozimida ish boshlagan. 1998-2001 yillarda Traktor va avtomobillar kafedrasi katta o’qituvchisi lavozimida faoliyat olib bordi.

2001-2004 yillarda sirtqi ta’lim fakulteti dekan muovini vazifasida ishlash bilan birga o’rindoshlik asosida kafedra katta o’qituvchisi lavozimida faoliyat ko’rsatib keldi.

2004-2008 yillarda O’zbekiston qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti doktoranti, 2008 yildan buyon Qishloq xo’jalik texnikalari, foydalanish va ta’mirlash kafedrasining dotsenti bo’lib faoliyat olib borgan.

2012 yildan boshlab, Andijon qishloq xo’jalik institutining Magistratura bo’limi boshlig’i lavozimida faoliyat olib bormoqda.

A.N. Xudoyorov turli mavzularda o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjuman-larda muntazam ravishda o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Markaziy nashrlarda hamda to’plamlarda 70 dan ortiq turli mavzulardagi ilmiy maqola va tezislari chop etilgan, 20 dan ortiq o’quv-uslubiy ishlari nashr etilgan, 4 ta ixtiro uchun patent hamda 2 ta risola muallifi hisoblanadi.

A.N.Xudoyorov 05.20.01 - qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo’yicha nomzodlik ishini yakunlab, 2003yilda muvaffaqiyatli himoya qildi.

Magistratura bo’limi uslubchisi A.A.Voxobov

Voxobov Azizbek A’zamjonovich 1981 yilda tug’ilgan, millati o’zbek ma’lumoti-oliy, oilali.

2008 yili Andijon qishloq xo’jalik institutining “5A540702-Dexqonchilikni mexaniztsiyalash” mutaxassisligi bo’yicha magistraturani muvofaqqiyatli tamomlagan.

2009-2011 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining 05.20.01- «Qishloq xo’jaligi va melioratsiya mashinalari, qishloq xo’jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash texnologiyalari» ixtisosligi bo’yicha aspiranturada tahsil oldi.

2011 yildan Andijon qishloq xo’jalik instituti «Qishloq xo’jalik texnikalari, foydalanish va ta’mirlash» kafedrasi assistent lavozimida faoliyat olib borgan.

2012 yildan boshlab, Andijon qishloq xo’jalik institutining Magistratura bo’limi uslubchisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

A.A.Voxobov o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda muntazam ravishda ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Ilmiy nashrlarda 10 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan.

O’QUV JARAYONINING TASHKIL QILINISHI

Institutimizda magistratura mutaxassisliklari bo’yicha mas’ul bo’lgan kafedralarda magistrantlarning o’quv jarayonini tashkil etish va uni yuqori saviyada olib borish maqsadida yuqori malakali mutaxassislar, ya’ni fan doktorlari va professorlar, fan nomzodi va dotsentlar, shuningdek, ishlab chiqarishda yuqori ish tajribasiga ega bo’lgan malakali mutaxassislar ham jalb etilgan.

Magistratura mutaxassisliklari bo’yicha mas’ul kafedralar tasarrufidagi yuqori malakali professor-o’qituvchilar hamda pedagog xodimlar, mutaxassisliklar bo’yicha magistrantlarga malakaviy ko’nikma hosil qilishda ma’ruzalar,tajriba va amaliy mashg’ulotlarini olib borish bilan birgalikda magistrantning ilmiy faoliyatida olib boriladigan ishlarga rahbarlik qilib kelmoqda.

O’QUV-USLUBIY ISHLAR

Namunaviy o’quv rejasiga asosan mutaxassisliklarga mas’ul bo’lgan kafedralari bilan birgalikda ishchi o’kuv rejalari ishlab chiqilgan va ushbu rejalar asosida o’quv jarayoni jadvali shakllantirilgan.

Mutaxassisliklar kesmida ishchi o’quv rejasi hamda o’quv jarayoni jadvaliga muvofiq mas’ul kafedralar bilan kelishilgan holda o’quv yuklamalarini professor- o’qituvchilarga taqsimoti shakllantirilgan.

Har bir mutaxassisliklar bo’yicha o’quv rejasidagi fanlardan ishchi o’quv dasturlari, taqvim rejalari va mezonlari tayyorlangan hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan.

Ishchi o’quv jarayoni grafigi hamda dars jadvalini shakllantirish yo’riqnomasiga asosan mas’ul kafedra professor-o’qituvchilari bilan kelishgan holda mutaxassisliklar kesimida dars jadvallari shakl-lantirilgan.

O’quv jarayoni jadvalida belgilangan nazorat o’tkazish xaftasi va uni o’tkazish uchun ishlab chiqilgan talablar asosida fanlardan reyting nazorat bosqichlarini o’tkazilishi nazorat qilinib, belgilangan tartibda jurnalga rasmiylashtirilib boriladi.

ILMIY ISHLAR

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PQ-4456 son «Oliy malakali ilmiy va amaliy pedagogik kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2012 yil 29 oktyabrdagi 418-son buyrug’i bilan tasdiqlangan. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012 yil 28-dekabrda №2405-son bilan Davlat ro’yxatidan o’tkazilgan. «Magistratura to’g’risidagi Nizom»ga asosan institutda magistratura to’g’risidagi Nizomi ishlab chiqildi hamda institutning ilmiy Kengashining 30 yanvar 2013 yil №4 yig’ilishida ko’rib chiqilgan hamda tasdiqlangan.

Nizomga asosan magistratura faoliyatini tashkil etish va yuritish tizimini takomillashtirish yuzasidan yo’riqnoma ishlab chiqilgan, institut o’quv-uslubiy Kengashida tasdiqlangan.

«Magistratura to’g’risidagi Nizom»da ko’rsatilgan talablar asosida mutaxassisliklar bo’yicha magistratura talabalari mutaxassislik kafedra-lari hisoblangan «Melioratsiya va gidrotexnik inshootlar», «Qishloq xo’jalik texnikalari, foydalanish va ta’mirlash», «Umumtexnika fanlari va XFX», «O’simlikshunoslik va paxtachilik» hamda «O’simliklar himoyasi va karantin» kafedralariga taqsimlanib, kafedraning yetuk professor-o’qituvchilariga biriktirildi hamda ularning magistrlik dissertatsiya ishining mavzulari kafedra yig’ilishlarida ko’rib chiqilgan hamda tasdiqlangan.

Magistratura mutaxassisliklari uchun yangi «Magistratura to’g’risida-gi Nizom» hamda unda ko’rsatilgan «Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilishga qo’yiladigan talablar» asosida professor T.S.Xudoyberdiyev va dotsent A.N.Xudoyorovlar tomonidan ishlab chiqilgan magistrlik disertatsiyasini bajarish bo’yicha yo’riqnoma institut uslubiy Kengashida ko’rib chiqilgan hamda tasdiqlangan.

Magistratura mutaxassisliklar bo’yicha ta’lim olayotgan magistrantlarni o’quv rejasida belgilangan ilmiy-pedagogik faoliyat, ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasi ishini belgilangan tartibda olib borilishini ta’minlash, magistrantlarni semestr yakunida qilingan ishlar xisoboti himoyasini ko’rib chiqish maqsadida mutaxassisliklar kesimida kafedralararo komissiya tuzilgan:

«Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish» mutaxassisligi bo’yicha;

«Gidromelioratsiya» mutaxassisligi bo’yicha;

«O’simlikshunoslik» mutaxassisligi bo’yicha;

«O’simliklarni himoyasi» mutaxassisligi bo’yicha.

Kafedralararo komissiya zimmasiga magistrantlarni ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot hamda magistrlik dissertatsiya ishini o’quv rejasida ko’rsatilgan tartibda olib borilishini ta’minlash, ularni semestr yakunida qilingan ishlar hisobotining himoyasini ko’rib chiqish va baholash vazifasi yuklatilgan.



RSS
Ҳозирча маълумот йўқ
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech