Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун


RSS

Kafedralar:


“Oliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi

Respublikadagi oliy o‘quv yurtlarida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik hajmdagi kafedralarni bir-biriga qo‘shib, yirik kafedralar tashkil etish munosabati bilan 2004 yilda "Oliy matematika" va "Informatika va axborot texnologiyalari" kafedralari birlashtirilib, "Oliy matematika va axborot texnologiyalari" kafedrasi tashkil etildi.

“Xorijiy tillar” kafedrasi

Institut 1964-yilda tashkil topgan bo’lib kafedra “Rus va chet tillar” kafedrasi deb nomlangan. O’sha paytda kafedrani Kim Sofya Nikolaevna boshqargan. Kafedrada quyidagi professor –o’qituvchilardan Kim Sofya Nikolaevna, Simakova Lyudmila Semyonovna, Qurbanova Maryam Turg’unovna, Kobushko Valentina Nikolaevna, Grishakov Valentin Vasilevich, Kravtsova Nadejda Vasilevna, Isakov Usman Isakovichlar faoliyat ko’rsatgan.

“Fizika va kimyo” kafedrasi

1964 yilda Andijon Paxtachilik institutida “Umumiy kimyo” kafedrasi tashkil etildi.
Kafedra mudiri lavozimida kimyo fanlari nomzodi dotsent Mitkevich G.P. faoliyat olib bordi. Kafedrada N.Madixonov, J.Tursunov, A.Abduraxmonov, O.Ubaydullaeva va boshqa professor-o’qituvchilar samarali mehnat qildilar.

“Gumаnitаr fаnlаr” kаfеdrаsi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 3 sentabrdagi 415-sonli qaroriga asosan institutdagi Iqtisodiyot nazariyasi va Siyosatshunoslik, O’zbekiston tarixi, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, Falsafa kafedralari birlashtirilib 2004 yil dekabr oyida bo’lib o’tgan attestasiya va akkreditasiya natijalariga ko’ra Gumanitar fanlar kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mudiri etib falsafa fanlari nomzodi T.Abdullaev saylandi.

"Jismoniy madaniyat va sport" kafedrasi

Jismoniy tarbiya kursi 1964 yil sentyabrda «Jismoniy tarbiya kafedrasi» nomi bilan tashkil etilgan. O’sha davrda kafedrada 2 nafar fan nomzodi va 2 nafar assistent faoliyat ko’rsatishgan. Kafedraga tashkil etilgan paytdan 1972 yilgacha dotsent Usmon Abdullaev, 1972-1985 yillarda dotsent Matluba Ruziaxunova mudirlik qilgan.1985-1993 yillarda Qoraboyev Nabijon mudirlik qilgan.

1993 yildan kafedraning nomi «Jismoniy tarbiya» kursi nomiga o’zgartirilgan. Kursga 1993-2004 va yillarda katta o’qituvchi Mamajonov Qaxramon mudirlik qilgan. 

"O’zbek tili, pedagogika va psixologiya" kafedrasi

Andijon qishloq xo’jalik instituti Agronomiya fakulteti tarkibida ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-metodik, tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirib kelayotgan ijtimoiy kafedra sifatida O’zbek tili, pedagogika va psixologiya kafedrasi dastlab gumanitar fanlar kafedrasida, keyinchalik 2012 yil 1 dekabrda pedagogika va tabiiy fanlar kafedrasi sifatida faoliyat olib borib, 2015 yil 22 fevralida O’zbek tili, pedagogika va psixologiya kafedrasi sifatida mustaqil kafedra sifatida faoliyatini boshladi.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech