Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Etakchilik:

Kafedra mudiri: Iqtisod fanlari nomzodi Toshpo‘latov Dilshodbek Shermuhammedovich

D.Sh.Toshpo‘latov 1997 yilda Andijon Davlat universitetining Matematika fakultetini bitirgan. Shu yildan boshlab Andijon qishloq xo‘jalik institutining “Oily matematika” kafedrasining assistenti, so‘ngra katta o‘qituvchisi, 2007-2011 yillarda “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti dekan muovini lavozimida ishladi. 2012 yildan kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

2006 yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi ixtisoslashgan kengashda 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 50 dan ortiq ilmiy maqola hamda uslubiy ko‘rsatmalar muallifi.



Foydalanuvchi bilan aloqa detallari:

telefon: (+99890) 624-17-89, (+99893) 259-90-53,
e-mail: dilshod752@rambler.ru

Respublikadagi oliy o‘quv yurtlarida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik hajmdagi kafedralarni bir-biriga qo‘shib, yirik kafedralar tashkil etish munosabati bilan 2004 yilda "Oliy matematika" va "Informatika va axborot texnologiyalari" kafedralari birlashtirilib, "Oliy matematika va axborot texnologiyalari" kafedrasi tashkil etildi. 2018 yildan kafedra "Axborot texnologiyalari va matematika" deb nomlandi.

"Oliy matematika" kafedrasi 1964 yili institut tuzilgan kundan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelgan. Kafedraga dastlab fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent A.Boratov mudirlik qilgan. Keyinchalik fizika-matematika nomzodlari, dotsentlar U.Anorboyev, T.Qayumov, R.Jo‘raqulov, A.Davlatov hamda texnika fanlari nomzodi A.Valixonovlar kafedra mudiri vazifasida ishlaganlar. Kafedrada ko‘p yillar davomida fizika-matematika fanlari nomzodlari G.Usmonov, A.Davlatovlar, katta o‘qituvchilar M.Oxunov, G.E.Novikov, A.Ismoilov, mehnat fahriylari R.Bobojonov, A.Mamajonovlar faoliyat ko‘rsatgan.

"Informatika va axborot texnologiyalari" kafedrasi 1995 yilda “Qishloq xo‘jaligini boshqarish va hisoblash texnikasi” kafedrasi negizida tashkil etilgan. Kafedraga 2004 yilgacha texnika fanlari nomzodi, dotsent N.Karimov mudirlik qilgan. Kafedrada uzoq yillar texnika fanlari nomzodi, dotsent A.Azizov, iqtisod fanlari nomzodi B.Nosirovlar ishlagan. B.Nosirov hozirda “Qishloq xo‘jalik iqtisodiyoti va boshqaruv kafedrasi mudiri lavozimida ishlamoqda.

Kafedrada amaliy mashg‘ulot darslari o‘tish uchun 10 ta o‘quv xonalari, laboratoriya darslarini o‘tish uchun 2 ta kompyuter xonalari mavjud.

Kafedrada o‘tiladigan barcha fanlar darslik, o‘quv qo‘llanmalar bilan yetarli darajada ta'minlangan. Bundan tashqari o‘quv-uslubiy majmualar kafedraning tajribali o‘qituvchilari tomonidan yozib ko‘paytirilib, o‘quv jarayonida ishlatilib kelinmoqda. Ayniqsa, 2007 yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining tavsiyasi bilan fizika-matematika fanlari nomzodlari, dotsentlar A.Davlatov, R.Jo‘raqulovlar tomonidan tayyorlangan “Oliy matematikadan misol va masalalar to‘plami” o‘quv qo‘llanmasining 500 nushada, 2015 yilda dotsent A.Davlatov, dotsent v.b. D.Toshpo‘latovlar tomonidan “Oliy matematika misol va masalalarda” nomli uslubiy qo‘llanmasi 200 nusxada nashrdan chiqarildi, talabalarga yetkazilishi bu sohadagi ishlarning to‘la qondirilishiga imkoniyat yaratdi. 2017 yilda katta o‘qituvchi I.Zulfixarov hammualliflikda “Oliy matematika” nomli o‘quv qo‘llanma chop ettirdi.

Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlari asosan ikkita mavzuda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda:

1) f.-m.f.n., dotsent R.Jo‘raqulov rahbarligida “Qishloq xo‘jalik yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida matematika fanlari mazmuni va axborot texnologiyalarini qo‘llab o‘qitish samaradorligini oshirish yo‘llari” mavzusida;

2) t.f.n., dotsent N.Karimov rahbarligida “Fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish jarayoni va uning ekologiyasida axborot tizimlari asosida modellashtirish, algoritmlashtirish va avtomatlashtirishning ayrim masalalari” mavzusida.

Bu sohada respublikadaga yetakchi ilmiy markazlar ya'ni Toshkent davlat milliy universiteti, O‘zRFA matematika va axborot texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetlari bilan yaqindan ilmiy aloqalar o‘rnatilgan. Kafedra o‘qituvchilari o‘zlarining ilmiy izlanishlari natijalari bilan Respublikadagi ilmiy jurnallarda, xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilayotgan ilmiy anjumanlarda ishtirok etib kelmoqda.

Kafedra jamoasi o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan birgalikda, institutdagi boshqa ma’naviy-ma’rifiy hamda jamoat ishlarida ham faol ishtirok etib kelmoqdalar.

Hozirda, kafedrada i.f.n. D.Toshpo‘latov, f.-m.f.n., dotsent R.Jo‘raqulov, i.f.n., dotsent O‘.Mirxomidov, t.f.n., dotsent N.Karimov, katta o‘qituvchilar O.Abduraxmonov, I.Zulfixarov, R.Umarov, B.Qulmatova, assistentlar B.Egamberdiyeva, D.Zohidov, D.Iskandarov, Z.Zafarov, B.O‘rinov, D.Bo‘ronova laborantlar D.Nizomova, M.Xurmatovalar mehnat qilmoqdalar.

Kafedrada quyidagi fanlardan darslar olib boriladi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarilariga:

1. Matematika;

2. Axborot-kommunikatsion texnologiyalar;

3. Iqtisodiy matematika;

4. Matematik usullar va modellar;

5. Ekonometrika asoslari

Magistratura mutaxassisliklariga:

1. Zamonaviy axborot-kommunikatsion tizimlar.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech