Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Etakchilik:

Yusupov Rasuljon Malikovich

Foydalanuvchi bilan aloqa detallari:

tel: +998906248550

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 3 sentabrdagi 415-sonli qaroriga asosan institutdagi Iqtisodiyot nazariyasi va Siyosatshunoslik, O’zbekiston tarixi, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, Falsafa kafedralari birlashtirilib 2004 yil dekabr oyida bo’lib o’tgan attestasiya va akkreditasiya natijalariga ko’ra Gumanitar fanlar kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mudiri etib falsafa fanlari nomzodi T.Abdullaev saylandi.

2005 yil iyun oyida T. Abdullaev institutning ma’naviyat va ma’rifat masalalari bo’yicha prorektori lavozimiga tayinlangach, 2006 yil aprel oyidan boshlab 2011 yil may oyiga qadar tarix fanlari nomzodi X.G’aniboyev kafedraga mudirlik qildi. 2011 yil sentabrdan 2017 yilgacha falsafa fanlari nomzodi T.Abdullaev mudirlik qildi. 2017 yil 3 yanvardan 2018 yil 12 iyulgacha dosent K.M.Nasritdinov kafedra muduri lavozimida ishladi. 2018 yil 13 iyuldan tarix fanlari nomzodi R.M.Yusupov kafedra mudiri vazifazini bajarib kelmoqda.

Gumanitar fanlar kafedrasi institutdagi eng nufuzli kafedralardan hisoblanadi. Xozirgi kunda kafedrada 16.75 shtatda professor-o’qituvchilar mehnat faoliyatini olib bormoqda. Kafedrada institutning barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha 6 ta fanlar bakalavr va 2 ta fandan magistratura yunalishlariga ma’ruza va amaliy mashg’ulot darslari olib borilmoqda. Shuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan mashg’ulotlarni yangi pedagogik texnologiya asosiga o’tish yo’lga qo’yilgan. Hozirgi kunda bir qator fanlardan elektron darslik va dasturlar mavjud.

Kafedrada amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishga maxsus jihozlangan 14 ta o’quv xonalari mavjud. Kafedra 2 ta zamonaviy kompyuter, printer bilan ta’minlangan.

Kafedraning xozirgi kundagi tarkibi:

YUsupov Rasuljon t.f.n., dotsent kafedra mudiri v.b.

Abdullaev Tursunboy f.f.n., dosent

Qurbonova Dilshadxan t.f.n., dotsent, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiyi

Sultonov To’lqinjon f.f.n., dotsent

Nasritdinov Kabuljon t.f.n., dosent

Valixonova Gulnoraxon katta o’qituvchi

Sattarova Xadichaxon katta o’qituvchi

Mirzayev Otabek assistent

Ahmedova Umidaxon assistent

Urolov San’atjon assistent

Tursunov Begzodbek assistent

Darmonov Aliyorbek assistent

Raimqulov Alisher assistent

Iymanov Javlonbek assistent

Muxtorov Bekzodbek assistent

To'raboyeva Yayra assistent

Abdullayeva Arofat assistent

Akbarova Nilufar kabinet mudiri

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari 2017 - 2030 yillarga mo’ljallangan istiqbolli rejaga asosan 2 yo’nalishda olib borilmoqda.

1-yo’nalish mavzusi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sharoitida milliy g’oya va mafkuramizni aholi ongi va qalbiga chuqur singdirish uning falsafiy, huquqiy, ma’naviy – ma’rifiy asoslarini takomillashtirish, bu jarayonda jamoatchilik nazoratining o’rni va ahamiyati masalalari.

2-yo’nalish mavzusi. Mustaqillik yillarida diniy qadriyatlarning tiklanishi, ijtimoiy – iqtisodiy sohalarning taraqqiyoti tarixi, O’zbekistonda xorijiy tillar o’qitilishi va uning rivojlanish tarixi (XX asrning 2-yarmi – XXI asr boshlari), yoshlar madaniy saviyasini rivojlantirishga oid davlat siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari.

Kafedrada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan xolda tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga jiddiy e’tibor berib kelinmoqda.

Katta o’qituvchi G.Valixonova tarix fanlari doktori, AndMI professori U.Abdullaev rahbarligida “Farg’ona vodiysi uyg’urlarida etnomadaniy transformatsiya muammosi (tarixiy – etnologik tadqiqot)” mavzusida (Ilmiy tadqiqot mavzusi OAK byulletenining 2015 yil 2-sonida e’lon qilingan), assistent – B.Tursunov tarix fanlari doktori, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori D. Bobojonova rahbarligida “O’zbekistonda xorijiy tillar o’qitilishi va uning rivojlanish tarixi (XX asrning 2-yarmi-XI asr boshlari misolida)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda, hozirda mazkur mavzu OAK veb-saytiga qo’yilgan. Kafedra mudiri T.Abdullaev Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafa (“Ijtimoiy falsafa”) kafedrasining 2015 yil 18 martdagi 10 – sonli majlis bayonomasiga hamda mazkur universitetning Ijtimoiy fanlar fakulteti Kengashining 2015 yil 24 martdagi 8-sonli majlis bayonnomasiga asosan Falsafa (“Ijtimoiy falsafa”) kafedrasiga erkin tadqiqotchi etib biriktirildi va 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo’yicha “Jamoatchilik nazorati: genezisi, nazariya va amaliyoti” mavzusidagi falsafa fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun tanlangan mavzusini tasdiqlatdi. Unga ilmiy maslahatchi etib O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar akademiyasi professori, falsafa fanlari doktori SH.Mamadaliyev belgilandi. Mavzu O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnalogiyalar qo’mitasi saytiga qo’yilgan, OAK byulletenida e’lon qilinish uchun tavsiya etilgan. Dosent K.M.Nasritdinov "Farg'ona vodiysining sug'orilish tarixi (1917-1950 yy.)" mavzuyida t.f.d.,professor R.X.Murtazayeva ilmiy maslaxatchiligida doktorlik dissertasiyasi bo'yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda.Mavzu OAK blyuttening 2017 yil 1 sonida e'lon qilingan. 

Ochiq dars.jpg

Ochiq dars1.jpg

005.jpg

gumanitark9.jpg

gumanitark8.jpg

gumanitark4.jpg

gumanitark3.jpg


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech