Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Etakchilik:

Irgashev Maxmudjon

Institut 1964 yilda tashkil topgan bo’lib kafedra “Rus va chet tillar” kafedrasi deb nomlangan. O’sha paytda kafedrani Kim Sofya Nikolaevna boshqargan. Kafedrada quyidagi professor–o’qituvchilardan Kim Sofya Nikolaevna, Simakova Lyudmila Semyonovna, Qurbanova Maryam Turg’unovna, Kobushko Valentina Nikolaevna, Grishakov Valentin Vasilevich, Kravtsova Nadejda Vasilevna, Isakov Usman Isakovichlar faoliyat ko’rsatgan.

Kafedrada rus va chet tillaridan barcha ta’lim yo’nalishlari talabalariga amaliy mashg’ulotlar olib boriladi. Mashg’ulotlar davomida talabalarni chet tillarida og’zaki nutqini rivojlantirish, chet tillarini o’rganishga qiziqishini orttirish va tili o’rganilayotgan mamlakatlar tarixi, geografik joylashuvi, davlat tizimi, madaniyati, udum va an’analari, bayram va nishonlanadigan kunlari haqida gapirishga o’rgatishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.

Kafedra a’zolari davr talabiga asosan talabani chet tiliga o’rgatish bilan bir vaqtda ularga ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni ham olib boradi.

Kafedraning nomi 1980 yilda “Tillar”, 2004 yilda “O’zbek tili va chet tillar”

Kafedrasi nomlari berilgan. 2016 yilda kafedraga “Xorijiy tillar” nomi berildi.

Kafedra mudirlari:

Kim S. N. - (1964-1971)

Grishakov V.V.- (1971 -1973)

Isaqov U.I. - (1973 – 1986)

Saidova S. M. - (1986 – 1995)

Qosimov YU.YU. - (1995 – 2012) Abdullaeva N. S.- (2012 – 2014)

Qosimov YU.YU.- (2014-2016)

Irgashev M.U.- (2016-x.v.)

Hozirgi kunda “Xorijiy tillar” kafedrasini M.U.Irgashev boshqarmoqda.

tillar1.jpg

Kafedrada quyidagi professor- o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelmoqda: Xadjaeva M., Soliyeva Z.M.,G’ulomjonova M, Almatova N.A., Irgashev M.U., Maxkamova M.R., Mo’minova N.M., Nuriddinova YO.A., Nosirova M.K., Parpiyeva O.R., Qodirova G.T.,Egamberdiyeva D., Abdullaeva N.S., Alimova X., Odilova N., Ochilova N., Toshxonov L., Ismoilova O., Muxitdinova F., Abduvoitov R.

11Kafedra a’zolari tomonidan Respublikamizdagi O’zDJTU, TDAU, TATU va ADU kabi oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy- uslubiy masalalar bo’yicha hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. Malakali pedagoglar tomonidan xorijiy tillar zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda o’rgatilmoqda. Natijada iqtidorli talabalar LOGO, DAAD dasturlari bo’yicha Germaniya, Rossiya, Polsha, TEMPUS DESPES dasturi bo’yicha Gollandiya, Vengriya, Italiya davlatlarida grant asosida amaliyot o’tab keldilar.

Kafedra o’qituvchilari tomonidan 50 dan ziyod ilmiy maqolalar chop ettirilgan, bundan tashqari ilmiy anjumanlarda o’z ma’ruzalari va tezislari bilan qatnashib, amaliy mashg’ulotlar uchun lug’at-minimumlar va qator o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop ettirilgan.

“Xorijiy tillar” kafedrasi a’zolari zamonaviy texnologiyalarni qo’llash natijasida qator yutuqlarga erishdilar.

1998 yilda TEMPUS REAP dasturi bo’yicha Soliyeva Z.M. AQXI delegatsiyasi a’zolari t.f.d. professor, institut rektori T.S.Xudoyberdiyev boshchiligida, institut prorektori dotsent A.X.Xakimov, dotsent A.Abdullaev, dotsent S.Dadaxojaev, assistentlar A.Xudoyarov, N.Maxmudovlar bilan birgalikda Buyuk Britaniyada tajriba almashishda qatnashdi. Ingliz tili o’qituvchisi N.S.Abdullaeva 2003-yil TEMPUS DESPES loyihasi asosida Gollandiyada o’quv kursida 2006 yili “Iste’dod” jamg’armasi bo’yicha granti asosida Moskva Davlat Universitetida malaka oshirish kursida bo’ldi. Nemis tili o’qituvchisi M.Abduraimova “DAAD” dasturi bo’yicha Germaniyada 1 yil davomida tahsil oldi. 2013-2014-o’quv yilida kafedraning xorijiy til o’qituvchilari 2013 yil ADU da tashkil etilgan 144 soatli seminar-treningda, O’zDJTU da tashkil etilgan seminar-treneringda malaka oshirib qaytdilar. Kafedra o’qituvchilari institutda, fakultetlarda, talabalar turar joylarida, shuningdek, viloyat miqyosidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etmoqdalar.

tillar2.jpg

Talabalar turar joyida kafedra professor-o’qituvchilari ma’naviy-ma’rifiy mavzularda suhbatlar o’tkazib turadilar. Kafedra professor-o’qituvchilari o’zbek xalqining buyuk allomalari tavalludlariga bag’ishlangan o’zbek xalqining ma’naviy-ma’rifiy merosi, xalq udum va an’analari, bayram sanalariga bag’ishlangan adabiy-badiiy tadbirlar, davra suhbatlari o’tkazib bormoqdalar.

Kafedrada “Ustoz –shogird” tizimi bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Kafedraning malakali, yetakchi professor-o’qituvchilari yosh mutaxassislarga uslubiy maslahatlar berib bormoqdalar.

2015-2016 o’quv yilda institutda fakultetlar aro “Ingliz tili bilimdoni” ko’rik tanlovi o’tkazildi.

tillar3.jpg

“Ingliz tili bilimdoni” ko’rik tanlovi xay’at a’zolari

tillar4.jpg

Agroinjeneriya fakulteti zukko talabalari “Ingliz tili bilimdoni” ko’rik tanlovining 1-shartini bajarmoqdalar.

 tillar5.jpg

Agroinjeneriya fakulteti zukko talabalari “Ingliz tili bilimdoni” ko’rik tanlovida.

 tillar6.jpg


Section has not been found.



Рўйхатга қайтиш
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech