Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Etakchilik:

Xaydarova Xilolaxon Raximberdiyevna

Foydalanuvchi bilan aloqa detallari:

Telefon: +998934474255

Andijon qishloq xo’jalik instituti Agronomiya fakulteti tarkibida ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-metodik, tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirib kelayotgan ijtimoiy kafedra sifatida O’zbek tili, pedagogika va psixologiya kafedrasi dastlab gumanitar fanlar kafedrasida, keyinchalik 2012 yil 1 dekabrda pedagogika va tabiiy fanlar kafedrasi sifatida faoliyat olib borib, 2015 yil 22 fevralida O’zbek tili, pedagogika va psixologiya kafedrasi sifatida mustaqil kafedra sifatida faoliyatini boshladi.

ped1.jpg

Kafedra institutning pedagogika va psixologiya yo’nalishi va ijtimoiy fanlar bo’yicha mutaxassislar kasbiy bilimlarini shakllanituvchi kafedra sifatida faoliyat olib borib, hozirda kasb ta’limi yo’nalishi iqtisodiyot, agronomiya, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish ta’limi yo’nalishi bo’yicha bakalavriat ta’limi mutaxassislarini yetishtirib bermoqda. Kafedra bo’lajak mutaxassislarning O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati printsiplari va “Ta’lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da keltirilgan malakali kadrlar yetishtirishga nisbatan davlat standarti talablari darajasidagi bilim va ko’nikmalarni shakllantirib keluvchi ijtimoiy kafedra sifatida faoliyat olib bormoqda. Xozirda kafedraning o’quv-metodik yo’nalishidagi o’quv fanlari bo’yicha tegishli tartibdagi o’quv dasturlari, uslubiy ko’rsatmalari, yo’riqnomalari ishlab chiqilgan. Kafedraning ilmiy-metodik ishlari bo’yicha ilmiy-tadqiqotchilik ishlariga doir maqola va tezislar, Respublika va xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari davriy nashrlaridagi maqola va tezislari to’plamlarini chop etilmoqda. Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlariga doir amaliy ishlari hozirda Agronomiya fakultetining tashkiliy, uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarini bajarish, kafedra doirasidagi o’quv-tarbiyaviy soatlarni bajarilishiga doir amaliy ishlarni bajarib kelmoqda.

Kafedra tarkibida tarkibida 14 nafardan ortiq professor-o’qituvchilar ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqdalar, ulardan 5 nafari fan nomzodlari va dotsentlar, 4 nafari yuqori malakali katta o’qituvchi va kolganlari assistentlardir. Ular orasida institutimiz tomonidan berilgan tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

ped2.jpg

Tarbiyaviy ishlar va o’quv jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish, talabalar bilimini nazorat qilish, o’qitish sifatini oshirish, o’qituvchilar malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va samaradorligini oshirish, ularni ishlab chiqarishga joriy qilish ishlari institut faoliyatidagi asosiy masalalardir. Kafedra o’qituvchilarining pedagogika va psixologiya yo’nalishidagi o’quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishning amaliy ishlarida o’quv predmetlari bo’yicha ilmiy-metodik ishlarni tashkil etib bormoqdalar.

“O’zbek tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasi nafaqat ta’lim sohasida boy tajribaga ega, balki talaba-yoshlar tarbiyasini yaxshilash va ma’naviyatini o’stirishga qaratilgan bir qancha tadbirlarni o’tkazishda ham ko’p marotaba ma’naviy tadbirlarni tashkil etib kelmoqda.Eng avvalo, kafedrada yangi o’quv yilidan boshlab, aynan birinchi kurs talabalarining ma’naviy-ahloqiy tarbiyasini yaxshilashga, ularning institutga moslashuvini tezlashtirishga qaratilgan “Ustoz-shogird” tizimiga muvofiq amal qiluvchi uzluksiz tarbiya jarayonini samarali tashkil etish tizimini tashkil etishga alohida e’tibor qaratishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

“O’zbek tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasida quyidagi tadbirlar an’anaviy tarzda va keng miqyosda nishonlanadi:

* Bilimlar kuni;

* O’qituvchi va murabbiylar kuni;

* Birinchi kurs talabalariga talabalik guvohnomasini tantanali topshirish marosimi;

* O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun;

* YAngi yil bayrami;

* Xalqaro xotin-qizlar kuni;

* Navro’z bahor bayrami;

* Xotira va qadrlash kuni.

Bundan tashqari kafedrada domiy tartibda tashkil etib kelinayotgan ma’naviy tadbirlar qatorida 9-May–Xotira va qadrlash kunida urush faxriylari va mehnat qahramonlari, keksa yoshli professor-o’qituvchilarning xonadonlariga turli hadyalar bilan tashrif buyurib ularning ko’nglini ko’tarish odatga aylangan.

“O’zbek tili, pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o’qituvchilari tarkibi

ped3.jpg

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech