Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Etakchilik:

k.f.n., dotsent O.Muzaffarov

1964 yilda Andijon Paxtachilik institutida “Umumiy kimyo” kafedrasi tashkil etildi.

“Umumiy kimyo” kafedrasi mudirlari

Mitkevich G.P -1964-1968

Abidov U.A.  - 1968-1969

Tursunov J -1969-1974

Abidov U.A. - 1975-1981

Madixonov N -1981-1999

Kafedra mudiri lavozimida kimyo fanlari nomzodi dotsent Mitkevich G.P. faoliyat olib bordi. Kafedrada N.Madixonov, J.Tursunov, A.Abduraxmonov, O.Ubaydullaeva va boshqa professor-o’qituvchilar samarali mehnat qildilar.

“Umumiy kimyo” kafedrasi tashkil topgan yilda uning oldiga kadrlar bilan ta’minlash, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, laboratoriyalar tashkil qilish, adabiyotlar bilan ta’minlash kabi ishlar asosiy vazifa qilib qo’yilgan.

“Fizika” kafedrasi mudirlari

Sergeyev N.N -1964-1965

Xotamov A -1965-1970

Xabibullaev P.K-1971-1975

Qarshiboyev A.K -1975-1986

Parpiyev A. -1987-1991

Abdiraxmonov Q. -1992-1998

Abdiraxmonov Q. -2002-2009

Parpiyev A. -2010-2012

1999 yilda “Umumiy kimyo” va “Fizika” kafedralari negizida «Kimyo va fizika» kafedrasi tashkil qilindi va unga k.f.d.,professor Madixanov N. kafedra mudiri etib tayinlandi. “Fizika” kafedrasi 1964 yilda tashkil etilgan bo’lib, dastlabki yillarda kafedra mudiri lavozimida katta o’qituvchi Sergeyev N.N. ishlagan. Kafedrada A.Xotamov, Z.Abdullaev, S.Qambarov, SH.Mo’minov va boshqa professor-o’qituvchilar kafedrada samarali mexnat qilganlar.

kimyo1.jpg

Keyinchalik 2012 yil dekabr oyida «Kimyo va fizika» kafedrasi negizida “Pedagogika va tabiiy fanlar” kafedrasi tashkil etildi.

Kafedrani hozirgi holatiga kelguncha f-m.f.d., professor P.K.Xabibullaev, k.f.d.,professor N.Madixonov, k.f.n.,dotsent U.A.Abidov, k.f.n.,dotsent M.YAkubova, f-m.f.n., dotsent A.Parpiyev, f-m.f.n.P.Xakimov, f-m.f.n.O.Ataboyev va boshqa professor o’qituvchilar o’zlarining samarali mexnatlari bilan hissa qo’shganlar.

kimyo2.jpg

Xozirgi kunda «Pedagogika va tabiiy fanlar» kafedrasi mudiri lavozimida kimyo fanlari nomzodi,dotsent O.A.Muzaffarov faoliyat olib bormoqda.

Kafedrada 1 nafar professor, 6 nafar dotsentlar, 2 nafar katta o’qituvchilar hamda 6 nafar assistentlar faoliyat ko’rsatmoqda.

kimyo3.jpg

Kafedraning ilmiy saloxiyati 60% ni tashkil etadi.Kafedrada ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh tadqiqotchilar uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. Ustoz-shogird tizimida tajribali professor-o’qituvchilarga yosh assistentlar biriktirilgan. Tajribali professor-o’qituvchilar tomonidan yosh o’qituvchilarning mashgulotlarini kuzatib, kerakli ko’rsatmalar va maslaxatlar berib boriladi.

Professor Madixonov N. raxbarligida kafedrada yangi sintez qilingan moddalarning tuzilishiga asoslanib ularning kimyoviy xossasi va biologik faolligi konuniyatlarini yaratish ustida izlanish ishlari olib borilmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 40 dan ortik avtorlik guvoxnomalari va patentlar, 10 dan ortik o’quv qo’llanmalar, 500 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan.

kimyo4.jpg

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ishlash yaxshi yo’lga qo’yilgan, “YOsh kimyogarlar”, “YOsh fiziklar” to’garaklari faoliyat olib bormoqda.

S.Usmonova, U.Mamajonov, A.Usmonovlar kafedraning yosh umidli o’qituvchilari sanaladilar. 


Section has not been found.



Рўйхатга қайтиш
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech