Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni

ishga taqsimlash va monitoring bo’limi

 

            Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo’limi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 28 yanvardagi 48-sonli «Ta’lim  bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qaroriga asosan Qishloq xo’jalik institutining 1998 yil 16 fevraldagi 30-L sonli buyrug’i bilan Marketing bo’limi bo’lib tashkil etilib, faoliyat ko’rsatib kelgan.

 Marketing xizmati bo’limi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, Oliy va o’rta maxsus ta’lim xamda  Qishloq va suv xo’jaligi vazirliklari va institut buyruqlariga qat’iy amal qilib, o’z faoliyatini ko’rsatib kelgan.

Marketing xizmati bo’limining NIZOMI O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 28 yanvardagi 48-sonli «Ta’lim bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni  jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005/2006 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to’g’risida»gi 2005 yil 2 iyun kunidagi                      PQ-92-sonli qarori, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2006 yil 14 oktyabrdagi «Davlat granti asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga taqsimlashni ta’minlash choralari to’g’risida»gi               225-sonli va 2007 yil 10 martdagi «Oliy ta’lim muassasalarida marketing xizmati faoliyatini takomillashtirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash jarayoni nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 48-sonli buyruqlari asosida ishlab chiqilgan.

Nizom bo’yicha institut bitiruvchilarini ishga taqsimlash jarayoni va mutaxassislar mehnat faoliyatining Nazorat rejasi hamda marketing xizmati bo’limining har bir o’quv yili uchun ishchi dasturi ishlab chiqilgan, institut raxbariyati tomonidan tasdiqlangan.

          Qishlok va suv xo’jaligi vazirligiga qarashli Farg’ona vodiysidagi barcha korxona, muassasa va tashkilotlarining institutda tayyorlanayotgan oliy malakali mutaxassislarga extiyojini o’rganish asosida ma’lumotlar bankini shakllantirish va davlat granti asosida bitirgan yosh mutaxassislardan respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlarida samarali foydalanish uchun imkoniyat yaratish va ularni ishga taqsimlash ishlari bo’yicha institut rektorlari boshchiligida institutda bitiruvchi yosh mutaxassislarni ish bilan ta’minlashga ma’sul “Taqsimot komissiyasi” tashkil etilgan bo’lib, ushbu taqsimot komissiyasi tarkibiga tashkilot va korxona raxbarlari, ishlab chiqarish ilg’orlari, institut raxbariyati hamda professor-o’qituvchilari jalb etilgan. “Taqsimot komissiyasi”ning asosiy vazifasi bitiruvchilarni  o’z mutaxassisliklari bo’yicha ishga joylashdan va ish joylarida ko’nikmalar hosil qilish uchun uslubiy yordamlar berib borishdan iboratdir.

      Taqsimot komissiyasi tomonidan ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo’lgan real ehtiyojlariga muvofiq bitiruvchilarni ishga taqsimlash rejalarini (dastlabki, aniqlashgan) ishlab chiqilgan va yakuniy taqsimotni o’tkazib, uning natijalari bo’yicha bitiruvchilar shaxsiy taqsimot qaydnomasini tuzilgan hamda umumlashtirilgan.

         Har bir o’quv yilda Farg’ona vodiysi  iqtisodiyoti hamda ijtimoiy soha tarmoqlarining rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda yangi ta’lim (tayyorlov) yo’nalishlari yoki mutaxassisliklarini ochish, shuningdek ta’lim xizmatlari bozori talablariga javob bermaydiganlarini to’xtatish bo’yicha takliflar tayyorlangan, yetarlicha ish beruvchiga ega bo’lgan bakalavriat yo’nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ochish bo’yicha takliflar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga berilgan.

            Ish beruvchilar (iste’molchilar)ga axborotlar vositasida ta’sir ko’rsatish yo’llarini tanlandi, ommaviy axborot vositalari (gazetalar, jurnallar, radio-televideniye, elektron aloqa, veb-sayt) orqali bitiruvchilar to’g’risida (viloyatlar bo’yicha ta’lim yo’nalishlari, mutaxassisliklar kesimida) ma’lumotlar e’lon qilindi, institut veb-saytida joylashtirildi. Mutaxassisliklar   bo’yicha  bitiruvchilar  ro’yxatini  markaziy «Qishloq xayoti» va maxalliy «Andijonnoma» gazetalarining mart oyi sonlarida e’lon qilindi. Institutda magistr darajali ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlandi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining bitiruvchilarni ishga taqsimlash va yosh mutaxassislar faoliyatining monitoringini olib borish ishlarini muvofiqlashtiruvchi maxsus komissiyasiga taqdim etildi.

           Kadrlarga bo’lgan real ehtiyojlar va bitiruvchilarni yakuniy ishga taqsimlash natijalari haqidagi ma’lumotlarni Qishloq xo’jaligi vazirligining maxsus komissiyasi hamda ish beruvchi muassasa, korxona va tashkilotlarga  taqdim etildi, ishga taqsimlash jarayoni nazorat rejasining bajarilishi bo’yicha Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga axborotlar taqdim etildi. 

          Viloyat  bandlik va aholini ijtimoiy himoya qilish, viloyat Qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasi va Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati hamda  Farg’ona vodiysidagi boshqa korxona va tashkilotlar  bilan yo’lga qo’yilgan aloqalar orqali bo’sh ish o’rinlari va talab etilganda tashkilotlarni zaruriy mutaxassislar bilan ta’minlash yuzasidan bitiruvchilarni  ish bilan ta’minlash tadbirlaridan biri bu institutda «Bitiruvchi» taqsimot yarmarkasini o’tkazishdir. Har o’quv yilining mart oyi II-dekasida yarmarka tashkillashtiriladi.

 YAngi o’quv yili qabul rejasining bajarilishi (davlat grantlari va to’lov-kontrakt bo’yicha qabul rejasi, tushgan arizalar, konkurs, qabul qilingan talabalar soni, ularning bosqichlar, ta’lim yo’nalishlari (mutaxassisliklar) bo’yicha taqsimlanishi, o’qitish tillari va h.k.) haqida ma’lumotlar banki yaratiladi.

Institutga to’lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan va to’lovni amalga oshirgan 1-boskich talabalarining qabul buyrug’i loyihalari tayyorlanib qabul komissiyasiga va kadrlar bo’limiga taqdim etiladi. To’lov mablag’larini o’z vaqtida to’lanishiga erishish uchun institutga shartnoma-to’lov asosida o’qiydigan talabalarniig shartnoma to’lovlari to’g’risida targ’ibot ishlarini olib borishda bo’lim xodimlari qatnashadi.SHartnoma-to’lov asosida o’qiydigan talabalarning to’lov tushumi xaqidagi ma’lumotlarini umumiy tahlili har haftada o’tkaziladi va fakultet dekanlariga taqdim etiladi.

 Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Oliy o’quv yurtlari bosh boshqarmasiga belgilangan barcha topshiriq  va shakllarni o’z vaqtida yuborilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining Oliy o’quv yurtlari va malaka oshirish bo’limi hamda viloyat xokimligi bilan uzviy ravishda ish olib borilyapti.

Andijon, Farg’ona, Namangan viloyatlari Qishloq xo’jalik va suv xo’jalik boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari Havza boshqarmalaridan belgilangan tartibda buyurtmalar portfeli olindi. Marketing xizmati bo’limi faoliyatini yuritishda rektorat, dekanatlar va boshqa bo’limlar katta yordam ko’rsatib keldilar.

         Qishloq xo’jaligi sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, oliy ta’lim muassasalarining mavjud salohiyatidan samarali foydalanishni tashkil etish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy va ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, o’quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy qilish, soha uchun yuksak malakali kadrlar tayyorlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi, Suv xo’jaligi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining takliflari asosida Andijon qishloq xo’jaligi instituti negizida Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali tashkil etilganligi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 mayda PQ-3704-sonli TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETIDA OLIY MA’LUMOTLI KADRLAR TAYYORLASH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA qarori chiqdi.

 

.

Buyurtmalar portfelini shakllantirish,

bitiruvchilarni ishga taqsimlash

va monitoring bo’limi

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech