Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Etakchilik:

Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi mudiri, qishloq xo’jalik fanlari falsafa doktori (PhD) Ro’ziyev Ikromjon Ergashevich

«Agrokimyo va tuproqshunoslik» kafedrasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil, 3 noyabrdagi 311 – sonli qaroriga asosan tashkil topgan.

2018 yil 8 maydagi 3704-sonli Prezident qaroriga asosan Andijon qishloq xo’jalik instituti negizida Toshkent davlat agrar universiteting Andijon filiali tashkil etilib, «Agrokimyo va tuproqshunoslik» kafedrasi O’simliklar ximoyasi va agrokimyo fakulteti tarkibida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedra tarkibi 9 nafar professor-o’qituvchilardan iborat bo’lib, 2 nafar fan nomzodlari, 1 nafar q.x.f.f.d.() hamda 6 nafar assistentlar faoliyat ko’rsatadi. Dotsent T.Uraimov, katta o’qituvchilar I.Ro’ziyev, I.Sulaymonov hamda assitentlar M.YAxyokulova, Q.Jo’raeva, U.Nabiyev, S.Xatamov, M.Turg’unov va D.Numonovalar shular jumlasidandir.

T/r

Professor-o’qituvchilarning FISH

Tug’ilgan yili

Lavozimi

Stavkasi

Ilmiy darajasi

Ilmiy unvoni

1

Ro’ziyev Ikromjon

1968

kafedra mudiri

1

Falsafa doktori

2

Uraimov Tojiddin

1946

Dotsent

1

q.x.f.n.

dotsent

3

Sulaymonov Inomjon

1966

katta o’qituvchi

1

q.x.f.n.

k.i.x.

4

Xatamov Salimjon

1983

Assitent

1

5

YAxyoqulova Matlubaxon

1961

assistent

1

6

Nabiyev Ulug’bek

1971

Assistent

1

7

Juraeva Kunduzxon

1966

Assistent

1

8

Turgunov Muzaffar

1985

Assistent

1

9

Numonova Dilrabo

1985

Assitent

1

Kafedra katta o’qituvchisi I.Ro’ziyev 2018 yilning mart oyida 06.01.01 -Umumiy dehqonchilik. Paxtachilik ixtisosligi bo’yicha ilmiy ishini yakunlab, muvaffaqiyatli ximoya qildi va falsafa doktori (PhD) ilmiy unvonini olishga erishdi.

Kafedraning ilmiy saloxiyati

 agrokimyo.jpg

Kafedrada ilmiy darajali o’qituvchilar  50 % ni, yosh o’qituvchilarmiz 58,3 %  ni tashkil qiladi“Agrokimyo va tuproqshunoslik” kafedrasida 4 ta fanlar o’qitib kelinmokda, shundan bakalavr bo’yicha 9 ta ta’lim yo’nalishilarida: “Agronomiya”, “O’simliklar ximoyasi va karantin”, “Qishloq xo’jalik maxsulotlari yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi”, “Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash”, “Suv xo’jaligi va melioratsiyasi”, “Kasbiy ta’lim (Agronomiya)”, “Qishloq xo’jaligida menejment”,”Meva sabzavot va uzumchilik”, “Qishloq xo’jaligi ekinlari selektsiyasi va urug’chiligi” bo’yicha ma’ruza va amaliy, tajriba mashg’ulot darslari xozirgi yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o’qitilmoqda.

Kafedrada 2 ta yangi pedagogik va axborot texnologiyalari bo’yicha ma’ruza o’tish uchun mo’ljallangan va jixozlangan ma’ruzalar xonasi, 3 ta laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar o’tish uchun mo’ljallangan va jixozlangan laboratoriya xonalari mavjud. Bulardan tashqari «Kompyuter xonasi» va “Ma’naviyat va ma’rifat” xonalaridan foydalanilmoqda.

Kafedraning ma’naviy - ma’rifiy va tarbiyaviy ishlari institutimiz va fakultet dekanati tomonidan tasdiqlangan reja asosida olib boriladi.

O’simliklarni ximoya qilish va agrokimyo fakulteti, O’simliklar ximoyasi va karantini ta’lim yo’nalishi, 3-bosqich, 34-guruxiga U.Nabiyev, 2-bosqich, 35-guruxiga D.Numonova, 1-bosqich, 34-guruxiga M.Turg’unovlar gurux murabbiylari sifatida faoliyat ko’rsatmoqdalar.

Kafedrada so’nngi uch yilda T. Uraimov 2 ta darslik va o’quv qo’llanmasi, I.Ro’ziyevning 1 ta monografiyasi, 1 ta tavsiyanomasi, S.Xatamovning 1 ta tavsiyanomasi chop etilgan

Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim soxasiga oid 3151, 2909, 3003, 5121-sonli qarorlari mavjud bo’lib, ushbu qarorlar asosida ishlar olib borilmoqda. Kafedrada 3151-sonli qaror asosida yo’l xaritalari ishlab chiqilgan.




Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech