Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Etakchilik:

Maxudov Saidjamol

Iqtisodiyot va boshqaruv fakul’teti negizida “Agroiqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi tarkibidan, institut ilmiy kengashining 1996 yil 2 dekabrdagi qaroriga asosan “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi tashkil etilgan. 2018 yilning may oyidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali “Agrosanoatda buxgalteriya hisobi” kafedrasi tashkil topdi.

Dastlab kafedrada 1996 yildan 1998 yil sentyabr oyigacha i.f.n. Xolboyev R, 1998 yil sentyabr oyidan 1999 yil fevral oyiga qadar i.f.d. professor Abdullaev A., 1999 yil fevral oyidan 2002 yillar mobaynida dotsent Qo’chqarov X., 2002 yil sentyabr oyidan 2005 may oyiga qadar dotsent Mamatxonov M., 2005 yil may oyidan 2006 yil dekabr oyigacha Komilov A., 2006 yil dekabr oyidan 2011 yil mart oyigacha i.f.n. Baratov X., 2011 yil mart oyidan 2011 yil noyabr oyigacha i.f.n. Suvonov I., 2011 yil noyabr oyidan 2013 yil noyabr oyigacha i.f.n. M.Hojiboyev kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan bo’lsalar, 2013 yil noyabr oyidan boshlab hozirgi kungacha kafedrada filialning yosh va iqtidorli olimlaridan sanalgan i.f.n. S.Maxmudov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi filialdagi eng yosh kafedra hisoblanadi. Xozirgi kunda kafedrada 9 nafar professor-o’qituvchi to’liq shtatda ishlamoqda. Kafedrada filialning barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha 24 ta fanlardan ma’ruza va amaliy mashg’ulot darslari olib borilmoqda. SHuningdek, kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan filialda birinchilardan bo’lib mashg’ulotlarni yangi pedagogik texnologiya asosida o’tish yo’lga qo’yilgan. Hozirgi kunda bir qator fanlardan elektron darslik va dasturlar mavjud.

Kafedrada amaliy mashg’ulotlarni o’tkazishga maxsus jihozlangan 6 ta o’quv xonalari mavjud. Kafedra 3 ta zamonaviy komp’yuter, printer va videoproyektor bilan ta’minlangan.

Kafedraning hozirgi kundagi tarkibi:

1. Maxmudov Saidjamol - i.f.n., dotsent kafedra mudiri

2. Hojiboyev Muxiddin - i.f.n., dotsent

3. Komolov Xursanbek - i.f.n., dotsent

4. Komilov Akromjon - katta o’qituvchi

5. Mamanazarov Tojimirza - katta o’qituvchi

6. Mamajonov Akromjon - assistent

7. Imodinov Xamidillo - assistent

8. O’rishev Qaxramon - assistent

9. Karimova Gulbahor - assistent

Kafedra tomonidan “Agrar tuzilmalarni moliyalashtirish va hisob yuritish tizimini takomillashtirish” mavzusi bo’yicha ilmiy ish olib borilmoqda va kafedra jamoasi viloyatdagi fermer xo’jaliklariga o’z maslaxatlarini berib kelmoqdalar. Kafedrada 2012-2017 yillarda FTM grantlari asosida “Muqobil mashina traktor parkini (MMTP) bozor munosabatlariga moslashgan modelini amaliyotga joriy qilish” mavzusida innovatsion loyiha olib borildi. Bunda kafedraning 3 nafar professor o’qituvchisi ishtirok etdi (FTM granti innovatsion loyixa bo’yicha 2010 yilda 16 mln. so’m mablag’ olindi). Kafedrada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda tayyorlanayotgan kadrlar sifatiga jiddiy e’tibor berib kelinmoqda. Kafedrada “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishi bo’yicha institutni tamomlagan sobiq talabalardan 10 nafari Respublikamizning nufuzli ilmiy tadqiqot institutlarida o’z ilmiy faoliyatlarini davom ettirib, fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo’lgan bo’lsa, ayrimlari rivojlangan mamalakatlarning nufuzli oliy dargoxlarida o’z bilimlarini mustaxkamlamoqdalar. SHuningdek, tayyorlangan bakalavrlar xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida, jumladan, soliq va bank tizimi, hamda qishloq xo’jaligining barcha sohalarida faoliyat ko’rsatmoqdalar.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech