Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

Etakchilik:

Мирзаева Саидахон Абдусаломовна

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yill 8 maydagi PQ -3704 – son qarori ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 14 maydagi 426-sonli buyrug’iga asosan Andijon qishloq xo’jalik instituti negizida Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali tashkil etilib, «O’simliklarni himoya qilish va qishloq xo’jalik fitopatologiyasi» kafedrasi O’simliklar himoyasi va agrokimyo fakulteti tarkibida faoliyat yuritib kelmoqda.

КАФЕДРА ТАРКИБИ

Kafedrada xozirgi kunga kelib 16 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatib kelmoqdalar. Jumladan: kafedra mudiri, dotsent  Mirzaeva S.A., q.h.f.n., dotsentlar Aliyev SH. K., YUldashev F., Mirzaeva M.,  kafedra katta o’qituvchisi Siddiqova N.K., assistentlari Aznabakiyeva D., Musaeva G., Qambarova M., M.Rasulova., Mustafaqulova F., Turdiyeva D., Raxmatov O., Ortiqov I., YUldasheva S., Dehqonova M., Davlatova F.

КАФЕДРАНИНГ ИЛМИЙ САЛОҲИЯТИ

mirzayeva.jpg

КАФЕДРАДА ЎТИЛАДИГАН ФАНЛАР

Kafedrada  bakalavr ta’lim yo’nalishlari bo’yicha 18 ta fan - “Agronomiya”, “O’simliklar himoyasi va karantini”, “Qishloq xo’jalik maxsulotlari yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi”, “Kasbiy ta’lim (Agronomiya)”, “Qishloq xo’jaligi menejmenti”, “Qishloq xo’jalik ekinlari selektsiyasi va urug’chiligi”, “Meva sabzavotchilik va uzumchilik”, “Dorivor o’simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi”, “O’rmonchilik va o’rmon melioratsiyasi”  yo’nalishlarda, magistratura bo’limida 4 ta fan O’simliklar himoyasi va O’simliklar karantini mutaxassisliklari bo’yicha ma’ruza va amaliy, tajriba mashg’ulot darslari xozirgi yangi pedagogik va axborot  texnologiyalari asosida o’qitilmoqda.

Fanningnomi

Ta’lim yo’nalishi,

mutaxassislik

Kishlok xo’jalik fitopatologiyasi

O’XQ

 

Umumiy fitopatologiya va mikrobiologiya

O’XQ

Qishloq xo’jalik ekinlar fitosanitariyasi

O’XQ

Texnik ekinlar kasalliklari

O’XQ

Qishloq xo’jalik biotexnologiyasi

O’XQ

Qishloq xo’jalik ekinlar immuniteti

O’XQ

Himoyalangan joy ekinlari kasalliklari

O’XQ

O’simliklarni biologik himoya qilish

O’XQ

Qishloq xo’jalik biotexnologiyasi va mikrobiologiyasi

AGR, KT(Agr), MSU, QXESU,

 QXMS, Dorivor, Menejment

Dorivor o’simliklarni kasallik va zararkunandalardan himoya qilish

Dorivor

O’rmon fitopatologiyasi

O’rmonchilik

O’rmon biotexnologiyasi va mikrobiologiyasi

O’rmonchilik

O’simliklarni ximoya qilish  tizimlari

O’X

Biozararlanish asoslari

O’X

Biologik   vositalarni ko’paytirish va biologik usulda qo’llash texnologiyalari

O’X

O’simliklarni biologik  ximoya  qilish vositalari

O’X

 

Kafedrada 1 ta yangi pedagogik  va axborot texnologiyalari  bo’yicha ma’ruza o’tish uchun mo’ljallangan va jixozlangan  ma’ruzalar xonasi,   3 ta  laboratoriya va amaliy mashg’ulotlar o’tish uchun mo’ljallangan va jixozlangan  laboratoriya xonalari mavjud. Bulardan tashqari kompyuter xonasidan foydalanilmoqda.

O’simliklar himoyasi va agrokimyo fakulteti, O’simliklarni himoya qilish ta’lim yo’nalishi 4-bosqich, 31-guruxiga M.Qambarova, 4-bosqich,      33-guruxiga N.Siddiqova, 3-bosqich, 32-guruxiga I.Ortiqov hamda 3-bosqich, 31-guruhiga O.Raxmatov gurux murabbiylari sifatida faoliyat ko’rsatmoqdalar.

Professor –o’qituvchilari 2017-2018 o’quv yilida 42 ta ilmiy  makolalar, shu jumladan 14 ta xalqaro anjumanlarda, respublika miqyosida  12 ta, OTM miqyosida 16 ta anjumanlarda chop etildi.      

Kafedraning 2017-2018 o’quv yiliga mo’ljallangan professor-o’qituvchilarning qayta tayyorlash va malakaoshirish rejasi asosida dotsent S.Mirzaeva Oliy ta’lim tizimi pedagog raxbar kadrlarini kayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy metodik markazida, assistentlar M.Rasulova, F.Mustafakulovalar Toshkent kimyo texnologiya institutida, S.YUldasheva, Toshkent Davlat Agrar Universiteti  qoshidagi pedagogik kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish  markazlarida malaka oshirdilar.

Kafedra professor-o’qituvchilarining dissertatsiyalari mavzulari

t/r

O’qituvchilar FISH

Lavo-zimi

Dissertatsiya mavzusi

1

S.A.Mirzaeva

dots

YOng’oq, bodom, anor va anjirni zararkunanda-lardan himoya qilishda zamonaviy usul va vositalar majmuini yaratish

2

D.T.Aznabakiyeva

ass

Pomidorning zamburug’li kasalliklari  va ularga  qarshi  kurash choralarini takomillashtirish

3

N.K.Siddiqova

ass

Farg’ona vodiysi sharoitida  sabzavot ekinlarning oq chirish kasalligi va ularga  qarshi kurash

4

G.M.Musaeva

ass

G’allaning zararli xasva va zang kasalligi bilan zararlanish darajalarini aniqlash tizimini ishlab chiqish

5

M.H.Qambarova

ass

Farg’ona vodiysi sharoitida  tutning fuzarioz kasalligi va unga  qarshi kurash choralari

6

D.T.Turdiyeva

ass

Andijon viloyatida bug’doy ekinlarining kasalliklari va ularga qarshi kurash choralarini takomillashtirish

  Kafedraning ma’naviy – ma’rifiy  ish rejasi institut ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektori tomonidan va fakul’tet dekani tomonidan tasdiklangan reja asosida olib borildi.



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech