Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
RSS

Kafedralar:


Axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi

Respublikadagi oliy o‘quv yurtlarida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik hajmdagi kafedralarni bir-biriga qo‘shib, yirik kafedralar tashkil etish munosabati bilan 2004 yilda "Oliy matematika" va "Informatika va axborot texnologiyalari" kafedralari birlashtirilib, "Oliy matematika va axborot texnologiyalari" kafedrasi tashkil etildi. 2018 yildan kafedra "Axborot texnologiyalari va matematika" deb nomlandi.

Tillar kafedrasi

Institut 1964-yilda tashkil topgan bo’lib kafedra “Rus va chet tillar” kafedrasi deb nomlangan. O’sha paytda kafedrani Kim Sofya Nikolaevna boshqargan. Kafedrada quyidagi professor –o’qituvchilardan Kim Sofya Nikolaevna, Simakova Lyudmila Semyonovna, Qurbanova Maryam Turg’unovna, Kobushko Valentina Nikolaevna, Grishakov Valentin Vasilevich, Kravtsova Nadejda Vasilevna, Isakov Usman Isakovichlar faoliyat ko’rsatgan.

“Fizika va kimyo” kafedrasi

1964 yilda Andijon Paxtachilik institutida “Umumiy kimyo” kafedrasi tashkil etildi.
Kafedra mudiri lavozimida kimyo fanlari nomzodi dotsent Mitkevich G.P. faoliyat olib bordi. Kafedrada N.Madixonov, J.Tursunov, A.Abduraxmonov, O.Ubaydullaeva va boshqa professor-o’qituvchilar samarali mehnat qildilar.

“Gumаnitаr fаnlаr” kаfеdrаsi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 3 sentabrdagi 415-sonli qaroriga asosan institutdagi Iqtisodiyot nazariyasi va Siyosatshunoslik, O’zbekiston tarixi, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, Falsafa kafedralari birlashtirilib 2004 yil dekabr oyida bo’lib o’tgan attestasiya va akkreditasiya natijalariga ko’ra Gumanitar fanlar kafedrasi tashkil etildi. Kafedra mudiri etib falsafa fanlari nomzodi T.Abdullaev saylandi.


Agrosanoatda buxgalteriya xisobi kafedrasi

Iqtisodiyot va boshqaruv fakul’teti negizida “Agroiqtisodiyot va ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi tarkibidan, institut ilmiy kengashining 1996 yil 2 dekabrdagi qaroriga asosan “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi tashkil etilgan. 2018 yilning may oyidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali “Agrosanoatda buxgalteriya hisobi” kafedrasi tashkil topdi. 
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech