Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 3 noyabrdagi 311-sonli qarori bilan yangi strukturani tasdiqlanganligiga asosan “Agronomiya” fakulteti negizida "O’simliklarni himoya qilish va meva-sabzavotchilik" fakulteti tashkil etildi.

2015 yil 16 noyabrdan fakultetni qishloq xo’jalik fanlari nomzodi, dotsent Z.T.Bo’stonov rahbar etib tayinlandi.

bostonov.jpg

BO’STANOV ZOKIRJON TOJIBOYEVICH

Fakultet Dekani

Mehnat faoliyatini 1981 yildan Izboskan tumani SHermat YUsupov nomli kolxozining 3-brigadasidan boshlagan. 1986 yili Andijon Pahtachilik institutining Agronomiya fakultetiga o’qishga kirgan va 1991 yilda tamomlagan. 1991 yildan boshlab Andijon paxtachilik institutining «O’simlikshunoslik» kafedrasida assistent, katta o’qituvchi, dotsent vazifalarida ishladi.

2002-2003 yy - Andijon qishloq xo’jalik instituti «Malaka oshirish» fakulteti dekani lovozimida,

2003-2005 yy - Andijon qishloq xo’jalik instituti Ilmiy ishlari bo’yicha prorektor lovozimida,

2008-2012 yy - Andijon qishloq xo’jalik instituti “O’simlikshunoslik” kafedrasi mudiri lovozimida,

2012-2014 yy - Andijon qishloq xo’jalik instituti «Agronomiya» fakulteti dekani lovozimida,

2014-2015 - Andijon qishloq xo’jalik instituti “Meva sabzavotchilik va qayta ishlash” kafedrasi mudiri

2015. y.-x.v -Andijon qishloq xo’jalik instituti “O’simliklarni ximoya qilish va Meva sabzavotchilik ” fakulteti dekani lovozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

ahmadaliev.jpg

AXMADALIYEV ABBOSBEK USMONALIYEVICH

Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari

2013-2015 yy

-

Andijon qishloq xo’jalik instituti, Meva-sabzavotchilik va qayta ishlash kafedrasida assistent lavozimida

2015. y.-x.v

-

Andijon qishloq xo’jalik instituti “O’simliklarni ximoya qilish va Meva sabzavotchilik ” fakulteti ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari lovozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

mirzaev.jpg

MIRZAEV RAXIMJON ODILJONOVICH

O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari

2012-2015 yy

-

Andijon qishloq xo’jalik instituti, Meva-sabzavotchilik va qayta ishlash kafedrasida assistent lavozimida

2015. y.-x.v

-

Andijon qishloq xo’jalik instituti “O’simliklarni ximoya qilish va Meva sabzavotchilik ” fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari lovozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

parpiev.jpg

PARPIYEV G’ULOMJON G’AYRATOVICH

Ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari

2012-2015 yy

-

Andijon qishloq xo’jalik instituti, “O’simliklar himoyasi va karantini” kafedrasida assistent lavozimida

2015. y.-x.v

-

Andijon qishloq xo’jalik instituti “O’simliklarni ximoya qilish va meva sabzavotchilik” fakulteti ma’naviy va ma’rifiy ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari lovozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

usmonova.jpg

USMONOVA SAIDA GULAMOVNA

Fakultet xotin qizlar kengashi raisi

2011-2015 yy

-

Andijon qishloq xo’jalik instituti, “Fizika va kimyo” kafedrasida assistent lavozimida

2015. y.-x.v

-

Andijon qishloq xo’jalik instituti “O’simliklarni ximoya qilish va meva sabzavotchilik” fakulteti Xotin qizlar kengashi raisi lovozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

oxq-struk.jpg

O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligining 2012 yil 27 noyabrdagi 185-sonli buyruga asosan bugungi kunda 2 ta mutahassislik kafedralar faoliyat olib bormoqda

-O’simliklar himoyasi va karantini -Meva-sabzavotchilik va qayta ishlash.

Xozirgi kunda fakultetda 65 nafar professor-o’qituvchilar, jumladan 5 nafar fan doktori, professorlar, 21 nafar fan nomzodlari, dotsentlar, 6 nafar katta o’qituvchilar, 33 nafar assistentlar talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy, o’quv-uslubiy ishlarni olib bormoqdalar.

Jumladan, Respublikamiz qishloq xo’jaligining turli sohalariga yetuk malakali kadrlarni tayyorlashda o’zlarining munosib hissalarini qo’shgan va qo’shib kelayotgan professorlar, A.Kan, N.Madixonov, A.Kojevnikova , O’.Obidov, T.Topvoldiyev va dotsentlar L.Turushkina, K.Nasriddinov, A.Axmatxonov, M.Mo’minov, M.YAqubova, SH.Aliyev, Z.Bo’stonov, Q.Xushvaqtov, O.Muzaffarov, A.Voxobov, M.YUsupova, A.Qarshiboyev, J.To’ychiyev va S.Mirzaeva kabi professor-o’qituvchilarning xizmatlarini e’tirof etish lozim.

Fakultet o’quv-uslubiy Kengashi tomonidan ta’lim jarayoniga yangi texnologiyalarni tadbiq etish, engi zamon darsliklarini yaratish bo’yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Jumladan, «O’simliklar himoyasi va karantini» kafedrasi professori A.G.Kojevvnikova tomonidan «O’simliklarni biologik himoya qilish vositalari», «O’simliklarni biologik himoya qilish» fanidan darslik,

dotsentlar SH.K.Aliyev va Q.X.xushvaqtovlar tomonidan «Texnik ekinlar zararkunanda va kasalliklari» fanidan o’quv qo’llanmalar chop etildi.

Fakultetda hozirga kelib qishloq xo’jalik sohalari uchun 3 ta ta’lim yo’nalishida jami 965 nafar talabalar taxsil olmoqdalar.

Fakultet professor-o’qituvchilari Toshkent Davlat Agrar Universiteti, Samarqand qishloq xo’jalik instituti, G’o’za selektsiyasi, urug’chiligi va parvarishlash agrotexnologiyasi ilmiy tadqiqot instituti, O’simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti, Don-dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti, M.Mirzaev nomidagi Meva-sabzavotchilik va uzumchilik xolding kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan.

Bugungi kunda dotsent Z.Bo’stanov ilmiy raxbarligi ostida «O’zbekistonda intensiv bog’dorchilikda pakana bo’yli behi va nok payvantaglarini navlar uchun tanlash kambinatsiyasini optimizatsiyalash» mavzusida 165 million so’mlik ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

oxq1.jpg

oxq2.jpg

oxq3.jpg

Fakultetda talabalarning ilmiy-tadqiqotlar olib borishlari uchun yetarli sharoitlar yaratilgan bo’lib, bugungi kunda fakultetning iqtidorli talabalaridan S.YUnusov (2012), Z.Zaynobiddinov (2014) lar O’zbekiston Respublikasi bakalavrlari uchun ta’sis etilgan «Beruniy» nomidagi Davlat stipendiyasi g’olib bo’ldilar.

SHuningdek S.Soliyev (2012) lar «Agronomiya» yo’nalishi bo’yicha Respublika miqyosidagi fan olimpiadasida fahrli birinchi o’rinni qo’lga kiritgan.

oxq4.jpg

Fakultet talabalariga Respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalardagi isloxotlarni yetkazish va ularni bajarishga tayyor yetuk, yuqori malakali mutahassislar qilib tarbiyalashda fakultetning Ma’naviyat va ma’rifat kengashi, Ustoz-murabbiy Kengashi, Xotin-qizlar qo’mitasi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkilotlari hamkorlikda keng ko’lamli ishlarni olib bormoqdalar.

Fakultetda talabalarni sport bilan shug’ullanishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan bo’lib, bugungi kunda fakultet talabalari futbol, voleybol, qo’l to’pi, basketbol, stol tennisi, belbog’li kurash, xalqaro kurash, dyuzdo, yengil atletika, og’ir atletika, shaxmat-shashka, mini futbol, o’zbek jang san’ati, taekvondo bo’yicha sport to’garaklariga qatnashib, ulardan Sayfuddinov Nurillo kurash bo’yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 2 marta O’zbekiston chempioni, 2013 yilgi Universiada sport musobaqalarining kumush medali sohibi sifatida e’tirof etib kelinmoqda.

oxq5.jpg

oxq6.jpg

Fakultetda fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yo’lga qo’yish maqsadida talabalarni o’quv hamda malakaviy ishlab chiqarish amaliyotlari Andijon, Farg’ona, Namangan viloyatlaridagi eng ilg’or korxonalar, qishloq xo’jalik tashkilotlari hamda fermer xo’jaliklarida tashkil etib kelinmoqda. Bunda talabalar qishloq xo’jalik ekinlarining yangi navlarini yaratish va qo’llanilayotgan zamonaviy agrotexnologiyalardan bevosita ishtirok etib, yetishtirilgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash va ularni qayta ishlash bo’yicha eng yangi texnologiyalarni o’rganib bormoqdalar.

oxq7.jpg

Ishlab chiqarish amaliyotidan lavxalar

oxq8.jpg

Fakultet professor-o’qituvchilari Xorijiy Davlatlar bilan xam aloqa o’rnatganlar. Amerika qo’shma shtatlarini O’zbekistonda joylashgan vakolatxonasi tomonidan “USAID” dastur loyixasi e’lon qilingan bo’lib, shu dastur loyihasi asosida professor-o’qituvchilarimiz ishtirok etib kelmoqda.SHu bilan birgalikda Ispaniya Davlatining Barselona Avtonom Unversiteti bilan xamkorlikda “INOCAST” loyihasi dasturi asosida olimlarimizdan dotsent Z.Bo’stanov ishtirok etib , 2015 yil noyabr oyining 2-5.11.2015y.kunlari Qozog’istonning Almata shaxridagi “KIMEP” Unversitetida bo’lib o’tgan ilmiy-seminarda qatnashib keldi.

oxq-xab.jpg

oxq9.jpg

oxq10.jpg

Fakultetda talabalarni davomatini yaxshilash o’zlashtirish darajasini oshirish xamda talabalarni nazoratsiz qoldirmaslik uchun guruh murabbiylari dekanat tomonidan beriladigan haftalik mavzu asosida o’zlarining “Murabbiylik soati” darslarini tashkillashtiradilar.

Murabbiylar Axborot soatlari”ning materiallari asosida mamlakatimizda turli jabhalarda olib borilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar, o’zgarishlar, yangiliklar haqidagi tezkor axborotlar bilan talabalarni muntazam xabardor qilib boradilar.

Murabbiylar o’zlariga biriktirilgan guruxlarning har bir talabasi bilan aloxida suxbatlashib ularni o’qishi, yashashi va oilaviy sharoitlari bo’yicha vujudga keladigan turli masalalar bo’yicha maslaxatlar va yo’l yo’riqlar berib turishadi.

Har o’quv yilida ikki marta bosqich talabalar ishtirokida ularni ota-onalari bilan institutda maxsus uchrashuv o’tkazilib, unda har bir talabani axlok-odobi, darslarga katnashishi va o’kishi to’g’risida batafsil axborot berilishi ham o’zini yaxshi natijasini bermoqda.

Undan tashqari zaruriyat tug’ilganda talabani ota-onasi institutga taklif etilib, ularni farzandi yo’l qo’ygan kamchiliklar bo’yicha suxbatlar o’tkazilmoqda.

oxq11.jpg

Ota-onalar yig’ilishidan lavxalar

oxq12.jpg

Fakultet kafedralari

O’SIMLIKLAR HIMOYASI VA KARANTINI KAFEDRASI

1979 yil Andijon paxtachilik instituti tarkibida «O’simliklarni himoya qilish» kafedrasi, 2004 yili 2 sentyarbda institut rektorining 260-L buyrug’i bilan «Agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklarni himoya qilish» kafedrasi hamda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining 2012 yil 27 noyabrdagi 185-sonli buyrug’iga asosan «O’simliklar himoyasi va karantini» kafedrasi deb nomlandi.

MEVA-SABZAVOTCHILIK VA QAYTA ISHLASH KAFEDRASI

Meva-sabzavotchilik va qayta ishlash kafedrasi dastlab O’simlikshunoslik nomi bilan Andijon paxtachilik instituti Agronomiya fakulteti tarkibida 1967 yilda ish boshlagan. O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining 2012 yil 27 noyabrdagi 185-sonli buyrug’iga asosan «Meva-sabzavotchilik va qayta ishlash» kafedrasi deb nomlandi.

FIZIKA VA KIMYO KAFEDRASI

Pedagogika va tabiy fanlar kafedrasi negizida “Fizika va kimyo” kafedrasi, 2015 yil 3-noyabr № 311-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan strukturaga asosan institutning 2015 yil 20 noyabrdagi №147-st buyrug’iga asosan ”Fizika va kimyo” kafedrasi deb nomlandi.



RSS

Kafedralar:


"O’simliklar himoyasi va karantini" kafedrasi

Andijon qishloq xo’jalik instituti tarkibida Agronomiya fakulteti 1964 yil tashkil etilgan. Fakultet qoshida 1979 yil «O’simliklarni ximoya qilish» kafedrasi, 2004 yili 2 sentyabrda institut rektorining 260-L buyrug’i bilan «Agrokimyo, tuproqshunoslik va o’simliklarni ximoya qilish» kafedrasi hamda O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi Vazirligining 2012 yil 27 noyabrdagi 185-sonli buyrug’iga asosan “O’simliklar ximoyasi va karantini” kafedrasi deb nomlandi.

«Meva-sabzavotchilik, uzumchilik, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini saqlash va birlamchi qayta ishlash texnologiyasi» kafedrasi

«Meva sabzavotchilik va qayta ishlash» kafedrasidastlab «O’simlikshunoslik» nomi bilan Andijon paxtachilik instituti Agronomiya fakulteti tarkibida 1967 yilda ish boshlagan.

"Botanika va agrobiotexnologiya" kafedrasi

2016 yil 20 fevraldan boshlab O’zbekiston Respublikasi Vazirlari Maxkamasining 2015 yil 3 noyabrdagi 311-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan institut yangi tuzilmasiga muvofiq institut rektorining 2016 yil 6 yanvardagi 6-L(A) tartibli buyrug’iga asosan yangi tashkil qilindi.

Kafedramiz institutimiz tashkil topgan vaqtidan shakllangan ikki katta o’z saloxiyatiga ega bo’lgan kafedralar negizida tashkil topdi.

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech