Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
Insonning go’zal fazilatlaridan biri sadoqatdiri sadoqatli inson oilasiga, do’stlariga, jamoasiga mehr qo’yadi, atrofdagilarni «yomon ko’zdan» asraydi, yaqinlari uchun sidqidil bilan mehnat qiladi va mana shu sadoqati tufayli el aro xurmat topadi.

Fakultet tarixi bevosita institut tarixi bilan chambarchas bog’liq. Fakultet dastlab 1960 yildan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti filiali sifatida faoliyat ko’rsata boshlagan. 1964 yilda filial negizida Andijon paxtachilik instituti tashkil topganda uning tarkibida «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash» va «Gidromelioratsiya» fakultetlari ham faoliyat yurita boshladi.

1997 yildan fakultetlar birlashtirilib, unga «Agroinjeneriya» nomi beriladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yildagi qaroriga asosan «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash» fakulteti sifatida faoliyat olib bordi.

O’zbekiston Respublikasi vazirlar Maxkamasining 2015 yil 3 noyabrdagi 311-sonli “Qishloq va suv xo’jalik tarmoqlarini oliy ma’lumotli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori va O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining 2015 yil 5 noyabrdagi 238-sonli buyrug’iga asosan Agroinjeneriya fakulteti nomi bilan yuritila boshladi.

«Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash» fakultetining shakllanishi va rivojlanishiga turli yillarda mehnat qilgan dekanlar Z.Nosirov, U.Karimov, T.Nasiridinov, U.Igamberdiyev, S.Po’latov, I.Mirzaev, N.Samatov, R.Abdiraxmonov, A.Hamraqulov, D.Abdullaevlar, yetakchi professor-o’qituvchilar T.S.Xudoyberdiyev, A.Sattarov, SH.Qurbonov, N.Mavlonov, A.Abdullaev, G.Raxmonov, K.Aliyev, A.Datxaboyev, T.Abduraximov, A.Dadaxodjaev, Z.Turg’unov, B.Boltaboyev, A.Saidov, katta o’qituvchilar A.YUsupov, A.Dalimboyev, K.Asqarovlar munosib hissa qo’shdilar.

«Gidromelioratsiya» fakulteti mustaqil bo’lganida esa yetakchi professor-o’qituvchilar O.Sodiqov, N.Raimjonov, A.Xojimatov, M.Jo’raev, M.Mamajonov, A.Sultonov, A.Abdurasulov, K.Xolmatov, X.Siddiqov, A.Maxmudov, K.Otaboyev, G’.Ashurov, R.Maxkamov, D.Saidxodjaeva, A.Isashovlarning xizmatlarini alohida e’tirof etish lozim.

Xozirgi kunda fakultetni dotsent A.N.Xudayorov boshqarib kelmoqda.

XUDOYAROV ANVARJON NAZIRJONOVICH

1965 yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida tug’ilgan, millati o’zbek, ma’lumoti oliy, 1989 yili Andijon paxtachilik instituti «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash» fakultetini injener-mexanik mutaxassisligi bo’yicha imtiyozli tamomlagan.

xudoyorov.jpg

1991 yildan Andijon qishloq xo’jalik instituti «Traktor va avtomobillar» kafedrasida assistent lavozimida ish boshlagan. A.N.Xudoyarov «Traktor, avtomobil, qishloq xo’jalik va meliorativ mashinalari» kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlash bilan birga 2001-2004 yillarida sirtqi ta’lim fakulteti dekan muovini, dekani vazifalarida faoliyat ko’rsatib keldi.

2005-2008 yillarda «Qishloq xo’jalik texnikalari, foydalanish va ta’mirlash» kafedrasida faoliyat olib borish bilan birga O’zbekiston qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti doktoranturasida doktorant, 2008-2012 yillarda kafedra dotsenti lavozimda faoliyat olib borgan.

2012-2015 yillarda magistratura bo’limining boshlig’i vazifa ish olib borgan. 2015 yildan boshlab, Agroinjeneriya fakulteti dekani lavozimida faoliyat yuritmoqda.

A.N.Xudoyarov turli mavzularda o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanlarda muntazam ravishda o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Markaziy nashrlarda hamda to’plamlarda 80 dan ortiq turli mavzulardagi ilmiy maqolalari chop etilgan, 25 dan ortiq o’quv-uslubiy ishlari nashr etilgan, 3 ta ixtiro uchun patent olgan hamda 2 ta monografiyasi bosmadan chiqqan. Bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo’yicha hamda magistrantlarni ilmiy faoliyatida bajariladigan ishlari yo’riqnomalarini ishlab chiqqan.

Hozirgacha fakultetning 14 mingdan ortiq talabalar tamomladidar. Ayni paytda ular Respublikamiz qishloq xo’jaligini rivojlantirishda, bir necha xorijiy davlatlarda qishloq va suv xo’jaligining sohalarida hamda turli tashkilotlarda yetakchi va rahbar lavozimlarida xizmat qilib Vatanimizning yuksalishiga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar. Bugungi kunda fakultet tasarrufida 3 ta maxsus o’quv bino, 2 ta o’quv saroyi va 2 ta o’quv ustaxonasi mavjud. Barcha kafedralardagi o’quv xonalari, ayniqsa, ixtisoslik fanlari o’qitiladigan auditoriyalari, shuningdek tajriba va amaliy mashg’ulotlar o’tkaziladigan xonalar zamonaivy kompyuter texnikalar valaboratoriya jihozlari bilan ta’minlangan.

«Agroinjeneriya» fakultetida bugungi kunda 5 ta «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish», «Kasb ta’lim», «Suv xo’jaligi va melioratsiya», «Gidrotexnika inshootlari, nasos va nasos stantsiyalaridan foydalanish», «Qishloq xo’jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish»bakalavr ta’lim yo’nalishlarida 41 ta akademik guruhlarda hamda 2 ta«Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish» va «Qishloq xo’jalik texnikasini loyihalashtirish va konstruktsiyasini ishlash» mutaxassisliklari bo’yicha 950 nafardan talaba va magistrantlar tahsil olmoqdalar.

Fakultet tarkibida 3 ta utaxasislik kafedralarida 85 nafar professor-o’qituvchilar talabalarga bilim va tarbiya bermoqdalar. Ularning 3 nafari fan doktori professorlar bo’lsa, 40 nafardan ortig’i fan nomzodlari, dotsentlardir. Fakultet jamoasi mamlakatimizdagi oliy o’quv yurtlari va ilmiy tekshirish institutlari hamda Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Germaniya, Kanada, Koreya, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston kabi davlatlarning nufuzli o’quv yurtlari bilan hamkorlikda o’quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borib, o’z malakasini oshirib kelmoqdalar.

SHuningdek, fakultetimizning 24 nafar talabasi grant asosida Germaniya va SHveytsariyada malakaviy o’quv amaliyotlarini o’tab qaytganlar.

LOGO dasturi bo’yicha Germaniya davlatida «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish» ta’lim yo’nalishi talabalari Karimov Xushnudbek, Abduxalilov Xamidullo, YUldashev Baxodir, Karimova Gulnozaxon, Zaynobiddinov G’iyosiddin, «Suv xo’jaligi va melioratsiya» ta’lim yo’nalishi talabasi Zokirov Raxmatullo kabi talabalarimiz malakaviy o’quv amaliyotini o’tab qaytganlar.

«Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish» ta’lim yo’nalishi 4-bosqich 1-guruh talabasi Nazirjonov Ibroximjon 2014 yilning 1 avgustida SHveytsariyaning TSyurix shaxridagi Agroskope (Agroscope) kompaniyasida malakaviy o’quv amaliyotini o’tab qaytgan.

Fakultetda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar esa murbbiylik Kengashi boshchiligida olib boriladi. Talabalarni ham jismonan ham ruhan kamol topishlarida sportni ommalashtirishga erishish, ular orasidan iqtidorlilarini saralab olish yuzasidan ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada, talabalar orasida sport ustalari, sport ustaligiga nomzodlar, razryadli sportchilar salmog’i oshib bormoqda. Respublika va halqaro miqyosida o’tkazilayotgan musobaqalarda ishtirok etib, katta muvaffiqiyatlarga erishmoqdalar.

Iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlar natijasida, so’nggi yillarda fakultet talabalaridan 26 nafari Ulug’bek va Beruniy nomidagi Davlat stipendiyalari sohibi bo’ldilar. Turli yo’nalishlari bo’yicha «Yilning eng yaxshi g’oyasi»«YUrt kelajagi»kabi Respublika iqtidorli yoshlar tanlovlarida g’olibligini qo’lga kiritdilar. YAqinda esa yana bir quvonarli xabar tarqaldi, fakultetning «Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish» ta’lim yo’nalishi 4-bosqich 1-guruh talabasi Zebiniso Mirzaeva «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofotining viloyat saralash bosqichida fan yo’nalishi bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritib, Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.



RSS

Kafedralar:


«Qishloq xo’jaligini energetikasi va umumtexnika fanlari» kafedrasi

Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutining Andijon filiali asosida 1964 yili Kuygan-yor qishlog’ida mustaqil Andijon paxtachilik instituti tashkil etildi.
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech