Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
17 Май 2017 y.    10:51

*** E’LON ***

XALQARO TANLOV !

Evropa Ittifoqining KA107 Erasmus+ Credit Mobility dasturi bo’yicha Bolgariyaning Svishtov shahridagi D.A.TSenov nomli Iqtisodiyot Akademiyasi va Andijon qishloq xo’jalik instituti o’rtasida yangi xalqaro loyiha boshlandi. 2017-2018 o’quv yilida Andijon qishloq xo’jalik institutidan Bolgariyada 1 nafar talabaning 4 oylik o’qishi va 1 nafar o’qituvchining 10 kunlik stajirovkasi hamda Bolgariyaning Svishtov shahridagi D.A.TSenov nomli Iqtisodiyot Akademiyasidan 1 nafar professorning bizdagi 10 kunlik stajirovkasi yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Iqtisodiyot Akademiyasi haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi veb-sahifadan olishingiz mumkin: http://www.uni-svishtov.bg/default.asp?ver=EN

SHu munosabat bilan iqtisodiy fanlarni a’lo darajada o’zlashtirgan, ingliz tilini mukammal biladigan, ma’naviy jihatdan yetuk, kelgusida vatanimiz taraqqiyoti uchun astoydil xizmat qilishni hoxlaydigan hamda umumiy salomatligi bo’yicha muammo bo’lmagan institutimizning “Qishloq xo’jaligida menejment” fakultetining barcha ta’lim yo’nalishlarining 3_bosqich talabalari o’rtasida ochiq tanlov o’tkaziladi.

Tanlovda qatnashishni hohlovchi talabalar papkaga jamlangan quyidagi xujjatlarni topshirishlari so’raladi:

1. Institut rektori nomiga tanlovda qatnashish haqida ariza

2. Ob’ektivka-ma’lumotnoma (rangli foto bilan)

3. Pasport nusxasi

4. Reyting daftarchasining nusxasi

5. Reyting daftarchasining ingliz tiliga mustaqil tarjimasi

6. Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikat (asl nusxasi)

7. Ingliz va o’zbek tilida tarjimai hol (1 betgacha)

8. Ingliz va o’zbek tilida motivatsiya xati (2 betgacha)

9. Guruh rahbaridan tavsifnoma

10. Fakultet dekanidan tavsifnoma

Hujjatlarni institutning Xalqaro aloqalar bo’limiga (rektorat binosi 3-qavat) 2017 yil 25 maygacha bo’lgan muddatda topshirishlaringiz so’raladi. Tanlovning og’zaki bosqichi 2017 yil 29 may kuni soat 14-00 da Xalqaro aloqalar bo’limida o’tkaziladi.

Xalqaro aloqalar bo’limi

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech