Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
14 Октябр 2019 y.    10:22

praktika.jpgpraktika1.jpgpraktika2.jpgpraktika3.jpg


Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali 3-bosqich talabalarining horijiy tajribalarni o’rganish, qishloq xo’jaligi rivojlangan Germaniyada fermer xo’jaliklarida  amaliyot o’tashlarini tashkil etishga ixtisoslashgan PRAXX, AZ-Germany Consulting, GeTec Solutions, LOGO e.V. kompaniyalari bilan 6 oylik amaliyotlar tashkil etiladi. SHuningdek AZ-Germany Consulting kompaniyasi bilan 2-bosqich talabalari uchun 3 oylik amaliyotlar ham tashkil etiladi. Amaliyot davrida talabaning o’qish davri to’xtamaydi.

SHu munosabat bilan avvalgi semestrlardagi fanlarni o’zlashtirgan, nemis yoki ingliz tilini mukammal biladigan, ma’naviy jihatdan yetuk, kelgusida vatanimiz taraqqiyoti uchun astoydil xizmat qilishni hoxlaydigan hamda umumiy salomatligi bo’yicha muammo bo’lmagan filialimizning barcha ta’lim yo’nalishlarining 2-3-bosqich talabalari hamda magistraturaning 1-bosqichlari o’rtasida saralash maqsadidagi ochiq tanlov o’tkaziladi.

Tanlovda qatnashishni hohlovchi talabalar papkaga jamlangan quyidagi xujjatlarni topshirishlari so’raladi:

1. Filial direktori nomiga tanlovda qatnashish haqida ariza

2. Ob’ektivka-ma’lumotnoma (rangli foto bilan)

3. Pasport nusxasi

4. Reyting daftarchasining to’ldirilgan barcha varaqlari nusxasi

5. Tarjimai hol (1 betgacha)

6. Avtomobil yoki traktorni boshqarish uchun xaydovchilik guvoxnomasi nusxasi (agar mavjud bo’lsa)

7. Guruh rahbari va fakultet dekani tomonidan imzolangan horijda amaliyot o’tashga loyiqligi haqidagi tavsifnoma (qo’lyozma)

8. Talabaning ota-onasi tomonidan imzolangan horijda amaliyot o’tashga rozilik xati (qo’lyozma)

 

Hujjatlarni Xalqaro hamkorlik bo’limiga 2019 yil 19 oktyabrgacha bo’lgan muddatda topshirishlaringiz so’raladi. Saralash bosqichida Xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchilari, fakultet dekanlari, rektorat  va xalqaro aloqalar bo’limi ishtirokida maxsus komissiya tuzilib, tanlov o’tkaziladi.

Saralash bosqichidan o’tgan talabalar uchun tegishli kompaniyalar vakillari ishtirokida tanlovning yakuniy bosqichi yozma va og’zaki imtihon shaklida o’tkaziladi.

 

Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Baxodirjon Nosirov
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech