Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
01 Феврал 2019 y.    09:17

E’LON !

Germaniyada amaliyot o’tash uchun LOGO e.V. dasturi

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialida talabalarning horijiy tajribalarni o’rganish, qishloq xo’jaligi rivojlangan Germaniyada fermer xo’jaliklarida amaliyot o’tashlarini tashkil etishga ixtisoslashgan LOGO e.V dasturi bilan shartnoma imzolandi. Amaliyot 6 oy davom etib, talabaning o’qish davri to’xtamaydi.

SHu munosabat bilan avvalgi semestrlardagi fanlarni o’zlashtirgan, nemis yoki ingliz tilini mukammal biladigan, ma’naviy jihatdan yetuk, kelgusida vatanimiz taraqqiyoti uchun astoydil xizmat qilishni hoxlaydigan hamda umumiy salomatligi bo’yicha muammo bo’lmagan institutimizning barcha ta’lim yo’nalishlarining 2-3-bosqich talabalari o’rtasida saralash maqsadidagi ochiq tanlov o’tkaziladi.

Tanlovda qatnashishni hohlovchi talabalar papkaga jamlangan quyidagi xujjatlarni topshirishlari so’raladi:

1. Filial direktori nomiga tanlovda qatnashish haqida ariza

2. Ob’ektivka-ma’lumotnoma, 2 dona 3x4 rangli foto

3. Pasport nusxasi

4. Reyting daftarchasining to’ldirilgan barcha varaqlari nusxasi

5. Tarjimai hol, unda xorijiy amaliyotning siz uchun axamiyati yoritilishi kerak (nemis yoki ingliz tilida qo’lyozma, 2 betgacha)

6. Avtomobil yoki traktorni boshqarish uchun xaydovchilik guvoxnomasi nusxasi (agar mavjud bo’lsa)

7. Guruh rahbari va fakultet dekani tomonidan imzolangan horijda amaliyot o’tashga loyiqligi haqidagi tavsifnoma

8. Talabaning ota-onasi tomonidan imzolangan horijda amaliyot o’tashga rozilik xati

Hujjatlarni filailning Xorijiy tillar kafedrasi mudiri M.Irgashevga 2019 yil 9 fevralgacha bo’lgan muddatda topshirishlaringiz so’raladi. Saralash bosqichi 2019 yil fevral oyi o’rtalarida LOGO e.V dasturi hodimlari tomonidan yozma va og’zaki imtihon shaklida o’tkaziladi.

Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Baxodirjon Nosirov
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech