Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
06 Ноябо 2018 y.    14:55

Andijon qishloq xo’jalik institutida talabalarning horijiy tajribalarni o’rganish, qishloq xo’jaligi rivojlangan Germaniyada fermer xo’jaliklarida amaliyot o’tashlarini tashkil etishga ixtisoslashgan PRAXX dasturi bilan shartnoma imzolandi. Amaliyot 6 oy davom etib, talabaning o’qish davri to’xtamaydi.

SHu munosabat bilan avvalgi semestrlardagi fanlarni o’zlashtirgan, nemis tilini mukammal biladigan, ma’naviy jihatdan yetuk, kelgusida vatanimiz taraqqiyoti uchun astoydil xizmat qilishni hoxlaydigan hamda umumiy salomatligi bo’yicha muammo bo’lmagan institutimizning barcha ta’lim yo’nalishlarining 3-bosqich talabalari o’rtasida saralash maqsadidagi ochiq tanlov o’tkaziladi.

Tanlovda qatnashishni hohlovchi talabalar papkaga jamlangan quyidagi xujjatlarni topshirishlari so’raladi:

1. Institut rektori nomiga tanlovda qatnashish haqida ariza

2. Ob’ektivka-ma’lumotnoma (rangli foto bilan)

3. Pasport nusxasi

4. Reyting daftarchasining to’ldirilgan barcha varaqlari nusxasi

5. Tarjimai hol (1 betgacha)

6. Avtomobil yoki traktorni boshqarish uchun xaydovchilik guvoxnomasi nusxasi (agar mavjud bo’lsa)

7. Guruh rahbari va fakultet dekani tomonidan imzolangan horijda amaliyot o’tashga loyiqligi haqidagi tavsifnoma

8. Talabaning ota-onasi tomonidan imzolangan horijda amaliyot o’tashga rozilik xati

Hujjatlarni institutning Xorijiy tillar kafedrasi mudiri M.Irgashevga 2018 yil 10 noyabrgacha bo’lgan muddatda topshirishlaringiz so’raladi. Saralash bosqichida Xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchilari, fakultet dekanlari, rektorat va xalqaro aloqalar bo’limi ishtirokida maxsus komissiya tuzilib, tanlov o’tkaziladi.

Saralash bosqichidan o’tgan talabalar uchun 2018 yil 21 noyabrda PRAXX dasturi hodimlari tomonidan tanlovning yakuniy bosqichi yozma va og’zaki imtihon shaklida o’tkaziladi.

Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Baxodirjon Nosirov
Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech