Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
17 Декабр 2018 y.    15:34

GERMANIYAGA MAGISTRATURAGA QABUL BO’YICHA E’LON !

Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali, sobiq Andijon qishloq xo’jalik institutini bitirgan sobiq talabalarimizga ajoyib imkoniyat! Ishonchli horijiy hamkorlarimizdan biri bo’lgan Germaniyaning Weihenstephen-Triesdorf amaliy fanlar universitetiga “Agrar menejment” mutaxassisligi bo’yicha xalqaro magistraturaning 2019-2020 – o’quv yili 1-bosqichiga qabul boyicha sinov imtihonlariga online ro’yhatdan o’tish boshlandi. Buning uchun siz sobiq institutimizda bakalavriatning qaysi yo’nalishi bo’lishidan qat’i nazar bitirib, diplomga ega bo’lishingiz zarur. Agar siz Yevropaning shu sohadagi eng ilg’or universitetida zamonaviy bilimlar olib, malakali mutaxassis bo’lishni istasangiz hamda nemis tilidan kamida B1 darajasida bilimga ega bo’lsangiz, marhamat, sinov imtihonlariga 2019 yil 20 yanvargacha muddatda online ro’yhatdan o’ting. Magistraturaning 1-bosqichiga qabul boyicha sinov imtihonlari Andijon yoki Toshkent shahrida 2019 yil fevral oyining oxirgi 10 kunligida Germaniyaning Weihenstephen-Triesdorf amaliy fanlar universiteti vakillarining shaxsan o’zlari tomonidan o’tkaziladi. Batafsil ma’lumotlarni filialning Xalqaro hamkorlik bo’limidan (rektorat binosi, 3-qavat) olishingiz mumkin

Xalqaro hamkorlik bo’limi


Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech