Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
27 Август 2018 y.    10:28

IQTISODIY YO’NALISHLARDAGI O’QITUVCHILAR UCHUN XALQARO TANLOV !

Evropa Ittifoqining KA107 Erasmus+ Credit Mobility dasturi bo’yicha Bolgariyaning Svishtov shahridagi D.A.TSenov nomli Iqtisodiyot Akademiyasi bilan xalqaro loyiha bajarilmoqda. 2018-2019 o’quv yilida Andijon qishloq xo’jalik institutidan Bolgariyada 1 nafar talabaning 4 oylik o’qishi va 1 nafar o’qituvchining 10 kunlik xizmat safari hamda Bolgariyaning Svishtov shahridagi D.A.TSenov nomli Iqtisodiyot Akademiyasidan 2 nafar professorning bizdagi 10 kunlik xizmat safari yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi. Iqtisodiyot Akademiyasi haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi veb-sahifadan olishingiz mumkin: http://www.uni-svishtov.bg/default.asp?ver=EN

SHu munosabat bilan iqtisodiy fanlarni o’qitishda tajribaga ega bo’lgan, ingliz tilini mukammal biladigan, ma’naviy jihatdan yetuk, filialimiz salohiyatini oshirish uchun astoydil xizmat qilishni hoxlaydigan hamda umumiy salomatligi bo’yicha muammo bo’lmagan filialimizning iqtisodiy yo’nalishlardagi o’qituvchilari uchun 10 kunlik xizmat safariga jo’natishga ochiq tanlov o’tkaziladi.

Tanlovda qatnashishni hohlovchi o’qituvchilar papkaga jamlangan quyidagi xujjatlarni topshirishlari so’raladi:

1. Institut rektori nomiga tanlovda qatnashish haqida ariza

2. Ob’ektivka-ma’lumotnoma (rangli foto bilan)

3. Pasport nusxasi

4. Aniq iqtisodiy fan bo’yicha ingliz tilida 12 soatli ish rejasi

6. Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikat (asl nusxasi)

7. Ingliz va o’zbek tilida tarjimai hol (1 betgacha)

8. Ingliz va o’zbek tilida motivatsiya xati (2 betgacha)

Hujjatlarni institutning Xalqaro xamkorlik bo’limiga (rektorat binosi 3-qavat) 2018 yil 6 sentyabrgacha bo’lgan muddatda topshirishlaringiz so’raladi. Tanlovning og’zaki bosqichi 2017 yil 10 sentyabr kuni soat 15-00 da Xalqaro xamkorlik bo’limida o’tkaziladi.

Xalqaro xamkorlik bo’limi


TALABALAR UCHUN XALQARO TANLOV !

Evropa Ittifoqining KA107 Erasmus+ Credit Mobility dasturi bo’yicha Bolgariyaning Svishtov shahridagi D.A.TSenov nomli Iqtisodiyot Akademiyasi bilan xalqaro loyiha bajarilmoqda. 2018-2019 o’quv yilida Andijon qishloq xo’jalik institutidan Bolgariyada 1 nafar talabaning 4 oylik o’qishi va 1 nafar o’qituvchining 10 kunlik stajirovkasi hamda Bolgariyaning Svishtov shahridagi D.A.TSenov nomli Iqtisodiyot Akademiyasidan 2 nafar professorning bizdagi 10 kunlik stajirovkasi yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi. Iqtisodiyot Akademiyasi haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi veb-sahifadan olishingiz mumkin: http://www.uni-svishtov.bg/default.asp?ver=EN

SHu munosabat bilan iqtisodiy fanlarni a’lo darajada o’zlashtirgan, ingliz tilini mukammal biladigan, ma’naviy jihatdan yetuk, kelgusida vatanimiz taraqqiyoti uchun astoydil xizmat qilishni hoxlaydigan hamda umumiy salomatligi bo’yicha muammo bo’lmagan filialimizning “Qishloq xo’jaligida menejment”, “Iqtisodiyot”, “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yo’nalishlarining 4_bosqich talabalari o’rtasida ochiq tanlov o’tkaziladi.

Tanlovda qatnashishni hohlovchi talabalar papkaga jamlangan quyidagi xujjatlarni topshirishlari so’raladi:

1. Institut rektori nomiga tanlovda qatnashish haqida ariza

2. Ob’ektivka-ma’lumotnoma (rangli foto bilan)

3. Pasport nusxasi

4. Reyting daftarchasining nusxasi

5. Reyting daftarchasining ingliz tiliga mustaqil tarjimasi

6. Ingliz tilini bilishini tasdiqlovchi sertifikat (asl nusxasi)

7. Ingliz va o’zbek tilida tarjimai hol (1 betgacha)

8. Ingliz va o’zbek tilida motivatsiya xati (2 betgacha)

9. Guruh rahbaridan tavsifnoma

10. Fakultet dekanidan tavsifnoma

Hujjatlarni institutning Xalqaro xamkorlik bo’limiga (rektorat binosi 3-qavat) 2018 yil 6 sentyabrgacha bo’lgan muddatda topshirishlaringiz so’raladi. Tanlovning og’zaki bosqichi 2017 yil 10 sentyabr kuni soat 14-00 da Xalqaro xamkorlik bo’limida o’tkaziladi.

Xalqaro xamkorlik bo’limi

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech