Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
15 Апрел 2019 y.    10:13

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI ANDIJON FILIALI 2018/2019 o’quv yilida bitiruvchi bakalavr va magistrlarni ishga taqsimlashga kirishganligini ma’lum qiladi.

Bitiruvchilarni ishga taqsimlashda Respublikamizning barcha hududlarini qamrab olish, yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoji bor korxonalarning talablarini qondirish va bitiruvchilarga taqsimot jarayonida tanlash imkoniyatini kengaytirish maqsadida filial tomonidan buyurtmalar qabul qilish davom etmoqda. Filialni tamomlayotgan kadrlarga ehtiyoji mavjud korxona rahbarlari talabnoma va so’rov xati bilan                 2019 yil 18 aprelgacha filial ma’muriyatiga murojaat etishlari mumkin. Talabnomada buyurtmachining rekvizitlari (pochta manzili, telefon) hamda taklif etilayotgan lavozim to’g’risidagi ma’lumotlar to’liq ko’rsatilishi lozim.

SHuningdek, mutaxassislarga ehtiyoji bor barcha korxona va tashkilotlarni bitiruvchilar bilan bevosita suhbat o’tkazish, ishga tanlab olish va shartnomalar rasmiylashtirish uchun 2019 yil 19 aprel kuni filialda o’tkazilayotgan “Karera kuni” mehnat yarmarkasi tadbiriga taklif etamiz.

           Bitiruvchilar to’g’risidagi batafsil ma’lumot bilan institut veb-sayti (http://www.andqxi.uz) da “Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring ” bo’limida tanishish mumkin. 

Sizning e’tiboringizga yo’nalishlar bo’yicha quyidagi ma’lumotlarni ilova qilamiz. 2018/2019 O’QUV YILIDA BITIRUVCHILAR TO’G’RISIDA MA’LUMOTni ko'rish




Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialida  2019 yil    19 aprel kuni soat 10.00 da 2018/2019 o’quv yilida filialni bitiruvchi bakalavr va magistrlarni ish joylariga taqsimlash maqsadida   “Karera kuni” mehnat yarmarkasi o’tkaziladi.

          Ushbu tadbirda bitiruvchilar bilan suhbat o’tkazish va ishga joylashtirish bo’yicha tashkilotingiz mas’ul xodimlarini yuborishingizni so’raymiz.

          “Karera kuni” tadbirida bitiruvchilarni tashkilot bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tashkilot faoliyatini yorituvchi tegishli ko’rgazma jihozlari va vakant joylari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ishtirok etilsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.


 

 Ijrochi: Buyurtmalar portfelini shakllantirish,  bitiruvchilarni ishga

 taqsimlash va  monitoring bo’limi boshlig’i  

Tel: 998-74-373-11-65

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech