Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Чоп этиш учун
12 Январ 2018 18:35

2018 yil 12 yanvar kuni “14 yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Harbiy vatanparvarlik oyligi” tadbirlari doirasida Mudofaa vazirligiga qarashli Andijon gornizoni 45605-sonli harbiy qismida “Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!” shiori ostida institutning Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi BT, xotin-qizlar qo’mitasi hamkorligida bayram dasturi tayyorlanib, harbiy qism askarlariga tabrik sifatida taqdim etildi.

Tadbirni institut ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i M.Botirov ochib, O’zbekiston Qurolli Kuchlarini tashkil etilganligining 26 yilligi va “14 yanvar Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan muborakbod etib, mamalakatimiz Mudofaa qudratini yanada mustahkamlash, xalqimizning tinch va osoyishta hayoti, sarhadlarimiz dahlsizligi kafolati bo’lgan milliy armiyamizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samaralari, mard va jasur o’g’lonlarimizning el-yurtimiz tinchligini ta’minlash yo’lidagi jasorati haqida gapirib o’tdi.

Tadbirda institutning iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi, “Bibixonim qizlari” guruhi va institutning xushovoz xonandasi A.Ismanov ijrosidagi qo’shiqlar barcha askarlarni kayfiyatini ko’tarib yubordi. Talabalar askarlar bilan birgalikda mazza qilib raqsga tushdilar.

SHuningdek, bayram dasturida institutning “Og’alar” quvnoqlar va zukkolar jamoasi chiqishlari ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashdi.

Tadbir davomida barcha askarlarga institutning iqtidorli talaba-qizlari tomonidan tayyorlangan esdalik sovg’alari taqdim etildi.

Bayram dasturidan so’ng talaba-yoshlar harbiy qismdagi askarlar hayoti, ularning yashash sharoitlari, harbiylar hayotidagi mukammal tartib intizom bilan tanishdilar. Askarlar bilan davra suhbatlarida jangovar xizmat taassurotlari, axborot resurs markazidagi sharoitlar, yil davomida birgalikda o’tkaziladigan tadbirlari yuzasidan kelishib oldilar. Talabalar tomonidan berilgan savollarga harbiylar atroflicha javob berdilar va bu talaba-yoshlarni yanada harbiylikka bo’lgan qiziqishlarini uyg’otdi.

Harbiy xizmatchilar tadbir yakunida barcha talabalarga o’qishlarida omad, shaxsiy hayotlarida sog’liq, ulkan zafarlar tilashib, 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etishib, Vatanimiz tinchligini, sarhadlarimiz xavfsizligini ta’minlashga har birimiz mas’ulmiz deya, yoshlarni birdamlikka, ogohlikka, hamjihatlikka, tinch-osoyishta kunlarimizni ko’z-qorachig’iday asrashga chaqirdilar.

Tadbir so’ngida Mudofaa vazirligiga qarashli Andijon gornizoni 45605-sonli xarbiy qism boshlig’ining tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari, podpolkovnik Y.Xoliqov doimiy hamkorlik uchun tadbirda ishtirok etgan barcha iqtidorli talaba-yoshlarga, institut ma’muriyatiga, shaxsan rektor A.A.Abduvasiqovga alohida minnatdorchilik bildirdi va barchani 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan muborakbod etdi.

Ma’naviy-ma’rifiy va iqtidorli yoshlar 

bilan ishlash bo’limi boshlig’i M.Botirov


Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik1.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik2.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik3.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik4.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik5.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik6.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik7.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik8.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik9.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik10.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik11.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik12.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik13.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik14.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik15.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik16.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik17.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik18.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik19.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik20.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik21.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik22.jpg

Milliy armiyamiz-yoshlarning mardlik24.jpg



Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech